Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ml preparat tarkibida faol modda - levokarnitin 200 mg, yordamchi moddalardan xlorid kislotasi suyultirilgan, in'ektsiya uchun suv mavjud
Qo'llanilishi
- birlamchi va ikkilamchi levokarnitin yetishmovchiligi - buyrak kasalliklarining terminal bosqichida bo'lgan, uzoq muddat gemodializda bo'lgan kattalarda ikkilamchi levokarnitin yetishmovchiligi va quyidagi holatlar bilan kechuvchi • og'ir va doimiy mushak tirishishlari va/yoki dializ vaqtida arterial gipotenziya epizodlari • energiya yetishmasligi bilan bog'liq hayot sifatining pasayishi • mushak zaifligi va/yoki miopatiya • kardiomiopatiya • uremiyada anemiya, barqaror yoki katta dozalarda eritropoetin talab qiluvchi • yetarli ovqatlanmaslik natijasida mushak massasining yo'qolishi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
In'ektsiya uchun eritma. Kattalar, bolalar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun: mushak ichiga, vena ichiga, sekin (2-3 daqiqa davomida) yoki infuziya yo'li bilan yuboriladi. Terapiyani nazorat qilish tavsiya etiladi, plazma va siydikda erkin va atsetillangan L-karnitin darajasini o'lchash orqali adekvat dozalash aniqlanadi.
O'tkir miya qon aylanishi buzilishlarida 1 g/kun 3 kun davomida, so'ngra 0,5 g/kun 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan so'ng 3-5 kunlik takroriy kurslar mumkin.
Preparat subakut va tiklanish davrida, disirkulyator ensefalopatiya va bosh miya turli shikastlanishlarida, karnitin yetishmovchiligida bemorlarga Karnilev eritmasi 0,5-1 g/kun hisobida vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) yoki mushak ichiga (2-3 marta kuniga) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zaruriyat tug'ilganda 12-14 kundan so'ng takroriy kurs buyuriladi.
Vena ichiga sekin (2-3 daqiqa) yuborish ikkilamchi karnitin yetishmovchiligida, gemodializda - 2 g bir marta (muolajadan so'ng); o'tkir miokard infarktida, o'tkir yurak yetishmovchiligida - 3-5 g/kun, 2-3 qabulga bo'linadi, dastlabki 2-3 kun davomida, so'ng doza 2 baravar kamaytiriladi; kardiogen shokda - 3-5 g/kun, 2-3 qabulga bo'linadi, bemor shokdan chiqqunga qadar.
L-karnitin hayvonlar, mikroorganizmlar va o'simliklar to'qimalarida tabiiy komponent sifatida mavjud. Inson organizmida normal metabolizm uchun ehtiyojlar karnitin saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilish, shuningdek, jigar va buyraklarda lizindan va metionindan (metil guruhi donorlaridan) endogen sintez hisobiga qoplanadi. Faqat karnitinning L-izomeri (levokarnitin) biologik faol bo'lib, lipid almashinuvida, keton tanachalari metabolizmida, aminokislotalar zanjiri bo'g'ini sifatida asosiy rol o'ynaydi. L-karnitin uzun zanjirli yog' kislotalarining mitoxondriyaga transportida ishtirok etadi (yog' kislotalarining oksidlanishini rag'batlantiradi), ya'ni yog' kislotalarini hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga tashuvchi sifatida ishtirok etadi, bu yerda ular beta-oksidlanish jarayoniga uchrab, ko'p miqdorda metabolik energiya (ATF) hosil qiladi. Levokarnitin Krebs sikli ishini yaxshilaydi (SoA ni bo'shatish, SoA ta'siri, karnitin-atsiltransferaza fermenti ishtirokida), skelet mushaklarida piruvat degidrogenaza faolligini va tarmoqlangan aminokislotalar zanjiri oksidlanishini rag'batlantiradi. Shunday qilib, levokarnitin to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita turli almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va nafaqat yog' kislotalari va keton tanachalarining oksidlanishi, balki glyukoza va ayrim aminokislotalarning oksidlanishida ham muhim omil hisoblanadi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!