-
Tarkibi
1 tabletkaga faol modda glitsin 100 mg; yordamchi moddalari povidon (kollidon 25) – 4,0 mg, magniy stearati – 1,0 mg, mikrokristallik tsellyuloza – 5,0 mg.
-
Qo'llanilishi
Stressli vaziyatlar - stressli vaziyatlarda psixoemotsional zo‘riqish (shu jumladan, imtihonlar, ziddiyatli vaziyatlar), aqliy ish qobiliyatining pasayishi; bolalar va o‘smirlarda deviant xatti-harakatlar; asab tizimining funksional va organik kasalliklari, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional beqarorlik, aqliy ish qobiliyatining pasayishi va uyqu buzilishi bilan kechuvchi (vegetativ distoniya sindromi, nevrozlar, nevrozga o‘xshash holatlar, neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari, perinatal va boshqa turdagi ensefalopatiyalar (shu jumladan, alkogolli genezli)); miya infarkti; narkologiyada – ensefalopatiya, markaziy va periferik asab tizimining organik shikastlanishlari bo‘lgan remissiya davrida aqliy ish qobiliyatini oshiruvchi va psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiruvchi dori vositasi sifatida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Glitsin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan Arterial gipotenziya.
-
Qo'llash usuli
Sublingval yoki transbukkal tarzda 100 mg (tabletkalarda yoki tabletka maydalangandan so‘ng kukun ko‘rinishida). 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni kukun ko‘rinishida maydalab, oz miqdordagi suvda eritish kerak. Bolalar, o‘smirlar va kattalarda psixoemotsional zo‘riqishlar, xotira, diqqat, aqliy ish qobiliyatining pasayishi, deviant xatti-harakat shakllarida glitsin 100 mg dan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida buyuriladi. Nerv tizimining funksional va organik shikastlanishlarida, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, emotsional labilitet va uyqu buzilishi bilan kechadigan holatlarda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 50 mg dan kuniga 2-3 marta 7-14 kun davomida, keyinchalik 50 mg dan kuniga 1 marta 7-10 kun davomida buyuriladi. Sutkalik doza – 100-150 mg, kurs doza – 2-2,6 g. 3 yoshdan katta bolalar va kattalarga 100 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi, davolash kursi – 7-14 kun, zarur bo‘lsa 30 kungacha uzaytiriladi, kerak bo‘lsa kurs 30 kundan so‘ng takrorlanadi. Uyqu buzilishlarida yotishdan 20 daqiqa oldin yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri uxlashdan oldin 50-100 mg (yoshga qarab) buyuriladi. Miya infarktida insult rivojlanishining dastlabki 3-6 soatida 1 g (10 tabletka) transbukkal yoki sublingval tarzda 1 choy qoshiq suv bilan, keyin 1-5 kun davomida 1 g/sutka, so‘nggi 30 kun davomida 100-200 mg dan kuniga 3 marta buyuriladi. Narkologiyada – 100 mg dan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida. Zarur bo‘lsa kurslar yiliga 4-6 marta takrorlanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Almashtiriladigan aminokislota, markaziy tormozlovchi tipdagi neyromediator. Miya to‘qimalarida metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, antidepressiv va sedativ ta’sir ko‘rsatadi. GAMK-ergik, alfa1-adrenobloklovchi, antioksidant va antitoksik ta’sirga ega; glyutamat (NMDA) retseptorlarining faoliyatini tartibga soladi, natijada psixoemotsional zo‘riqish, tajovuzkorlik va ziddiyatlilik kamayadi; ijtimoiy moslashuv va kayfiyatni yaxshilaydi; uxlab qolishni osonlashtiradi va uyquni normallashtiradi; aqliy ish qobiliyatini oshiradi; vegetativ-tomir buzilishlari (shu jumladan, klimakterik davrda) va ishemik insult hamda bosh miya jarohatida umumiy miya buzilishlarining og‘irligini kamaytiradi. Etanolning markaziy asab tizimiga toksik ta’sirini pasaytiradi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), anksiolitiklar, antidepressantlar, uyqu dorilari va tutqanoqka qarshi dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Arterial gipotenziyaga moyil bo‘lgan bemorlarda Glitsin-Ozon kichik dozalarda va arterial bosim nazorati ostida qabul qilinadi, uning odatdagi darajadan pastga tushishi holatida qabul qilish to‘xtatiladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Preparat homiladorlik va emizish davrida qo‘llash uchun kontrendikatsiyalangan, chunki yetarli ma’lumotlar mavjud emas. Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Glitsin-Ozon preparatini qabul qilganda, transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, nojo‘ya ta’sirlar profilini hisobga olgan holda. Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasligi va bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlanishi lozim.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.