-
Qo'llanilishi
Dizenteriya, paratiflar, lyamblyoz, oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Homiladorlik, laktatsiya. Nitrofuranlar guruhiga yuqori individual sezuvchanlik. Surunkali buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi, glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali buyrak yetishmovchiligi, jigar va asab tizimi kasalliklari.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, ovqatdan keyin. Dizenteriya, paratiflar va oziq-ovqat toksikoinfeksiyalarida - kuniga 4 marta 100-150 mg (lekin 800 mg dan ko'p emas), 5-10 kun davomida.
Lyamblyozda kattalar uchun - kuniga 4 marta 100 mg, bolalar uchun - 10 mg/kg/sutka, sutkalik doza 3-4 qabulga bo'linadi. Kattalar uchun eng yuqori bir martalik doza - 200 mg; sutkalik - 800 mg.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ishtahaning pasayishi, hatto anoreksiyagacha; ko'ngil aynishi, qusish;
allergik reaksiyalar (terida toshma, terining giperemiyasi va qichishishi, angionevrotik shish).
Uzoq muddatli qo'llanganda – nevrit.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antimikrob vosita, nitrofuranlar hosilasi. Gram-musbat va gram-manfiy mikroblarga, Trichomonas spp., Giardia lamblia ga nisbatan faol. Furazolidonga eng sezgir mikroorganizmlar: Shigella dysenteria, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella sonnei, Salmonella typhi, Salmonella paratyphi.
Yiringli va anaerob infeksiya qo‘zg‘atuvchilariga zaif ta’sir ko‘rsatadi. Mikroorganizmlarning chidamliligi sekin rivojlanadi. Monoaminooksidazani bloklaydi.
Nitrofuranlar mikroorganizmlarning hujayra nafas olish jarayonlarini buzadi, trikarboksilat kislotasi siklini (Krebs sikli) bostiradi, shuningdek, mikroorganizmlarning nuklein kislotalari biosintezini ingibirlash orqali ularning qobig‘i yoki sitoplazmatik membranasini buzadi. Nitrofuranlar ta’siri natijasida mikroorganizmlar kamroq toksin ajratadi, shuning uchun bemorning umumiy holati yaxshilanishi mikroflora o‘sishini aniq bostirishdan oldin ham mumkin. Ko‘plab boshqa antimikrob dori vositalaridan farqli o‘laroq, ular immun tizimini nafaqat bostirmaydi, balki faollashtiradi (komplement titrini va leykotsitlarning mikroorganizmlarni fagotsitoz qilish qobiliyatini oshiradi).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Xloramfenikol va ristomitsin fonida gemopoezni bostirishni kuchaytiradi.
Etanol ta’siriga sezuvchanlikni oshiradi. Siydikni ishqoriy qiluvchi dori vositalari ta’sirini kamaytiradi, kislotali qiluvchi vositalar esa oshiradi.
Aminoglikozidlar va tetratsiklin antimikrob xususiyatlarini kuchaytiradi.
Davolash davomida monoaminooksidaza ingibitorlari kabi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur, ya’ni tiramin saqlovchi mahsulotlarni (pishloq, qaymoq, loviya, tuzlangan seld, quyuq qahva) ratsiondan chiqarish.
Nevritlarning oldini olish uchun uzoq muddatli qo‘llashda B guruhi vitaminlari bilan birga qo‘llash kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: o‘tkir toksik gepatit, gematotoksiklik, neyrotoksiklik (polinevrit).
Davolash: dori vositasini bekor qilish, ko‘p suyuqlik ichish, simptomatik terapiya, antigistamin dori vositalari, B guruhi vitaminlari.