-
Tavsif
Amoksitsillin (yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik) va klavulan kislotasi (β-laktamazalar ingibitori) kombinatsiyalangan antibakterial preparat. Amoksitsillin – keng ta'sir doirasiga ega, antibakterial, bakteritsid va kislotalarga chidamli yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo‘linish va o‘sish davrida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi, mikroorganizmlarning lizisiga olib keladi. Klavulan kislotasi Streptomyces clavuligerus fermentatsiyasi mahsuloti bo‘lib, bir vaqtda yuboriladigan amoksitsillinga nisbatan β-laktamazalarga yuqoriroq affinitetga ega.
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash: — yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari (jumladan, o‘tkir va surunkali sinusit, o‘tkir va surunkali o‘rta otit, orqa tomoq abscessi, tonzillit, faringit); — pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (jumladan, bakterial superinfeksiya bilan o‘tkir bronxit, surunkali bronxit, pnevmoniya); — siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari; — ginekologik infeksiyalar; — teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari, shu jumladan inson va hayvon chaqishlari; — suyak va biriktiruvchi to‘qima infeksiyalari; — odontogen infeksiyalar; — o‘t yo‘llari infeksiyalari (xoletsistit, xolangit); — jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (shankroid, gonoreya). — aralash infeksiyalar (grammusbat, grammusbat va anaerob mikroorganizmlar keltirib chiqargan), peritonit, qorin bo‘shlig‘i organlarida operatsiyalardan keyingi asoratlar, qorin bo‘shlig‘i infeksiyalari, aspiratsion pnevmoniya, ko‘krak bezi abscessi. Jarrohlik oldi profilaktika: abdominal, kolorektal, ginekologik, urologik, chanoq-yuz sohasidagi jarrohlik, bosh va bo‘yin sohasidagi operatsiyalar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
— amoksitsillinga yoki klavulan kislotasiga yuqori sezuvchanlik; — V-laktam antibiotiklarga (shu jumladan, penitsillinlar guruhi, tsefalosporinlar guruhi) yuqori sezuvchanlik; — anamnezda amoksitsillin/klavulan kislotasi qabul qilinishi bilan bog‘liq xolestatik sariqlik yoki jigar funksiyasi buzilishi mavjudligi; Preparat ehtiyotkorlik bilan tsefalosporinlar qatoridagi antibiotiklarga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, anamnezida soxta membranoz kolit bo‘lgan, jigar yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga buyuriladi. Ko‘plab infeksion mononukleoz va limfoleykozli bemorlarda ampisillin qabul qilganda eritematoz toshma paydo bo‘lishi kuzatilganligi sababli, bunday bemorlarga ampisillin guruhi antibiotiklarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat homiladorlik davrida, agar onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llanishi mumkin. Amoksitsillin va klavulan kislotasi kichik miqdorlarda ko‘krak suti bilan ajraladi.
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tana vazni <40 kg).
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali. Suspenziya ovqatlanish boshida buyuriladi (preparatning so‘rilishi uchun optimal sharoit), oshqozon-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun. Zaruriyat tug‘ilganda suspenziya qaynatilgan va sovutilgan suv bilan ichiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 3 oygacha bo‘lgan bolalarga 30 mg/kg (amoksitsillin bo‘yicha)/sutka, 2 marta (har 12 soatda) qabul qilish uchun buyuriladi; 3 oydan katta bolalarda o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda - 20 mg (amoksitsillin bo‘yicha)/kg/sutka, 3 marta (har 8 soatda) qabul qilish uchun, og‘ir infeksiyalar va nafas yo‘llari infeksiyalarida - 40 mg/kg (amoksitsillin bo‘yicha)/sutka, 3 marta (har 8 soatda) qabul qilish uchun. Suspenziyaning tavsiya etilgan dozalari (125 mg + 31.25 mg/5 ml va 250 mg + 62.5 mg/5 ml) bolaning tana vazni va infeksiya og‘irligiga qarab belgilanadi. Qabul qilish soni - kuniga 3 marta. