Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
yordamchi moddalari: limon kislotasi monogidrat - 1,2 mg, metilpara-gidroksibenzoat - 0,5 mg, propilparagidroksibenzoat - 0,2 mg, tozalangan suv 1 ml gacha.
Qo'llanilishi
Preparat kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi:
intensiv jismoniy yuklamalar va psixoemotsional yuklamalar: ish qobiliyatini, bardoshlilikni oshirish, charchoqlikni kamaytirish uchun, shu jumladan, keksalarda;
kasalliklar va jarrohlik aralashuvlardan, jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida, shu jumladan, to‘qimalar regeneratsiyasini tezlashtirish uchun;
sekretor funksiyasi pasaygan surunkali gastrit va surunkali pankreatitning kompleks terapiyasida;
teri kasalliklarining kompleks terapiyasida (psoriaz, seborey ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil volchanka);
yengil darajadagi gipertireoz;
bosh miyaning tomirli, toksik va travmatik shikastlanishlarida nevrologik namoyonlar;
nervli anoreksiya sindromi;
bosh miyaning tomirli, toksik va travmatik shikastlanishlarida nevrologik namoyonlarning kompleks terapiyasida;
karnitin yetishmovchiligi yoki uning ko‘paygan yo‘qotilishi bilan kechadigan kasalliklar (miyopatiyalar, kardiomiyopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, mitoxondrial yetishmovchilik bilan kechadigan irsiy kasalliklar) - uning yetishmovchiligini to‘ldirish uchun kompleks terapiya tarkibida;
pediatriya amaliyotida (3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni shifokor nazorati ostida davolash): muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishda, tug‘ruq jarohati yoki asfiksiya bo‘lgan yangi tug‘ilganlarda; sust so‘rish refleksi va tana vaznining past o‘sishi bo‘lgan bolalarda; mushak tonusi pasaygan, harakat va psixik funksiyalari yetarli rivojlanmagan bolalarda, shuningdek, “xavf guruhi” bolalarida ushbu buzilishlarning oldini olish maqsadida; o‘sishning orqada qolishi va tana vaznining yetishmasligi bo‘lgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda;
kattalarda sport tibbiyotida va intensiv mashg‘ulotlarda (mashg‘ulot jarayonida aerob samaradorlikni oshirishda): tezlik-va kuch ko‘rsatkichlarini va harakatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun, mushak massasini oshirish va yog‘ massasini kamaytirish uchun, mashg‘ulotdan keyingi sindromning oldini olish uchun (jismoniy yuklamalardan keyin tiklanish jarayonlarini tezlashtirish), travmatik shikastlanishlarda mushaklarning regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
homiladorlik;
— laktatsiya davri;
— yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Elkar vena ichiga tomchilab sekin yoki oqim bilan (2-3 daqiqa) yoki mushak ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborishdan oldin ampula tarkibi 100-200 ml erituvchida (0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza (glyukoza) eritmasi) eritiladi.
O‘tkir miya qon aylanishi buzilishlarida 1 g/kun 3 kun davomida, so‘ng 0,5 g/kun 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan so‘ng 3-5 kunlik takroriy kurslar o‘tkazilishi mumkin.
Preparat subakut va tiklanish davrida, disirkulyator ensefalopatiya va bosh miya turli shikastlanishlarida, karnitin yetishmovchiligida bemorlarga elkar eritmasi 0,5-1 g/kun hisobida vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) yoki mushak ichiga (2-3 marta kuniga) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda 12-14 kundan so‘ng takroriy kurs buyuriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar, mushak zaifligi (uremiya bilan bemorlarda) mumkin.
Tez kiritishda (80 tomchidan/min va undan ko'proq) venaning bo'ylab og'riqlar paydo bo'lishi mumkin, bu kiritish tezligini pasaytirganda o'tadi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar preparatning to‘qimalarda (jigar bundan mustasno) to‘planishiga yordam beradi, boshqa anaboliklar ta’sirini kuchaytiradi.
Farmakologik xususiyatlari
Ichakda yaxshi so‘riladi, qon plazmasidagi konsentratsiyasi 3 soatdan keyin maksimal darajaga yetadi va 9 soat davomida terapevtik diapazonda saqlanadi. Jigarga, miokardga oson o‘tadi, mushaklarga esa sekinroq kiradi. Buyraklar orqali, asosan, atsilli efirlar ko‘rinishida chiqariladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Pediyatriyada qo'llanilishi
Dori vositasi pediatrik amaliyotda qo'llaniladi. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi zarur.
Dori vositasini bolalar uchun yetarli bo'lmagan joyda saqlash va amal qilish muddati o'tganidan keyin foydalanmaslik kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasi avtotransportni yoki murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!