Maxsus ko'rsatmalar
Ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozi yoki yagona faoliyat ko'rsatuvchi buyrak arteriyasi stenoziga ega bo'lgan bemorlarda RAASga ta'sir qiluvchi dori vositalarini qo'llashda buyrak faoliyatining sezilarli pasayishi va buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi oshadi.
Buyrak yetishmovchiligining yengil yoki o'rtacha darajasida qon zardobida K+, kreatinin konsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan aniqlash tavsiya etiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda tiazid diuretiklarini qo'llash azotemiyaga olib kelishi mumkin. Buyrak funksiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
OVK kamaygan va/yoki giponatriyemiyaga ega bo'lgan bemorlarda (diuretiklar bilan davolash, osh tuzini iste'mol qilishni cheklash, diareya yoki qusish natijasida) klinik jihatdan sezilarli arterial bosimning pasayishi rivojlanishi mumkin, ayniqsa preparatning birinchi dozasini qabul qilgandan so'ng. Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin ushbu buzilishlarni tuzatish zarur.
Og'ir surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak arteriyasi stenoziga ega bo'lgan bemorlarda RAASga ta'sir qiluvchi dori vositalarini qo'llash arterial bosimning haddan tashqari pasayishi, giperozotemiya, oligouriya yoki kamdan-kam hollarda o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan kechishi mumkin.
Qandli diabetga ega bo'lgan bemorlarda insulin yoki og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik dori vositalari dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin. Tiazid diuretiklari bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabet namoyon bo'lishi mumkin.
Ba'zi hollarda tiazid diuretiklarini qo'llashda giperyurikemiya va podagra rivojlanishi mumkin.
Davolash davrida qon zardobida elektrolitlar konsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur.
Preparat tarkibiga kiruvchi telmisartan giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Preparatni qo'llashda klinik jihatdan ahamiyatli giperkaliemiya qayd etilmagan bo'lsa-da, uning rivojlanish xavf omillari sifatida buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi hamda qandli diabet hisoblanadi.
Gidroxlorotiazid kalsiy chiqishini kamaytirishi va (kalsiy almashinuvi buzilishlari bo'lmagan hollarda) o'tkinchi va ahamiyatsiz giperkalsemiyaga olib kelishi mumkin.
Ishemik yurak kasalligi bo'lgan bemorlarda arterial bosimning sezilarli pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.
Laktoza. Preparat tarkibida laktoza mavjud. Galaktozani o'zlashtira olmaslikning kam uchraydigan irsiy kasalligi, masalan, galaktozemiya bo'lgan bemorlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Preparat, zarur bo'lsa, boshqa antigipertenziv dori vositalari bilan birga qo'llanilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Telmisartan teratogen ta'sirga ega emas, biroq fetotoksik ta'sir ko'rsatadi. Homiladorlik rejalashtirilganda, preparatni homiladorlik davrida qo'llashga ruxsat etilgan boshqa dori vositasiga almashtirish kerak. Homiladorlik aniqlanganda, preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish zarur.
Laktatsiya davri
Preparat emizish davrida qo'llash uchun kontraindikatsiyalangan, chunki uning ko'krak suti bilan ajralishi haqida ma'lumot yo'q. Tiazidlar ko'krak suti bilan ajraladi va laktatsiyani susaytirishi mumkin.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Davolash davrida yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari (shu jumladan, avtomobil boshqarish) bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.