Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
yordamchi moddalari: limon kislotasi monogidrat - 1,2 mg, metilpara-gidroksibenzoat - 0,5 mg, propilparagidroksibenzoat - 0,2 mg, tozalangan suv 1 ml gacha.
Qo'llanilishi
Dori vositasi kompleks davolash tarkibida qo'llaniladi:
intensiv jismoniy yuklamalar va psixoemotsional yuklamalar: ish qobiliyatini, bardoshlilikni oshirish, charchoqlikni kamaytirish uchun, shu jumladan, keksalarda;
kasalliklar va jarrohlik aralashuvlardan, jarohatlardan so'ng reabilitatsiya davrida, shu jumladan, to'qimalar regeneratsiyasini tezlashtirish uchun;
sekretor funksiyasi pasaygan surunkali gastrit va surunkali pankreatitning kompleks davolashida;
teri kasalliklarining kompleks davolashida (psoriaz, seborey ekzema, o'choqli sklerodermiya va diskoid qizil volchanka);
yengil darajadagi gipertireoz;
miya tomir, toksik va travmatik shikastlanishlarida nevrologik namoyonlar;
nerv anoreksiya sindromi;
miya tomir, toksik va travmatik shikastlanishlarida nevrologik namoyonlarning kompleks davolashida;
karnitin yetishmovchiligi yoki uning ortiqcha yo'qotilishi bilan kechadigan kasalliklar (miyopatiyalar, kardiomiyopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, mitoxondrial yetishmovchilik bilan kechadigan irsiy kasalliklar) - uning yetishmovchiligini to'ldirish uchun kompleks davolash tarkibida;
pediatriya amaliyotida (3 yoshgacha bo'lgan bolalarni shifokor nazorati ostida davolash): muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishda, tug'ruq jarohati yoki asfiksiya o'tkazgan yangi tug'ilganlarda; sust so'rish refleksi va tana vaznining past o'sishi bo'lgan bolalarda; mushak tonusi pasaygan, harakat va psixik funksiyalari yetarli rivojlanmagan bolalarda, shuningdek, "xavf guruhi" bolalarida ushbu buzilishlarning oldini olish maqsadida; o'sishning orqada qolishi va tana vaznining yetishmasligi bo'lgan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda;
kattalarda sport tibbiyotida va intensiv mashg'ulotlarda (mashg'ulot jarayonida aerob samaradorlikni oshirishda): tezlik-va kuch ko'rsatkichlarini va harakatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash, mushak massasini oshirish va tana yog' massasini kamaytirish, mashg'ulotdan keyingi sindromning oldini olish (jismoniy yuklamalardan so'ng tiklanish jarayonlarini tezlashtirish), mushaklarning regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida travmatik shikastlanishlarda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
homiladorlik;
— laktatsiya davri;
— yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Elkar vena ichiga tomchilab sekin yoki oqim (2-3 daqiqa) yoki mushak ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborishdan oldin ampula tarkibi 100-200 ml erituvchida (0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza (glyukoza) eritmasi) eritiladi.
O'tkir miya qon aylanishi buzilishlarida 1 g/kun 3 kun davomida, so'ngra 0,5 g/kun 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan so'ng 3-5 kun davomida takroriy kurslar o'tkazilishi mumkin.
Preparat subakut va tiklanish davrida, disirkulyator ensefalopatiya va bosh miyaning turli shikastlanishlarida, karnitin yetishmovchiligida bemorlarga elkar eritmasi 0,5-1 g/kun hisobida vena ichiga (tomchilab, oqim) yoki mushak ichiga (kuniga 2-3 marta) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda 12-14 kundan so‘ng takroriy kurs buyuriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar, mushak zaifligi (uremiya bilan bemorlarda) mumkin.
Tez kiritishda (80 tomchidan/min va undan ko'proq) venaning bo'ylab og'riqlar paydo bo'lishi mumkin, bu kiritish tezligini pasaytirganda o'tadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qandli diabetli bemorlarga buyurish glyukozaning o'zlashtirilishi yaxshilanishi natijasida gipoglikemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan preparatni qabul qilish davrida qon glyukozasi darajasini muntazam nazorat qilish va zarur hollarda gipoglikemik preparatlar va insulinning dozasini tuzatish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida faqat terapiyaning kutilayotgan foydasi ona uchun homila yoki chaqaloq uchun potensial xavfdan ustun bo'lsa qo'llanilishi mumkin.
Pediatriyada qo'llanilishi
Preparat pediatrik amaliyotda qo'llaniladi. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransport yoki murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar preparatning to'qimalarda (jigar bundan mustasno) to'planishiga yordam beradi, boshqa anaboliklar esa ta'sirini kuchaytiradi.
Farmakologik xususiyatlari
Ichakda yaxshi so'riladi, qon plazmasidagi konsentratsiyasi 3 soatdan so'ng maksimal darajaga yetadi va 9 soat davomida terapevtik diapazonda saqlanadi. Jigarga, miokardga oson kiradi, mushaklarga esa sekinroq o'tadi. Buyraklar orqali, asosan atsilli efirlar ko'rinishida chiqariladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!