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK <10 ml/min) — doza kamaytirilishi yoki qabul qilishlar oralig‘i oshirilishi kerak (anuriyada 48 soat va undan ko‘p). Davolash kursi 5-14 kun. Davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi. Davolash 14 kundan ortiq davom etmasligi kerak, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan. Suspenziya tayyorlash qoidalari. Flakonga belgilangan bo‘lish chizig‘ining yarmigacha qaynatilgan va sovutilgan suv qo‘shiladi. Yaxshilab chayqatiladi va tindiriladi. So‘ngra kerakli miqdorda suv belgi chizig‘igacha qo‘shiladi. Bevosita qabul qilishdan oldin chayqatiladi. Dozalashni osonlashtirish uchun har bir qadoqqa 5 ml, 2,5 ml va 1,25 ml ga gradatsiyalangan o‘lchov qoshiq qo‘yiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo‘ya ta’sirlar aksariyat hollarda yengil ifodalangan va o‘tkinchi bo‘ladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya mumkin; kamdan-kam hollarda - jigar fermentlari (ALT, AST) faolligining o‘tkinchi oshishi, jigar funksiyasining buzilishi; ayrim hollarda - xolestatik sariqlik, gepatit, psevdomebranli kolit. Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; juda kam hollarda - tutqanoq (preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda namoyon bo‘lishi mumkin). Qon yaratuvchi tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - qaytuvchi leykopegiya (shu jumladan, neytropeniya), trombotsitopeniya; juda kam hollarda - gemolitik anemiya, qaytuvchi protrombin vaqti oshishi (antikoagulyantlar bilan birga qo‘llanganda). Siydik ajratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - interstitsial nefrite, kristalluriya. Allergik reaksiyalar: eritematoz toshma, qichishish, eshakemi; kamdan-kam hollarda - ko‘p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik shok; ayrim hollarda - eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o‘tkir generalizatsiyalashgan ekzantematoz püstulez. Boshqalar: kamdan-kam hollarda - superinfeksiya rivojlanishi (shu jumladan, kandidoz).
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan antibakterial preparat amoksitsillin (yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik) va klavulan kislotasi (V-laktamazlar ingibitori). Amoksitsillin — antibakterial bakteritsid kislotaga chidamli keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan yarim sintetik penisillinlar guruhiga mansub vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini bo‘lish va o‘sish davrida buzadi, mikroorganizmlarning lizisiga olib keladi. Klavulan kislotasi Eerutusese slauiregiz fermentatsiyasi mahsuloti bo‘lib, bir vaqtda yuboriladigan amoksitsillinga nisbatan V-laktamazalarga yuqoriroq afinitetga ega. Ular bilan barqaror inaktivlangan kompleks hosil qilib, amoksitsillinning fermentativ parchalanishini oldini oladi va uning antibakterial ta’sirini namoyon qilish imkoniyatini kafolatlaydi. Shuningdek, klavulan kislotasi, tuzilishi jihatidan V-laktam antibiotiklariga o‘xshash bo‘lib, o‘zining zaif antibakterial faolligiga ega. Klavulan kislotasi E1svtup4-buKez-Mafeyu tasnifiga ko‘ra V-laktamazalarning P, SH, TU, U turlarini ingibitsiya qiladi. Bunday fermentlarni gram-musbat va gram-manfiy, jumladan anaerob mikroorganizmlar, masalan, 5{arjyosossiya zrr., NaetoryIiz t/Diepla, Motgaxeya saattyaiz, K1ebzzeYa 5rr., Ezspetva soy, Mezzeta 5rr., Rtoeyiz zrr., Yeguta eterosoiytsa, Baceto4ez 5rr. ishlab chiqarishi mumkin. Klavulan kislotasi EshchegoBascheg 5rr., Rzei4otopa5 aegiatoza, 5erratsa 5rr., AstoBaserzrr tomonidan ishlab chiqariladigan T tipidagi V-laktamazalarga nisbatan faol emas. Preparatning bakteritsid ta’siri gram-musbat va gram-manfiy, aerob va anaerob qo‘zg‘atuvchilarning keng doirasini, jumladan V-laktam antibiotiklariga (ampitsillin va amoksitsillin) V-laktamaz ishlab chiqarish natijasida chidamlilik hosil qilgan shtammlarini ham qamrab oladi. Gram-musbatlar: 5teryosossiyu Stoyr A,B,S,S (Uter. pneitotae, ut4an5, tet, Gaesay5, ryoverez, atgas1, avasvae, Boye); barvYosossiz aiguez, er4etty 5 (penitsillin sezgir va penitsillin rezistent, metitsillin-rezistent MEZA, MB$E shtammlaridan tashqari); Ezhetosossiz aesay$, daesht; Gorupefatsiyet 5rr.; [lyepa toposuyverez; Mosanya ayeto4ez; Gram-manfiylar: `Aetotopaz 5rr.; Voteeya regi; VtiseYa 5rr.; CatruoBaseruezit, soy; SitoBaser 5rr. (o‘rtacha sezgir); Ezspeysta soy; Catanegelya aytayz; Naetoryyiz disteut, tDieprae; Neysoaset ryot; YoeByeYa 5rr., K. pneitotae; Mogaxeya saargvays; Mogganeya rr. (o‘rtacha sezgir); Meyzena zonottyyoeae, tepti 5; Rayeyite!a tiyosa; Rgotei; ta 5, usheat; baytoneYa zrr.; SveYa 5rr.; IBto snoyetae; Yegyata etyetosoytsa (o‘rtacha sezgir); Vranpateya statyaya. Anaeroblar: 'Aspnotusez 15taey; VasletoCheu 5rr. (jumladan B. pragvis); Preumeya teyyantovetsa; Sozebiyit 5rr. (C7. 4/Yisye dan tashqari); Perosteryosossiz 5rr.; Eepya soto4enz; Eizofachetit 5rr.; Prorotfacetit 5rr.; Perosossiz zrr. Boshqalar: MysoBachetit 1ifergsho$!5, ryumiyit, Bouz, Kapazay - o‘rtacha sezgir, (Mysofachetit sveope—barqaror); Teropeta ra!N4it; Mosat@ae 5rr., [.-er1ozrytae 5rr. Quyidagi mikroorganizmlar rezistent yoki qisman rezistent: Ruyidotopaz aegiatoza, Emetofaser zrr., 5erratsa zrr., Rgoeiz geieent, togzany, Groy4ents1a 5rr., Mysozatae5rr., SMatyiaezrr., Eskeyzae 5rr.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Dori vositasi antatsidlar, glyukozamin, ich suruvchi vositalar, aminoglikozidlar bilan birga qo‘llanilganda so‘rilishi sekinlashadi, askorbin kislotasi bilan esa tezlashadi.
Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va buyrak kanalchalari sekretsiyasini bloklovchi boshqa vositalar amoksitsillinning konsentratsiyasini oshiradi (klavulan kislotasi asosan klavulan filtrlash yo‘li bilan chiqariladi).
Preparatni bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qo‘llaganda protrombin vaqti uzayadi. Shuning uchun bunday kompleks ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni metotreksat bilan birga qo‘llaganda metotreksatning toksik ta’siri kuchayadi.
Preparatni allopurinol bilan birga qo‘llaganda ekzantema rivojlanish xavfi oshadi.
Amoksitsillin va rifampitsin kompleksi antagonistik hisoblanadi (antibakterial ta’sir o‘zaro susayadi).
Dori vositasining samaradorligi pasayishi mumkinligi sababli uni bakteriostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar), sulfanilamidlar, peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish jarayonida gemopoez, jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibini yetarlicha tuzatish yoki dozalash intervalini oshirish zarur.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Preparat yuqori dozalarda qo‘llanilganda, Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasi ishlatilganda (glyukozaoksidaza bilan fermentativ reaksiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi) siydikda glyukozani aniqlashda soxta musbat reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, disulfiramni qo‘llashdan saqlanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborilishi natijasida o‘lim yoki hayot uchun xavfli nojo‘ya ta’sirlar haqida ma’lumot yo‘q.
Sintomlari: qorin og‘rig‘i, diareya, qusish; shuningdek, asabiy qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh aylanishi; kam hollarda - tutqanoqlar bo‘lishi mumkin.
Davolash: agar preparat yaqinda (4 soatdan kam vaqt oldin) qabul qilingan bo‘lsa, oshqozonni yuvish va preparatning so‘rilishini sekinlashtirish maqsadida faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi; bemor shifokor nazoratida bo‘lishi kerak, zarurat tug‘ilganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ samarali.