Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
1 ml spreyi tarkibida
Faol moddalardan: geksitidin 100 % modda hisobida –1 mg, xolin salitsilati 80 % 100 % modda hisobida –5 mg, xlorbutanol gemigidrat 100 % suvdan holi modda hisobida – 2,5 mg;
Yordamchi moddalardan: etanol (96 %), natriy saxarin, polisorbat 20, propion kislotasi, limon moyi, anis moyi, mentol (levomentol), evkaliptol, tozalangan suv.
Qo'llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion kasalliklarini mahalliy davolash: angina, o‘tkir va surunkali tonzillitlar, faringitlar, laringitlar; gingivitlar, stomatitlar, aftalar.
Stomatologik aralashuvlardan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘iga parvarish.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Preparat komponentlariga aniqlangan allergiya. Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Og'iz bo'shlig'ini yuvish uchun mahalliy qo'llaniladi.
Kattalarga 1 purkash 4-6 marta sutkada.
12 yoshdan katta bolalarga 1 purkash 2-3 marta kuniga.
Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat allergik reaksiyalar, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining engil tirnash xususiyati, teri reaksiyalari chaqirishi mumkin; ta'm va hid bilish buzilishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to'xtatish kerak.
Preparatning biror komponentiga sezgirlik xavfi.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta’siri uchta faol ingredient bilan belgilanadi.
Antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollik.
Geksetidin gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar shtammlariga, aeroblar va anaeroblarga antibakterial ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joizki, u asosan aerob shtammlarga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi, bakteritsid ta’siri kuchsiz. Ta’sir mexanizmi tiamin bilan raqobatli ta’sirga asoslangan, geksetidin tuzilishi mikroorganizmlarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan tiamin tuzilishiga o‘xshash.
Yallig‘lanishga qarshi faollik.
Xolina salitsilat analgezik, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Og‘riqni qoldiruvchi faollik xlorbutanol bilan ta’minlanadi. Otorinolaringologiyada (burunga tomizish, chayqash) va stomatologik amaliyotda (applikatsiya va purkash) antiseptik sifatida qo‘llaniladi.
Faol moddalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida fiksatsiyalanadi, u yerdan asta-sekin ajralib chiqadi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llashda yutmaslik va ko‘zga tegmaslikka ehtiyot bo‘lish kerak, chunki preparat etanol saqlaydi.
Uzoq muddatli qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning tabiiy mikroblar muvozanati o‘zgarishi mumkin, bu yerda bakterial yoki zamburug‘li tarqalish xavfi mavjud.
Bakterial infeksiya umumiy klinik belgilari paydo bo‘lsa, umumiy antibakterial terapiya ko‘zda tutilishi kerak.
Agar simptomlar 5 kundan ortiq saqlansa va/yoki tana harorati ko‘tarilsa, davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish zarur.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik yoki emizish davrida preparat faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat preparatni qo‘llashdan onaga foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lsa qo‘llaniladi.
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Noma’lum.
Bolalar
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Antiseptiklar saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llanmasin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!