Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Karnilev 1g/10ml No 10
Karnilev 1g/10ml No 10
Ishlab chiqaruvchi: Help S.A.
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
162 800 so'm 203 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari karnilev 1g/10ml no 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    1 g / 10 ml
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Har bir ampula tarkibida
    Faol modda Levokarnitin (L-karnitin) – 1 g.
    Yordamchi moddalardan xlorid kislotasi 10%, in'ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    - ikkilamchi karnitin yetishmovchiligi – tug‘ma (organik atsiduiriya), orttirilgan alimentard karnitin yetishmovchiligi (malabsorbsiya, ichak kasalliklari), uzoq muddat gemodializ oladigan va quyidagi simptomlarga ega bo‘lgan bemorlarda – yaqqol doimiy mushak spazmlari, miopatiyalar, mushak massasining yo‘qolishi, skelet mushaklarining zaifligi, gipotenziya, anemiya simptomlari, buyraklarda uning reabsorbsiya buzilishi (XPN);
    - miokardda metabolizm buzilishi ishemik kardiomiopatiya holatida (miokardda yog‘ kislotalarining energiya manbai sifatida utilizatsiyasi juda intensiv kechadi, shuning uchun u ayniqsa L-karnitinga muhtoj, uni qo‘llashdan so‘ng qisqarish kuchining oshishi, mushaklarning keyingi degeneratsiyasining oldini olish, EKGning normallashuvi kuzatiladi);
    - stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok natijasida yuzaga kelgan yaqqol gipoperfuziya holati;
    - markaziy va periferik asab tizimi zararlanishi, respirator distress-sindrom, psixomotor rivojlanish buzilishi, tutqanoq, ataksiya, piramidal buzilishlar, ko‘z harakat nervlari tomonidan buzilishlar (tashqi oftalmoplegiya, ptoz va boshqalar);
    - jigar zararlanishi bilan kechuvchi polinevropatiya (progrediyent gepatomegaliya, jigar fibrozi, jigar yetishmovchiligi belgisi, buyrak zararlanishi (Fankoni triadasi, fosfaturiya, glyukozuriya, aminoatsiduriya), endokrin buzilishlar (o‘sishning orqada qolishi, gipoglikemiya), eshitishning buzilishi (neyrosensor eshitish zaifligi), ko‘rishning buzilishi (ko‘ruv nervlari atrofiyasi, to‘r pardaning pigmentli degeneratsiyasi, katarakta), OVKT tomonidan buzilishlar
    ishtaha pasayishi, tana vaznining kamayishi, kattalar va bolalarda ozib ketish bilan kechuvchi kasallik va holatlar
    nerv anoreksiya sindromi (nevrogen anoreksiya) va ruhiy kasalliklarda, disirkulyator va travmatik ensefalopatiyada jismoniy ozib ketish;
    - tashqi sekretsiya yetishmovchiligi bilan kechuvchi surunkali pankreatit;
    - past sekretsiya funksiyasi bilan kechuvchi surunkali gastrit;
    - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruq jarohati va asfiksiya oqibatlari;
    - yangi tug‘ilgan, muddatidan oldin tug‘ilgan va o‘z vaqtida tug‘ilgan, oziqlanish reflekslari (sust so‘rish) zaif, gipotrofiya, gipotoniyaga va adinamiya ega bo‘lgan bolalarga;
    - yangi tug‘ilganlarda respirator distress-sindrom, to‘liq parenteral oziqlantirishda bo‘lgan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishda;
    - yangi tug‘ilganlarda sariqlik;
    - og‘ir kasalliklar va jarrohlik aralashuvlardan so‘ng rekonvalessensiya davrida;
    - 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda o‘sishning orqada qolishi va tana vazni yetishmovchiligi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda yengil shakldagi tireotoksikoz
    terining kasalliklarida kompleks terapiya tarkibida (psoriaz, seborey ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil volchanka);
    - uzoq davom etuvchi intensiv sport mashg‘ulotlari yoki boshqa yuqori yuklamalar (anabolik va adaptogen sifatida), ish qobiliyatini, bardoshlilikni oshirish va charchoqlikni kamaytirish uchun;
    - ekzogen-konstitutsional semizlik.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    In'ektsiya uchun eritma. Kattalar, bolalar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun: mushak ichiga, vena ichiga, sekin (2-3 daqiqa davomida) yoki infuziya yo'li bilan yuboriladi. Terapiyani nazorat qilish tavsiya etiladi, plazma va siydikda erkin va atsetillangan L-karnitin darajasini o'lchash orqali adekvat dozalash aniqlanadi. O'tkir miya qon aylanishi buzilishlarida 1 g/kun 3 kun davomida, so'ngra 0,5 g/kun 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan so'ng 3-5 kunlik takroriy kurslar mumkin. Preparat subakut va tiklanish davrida, disirkulyator ensefalopatiya va bosh miya turli shikastlanishlarida, karnitin yetishmovchiligida bemorlarga Karnilev eritmasi 0,5-1 g/kun hisobida vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) yoki mushak ichiga (2-3 marta kuniga) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zaruriyat tug'ilganda 12-14 kundan so'ng takroriy kurs buyuriladi. Vena ichiga sekin (2-3 daqiqa) yuborish ikkilamchi karnitin yetishmovchiligida, gemodializda - 2 g bir marta (muolajadan so'ng); o'tkir miokard infarktida, o'tkir yurak yetishmovchiligida - 3-5 g/kun, 2-3 qabulga bo'linadi, dastlabki 2-3 kun davomida, so'ng doza 2 baravar kamaytiriladi; kardiogen shokda - 3-5 g/kun, 2-3 qabulga bo'linadi, bemor shokdan chiqqunga qadar.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Og'riq his-tuyg'ulari epigastral sohada, dispeptik hodisalar, mushak zaifligi
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Карнилев 1 г/10 мл №10 - лучший выбор! Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico