Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Metakartin 1g/5ml N5
Metakartin 1g/5ml N5
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
103 437 so'm 127 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari metakartin 1g/5ml n5
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    1 g / 5 ml
  • Yaroqlilik muddati
    4 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ampula (5 ml) in'ektsiya uchun eritma quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    faol modda: levokarnitin 1 g;

    yordamchi modda: suyultirilgan xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.



  • Qo'llanilishi
    Birlamchi va ikkilamchi karnitin yetishmovchiligi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • Qo'llash usuli
    Faqat og‘iz orqali qabul qilish uchun. Metakartin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki suv yoki mevali sharbatda suyultirib qabul qilinishi mumkin. Preparatni bir xil oraliqlarda kuniga 2-4 marta, ovqatdan qat’i nazar qabul qilish kerak. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat kuniga 2-6 g dozada buyuriladi. Metakartinning 50 kg tana vazniga tavsiya etilgan doza kuniga 1 g dan 2-3 marta. Metakartinning boshlang‘ich doza kuniga 50 mg/kg, 2-3 qabulga bo‘linadi. Keyinchalik doza terapevtik javob va preparatga toqat qilishga, shuningdek, davolash davrida jismoniy yuklamalarga qarab bosqichma-bosqich oshirilishi mumkin. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga kuniga 50-100 mg/kg, lekin kuniga 3 g dan oshmasligi kerak. Birlamchi yoki ikkilamchi karnitin yetishmovchiligida doza tug‘ma almashinuv buzilishlari va davolash davridagi ifodalilik darajasiga bog‘liq. Ko‘pchilik hollarda og‘iz orqali qabul qilish uchun tavsiya etilgan doza kuniga 100-200 mg/kg, 2-4 qabulga bo‘linadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimidan epigastral sohada og'riq, dispepsiya hodisalari. Boshqa mumkin bo'lganlar: tananing maxsus hidini sezish, tarixda konvulsiv sindromi bo'lgan bemorlarda spazmlar yoki ularning chastotasining oshishi qayd etilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Vena ichiga yuborilganda levokarnitin asosan buyraklar orqali chiqariladi. Metabolik komponent mutlaqo ahamiyatsiz, bundan mustasno levokarnitinning uning efirlariga qaytariladigan transformatsiyasi.


  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Levokarnitin va kumarin preparatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sirni istisno qilib bo'lmaydi. Juda kam hollarda levokarnitinni kumarin preparatlari bilan bir vaqtda qo'llashda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) oshishi haqida xabar berilgan (qarang bo'limlar «Qo'llash xususiyatlari» va «Nojo'ya reaksiyalar»). Ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo'llashda XNN monitoringi yoki boshqa koagulyatsiya testlarini har hafta barqarorlashgunga qadar va keyinchalik har oyda o'tkazish kerak (qarang bo'lim «Qo'llash xususiyatlari»).

    Levokarnitinni buyraklar orqali karnitin chiqarilishini kuchaytirish hisobiga gipokarnitinemiyani induktsiya qiluvchi dori vositalari (masalan, valproat kislotasi, pivalon kislotasini o'z ichiga olgan prolekarliklar, tsefalosporinlar, sisplatin, karboplatin, ifosfamid) bilan bir vaqtda qo'llash uning darajasini kamaytirishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Levokarnitin va kumarin preparatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni istisno qilib bo‘lmaydi. Juda kam hollarda levokarnitinni kumarin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) oshishi haqida xabar berilgan (qarang bo‘limlar «Qo‘llash xususiyatlari» va «Nojo‘ya reaksiyalar»). Ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashda XNN monitoringi yoki boshqa koagulyatsiya testlarini har hafta barqarorlashgunga qadar va keyinchalik har oyda o‘tkazish kerak (qarang bo‘lim «Qo‘llash xususiyatlari»).

    Levokarnitinni buyraklar orqali karnitin chiqarilishini kuchaytiruvchi va gipokarnitinemiyani induktsiya qiluvchi dori vositalari (masalan, valproevaya kislota, pivalon kislotasi saqlovchi prolekarliklar, tsefalosporinlar, sisplatin, karboplatin, ifosfamid) bilan bir vaqtda qo‘llash uning darajasini kamaytirishi mumkin.  

    Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash

    Homiladorlik

    Levokarnitinning teratogen ta’siri doklinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Hayvonlarda 600 mg/kg tana vazniga teng o‘rganilgan dozani qo‘llashda homiladorlikning dastlabki bosqichlarida postimplantatsion homila o‘limi chastotasi statistik jihatdan ahamiyatsiz darajada oshgani qayd etilgan. Ushbu natijalarning inson uchun ahamiyati noma’lum.

    Homilador ayollar ishtirokida yetarli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik davrida dori vositasini faqat ayol uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.

    Emizish davri

    Levokarnitin inson sutining odatiy komponentidir. Levokarnitin qo‘shimchalarini emizikli onalarda qo‘llash o‘rganilmagan. Emizish davrida dori vositasini faqat ayol uchun kutilayotgan foyda bolada karnitinning ortiqcha ekspozitsiyasi bilan bog‘liq potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.

    Fertillik

    Klinik tadqiqotlarda fertilitetga salbiy ta’sir aniqlanmagan.


    Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
    Dori vositasi transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     Levkarnitinning dozasi oshib ketishi yoki uzoq muddat qo'llanilishi diareyaga olib kelishi mumkin. Levkarnitin qon plazmasidan dializ yo'li bilan osonlik bilan chiqariladi. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Прекрасный продукт, подходит идеально. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico