Maxsus ko'rsatmalar
Levokarnitin glyukozaning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, shuning uchun Kartan preparatini qandli diabet bilan og‘rigan, qand miqdorini kamaytiruvchi dori vositalari bilan davolanayotgan bemorlarga qo‘llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda plazmadagi glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish va terapiyani o‘z vaqtida tuzatish zarur.
Og‘iz orqali yuqori dozalarda levokarnitinni uzoq muddat qabul qilish og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki terminal buyrak yetishmovchiligi (XBYY) bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi, chunki bu buyraklar tomonidan yetarli chiqarilmasligi natijasida qonda potentsial toksik metabolitlar, trimetilamin (TMA) va trimetilamin-N-oksid (TMAO) to‘planishiga olib kelishi mumkin. Bunday to‘planish siydikda TMA miqdorining oshishiga olib keladi.
Kaliy qo‘shmasdan uzoq muddat qabul qilish gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilish davrida elektrolit muvozanatini nazorat qilish zarur.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik kerak. Nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelganda preparatni bekor qilish zarur.
Preparatni o‘rganish davomida teratogen ta’sir aniqlanmagan. Hayvonlarda eng yuqori o‘rganilgan doza 600 mg/kg tana vaznida homilaning erta bosqichlarida postimplantatsion nobudlik chastotasi statistik jihatdan ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Ushbu natijalarning inson uchun ahamiyati noma’lum.
Homilador ayolda karnitin yetishmovchiligining jiddiy oqibatlarini hisobga olgan holda, Kartan bilan davolashni to‘xtatish xavfi onaga davolashni davom ettirishda homilaga bo‘lgan nazariy xavfdan yuqori deb hisoblanadi.
Levokarnitin – ona sutining odatiy komponenti.
Transport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati