Farmakologik xususiyatlari
Streptomyces venezuelae mikroorganizmi hayot faoliyati mahsuloti bo'lgan tabiiy antibiotikka identik sintetik modda. Keng ta'sir doirasiga ega. Dori vositasiga ko'pchilik grammanfiy tayoqchalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, enterobakteriyalar, klebsiellalar, tsitrobakteriyalar, protey, shigella) yuqori sezuvchan. Ko'plab grampozitiv (stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (gonokokklar, meningokokklar) kokklar, bakteriyalar va rickettsiyalar, spiroxetalar, xlamidiyalar va ayrim yirik viruslarga (traxoma, psittakoz, venerik limfogranulematoz va boshqalar qo'zg'atuvchilari) nisbatan samarali; penitsillin, streptomitsin, sulfanilamidga chidamli bakteriya shtammlariga ta'sir qiladi. Mikroorganizmlarning doriga chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.
Dori vositasi deyarli kislotaga chidamli bakteriyalarga (shu jumladan mikobakteriyalarga), sinyegnoy tayoqchasiga, anaeroblarga va sodda organizmlarga nisbatan samarali emas.
Oddiy dozalarda bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Antimikrob ta'sir mexanizmi uning ribosomalarga ta'siri va mikroorganizmlarda oqsil sintezi buzilishi bilan bog'liq.