-
Tarkibi
1 ml preparatda faol modda temir (temir (III) gidroksidi polimaltoz kompleksi shaklida) – 50 mg. Yordamchi moddalari metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, sorbitol eritmasi nekristallanuvchi, natriy saxarin, vanil aromatizatori, natriy gidroksid, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
- yashirin va klinik jihatdan namoyon bo‘lgan temir yetishmovchiligi (temir tanqisligi anemiyasi)ni davolash; - bolalarda (shu jumladan emizikli yoshda), reproduktiv yoshdagi ayollarda (ayniqsa homiladorlik va emizish davrida), kattalarda (ayniqsa vegetarianlarda) va keksalarda temir yetishmovchiligining oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-gipersensitivlik; -organizmda temir ortiqligi (gemoxromatoz, hemosideroz); -temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (gemolitik anemiya yoki B12 vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq megaloblast anemiya, aplastik anemiya); -temir o‘zlashtirilishining buzilishi (sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshinli anemiya, kechki teri porfiriyasi).
-
Qo'llash usuli
Fersinol og‘iz orqali, ovqat paytida yoki darhol ovqatdan keyin qabul qilinadi. Preparatni meva, sabzavot sharbatlari yoki alkogolsiz ichimliklar bilan aralashtirish mumkin, preparat faolligining pasayishidan qo‘rqmasdan. 1 ml (20 tomchi) 50 mg elementar temir, 1 tomchi – 2,5 mg elementar temir saqlaydi. Preparatning sutkalik doza miqdori temir yetishmovchiligi darajasiga bog‘liq, bir necha qabulga bo‘linishi yoki bir martada qabul qilinishi mumkin. Fersinol preparatining sutkalik dozalari jadvali Bemorlar Temir tanqisligi anemiyasi Yashirin temir yetishmovchiligi Profilaktika Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar 1–2 tomchi/kg tana vazniga 3–5 oy davomida -- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10–20 tomchi (25–50 mg temir) 6–10 tomchi (15–25 mg temir) 6–10 tomchi (15–25 mg temir) 1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 20–40 tomchi (50–100 mg temir) 10–20 tomchi (25–50 mg temir) 10–20 tomchi (25–50 mg temir) 12 yoshdan katta bolalar; kattalar; emizikli ayollar 40–120 tomchi (100–300 mg temir) 20–40 tomchi (50–100 mg temir) 20–40 tomchi (50–100 mg temir) Homilador ayollar 80–120 tomchi (200–300 mg temir) 40 tomchi (100 mg temir) 40 tomchi (100 mg temir) Klinik jihatdan namoyon bo‘lgan temir yetishmovchiligi (temir tanqisligi anemiyasi)ni davolash davomiyligi 3–5 oy, gemoglobin darajasi normallashguncha. Shundan so‘ng preparatni yashirin temir yetishmovchiligini davolash dozasida yana bir necha oy davomida, homilador ayollar uchun esa, kamida tug‘ruqqacha, temir zaxiralarini tiklash uchun qabul qilish kerak. Yashirin temir yetishmovchiligini davolash davomiyligi 1–2 oy. Klinik jihatdan namoyon bo‘lgan temir yetishmovchiligida, gemoglobin darajasi normallashuvi va temir zaxiralari to‘ldirilishi davolash boshlanganidan keyin faqat 2–3 oy o‘tib yuz beradi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Juda kamdan-kam hollarda me'da-ichak trakti bezovtaligi belgilari, masalan, to'liq to'yinganlik hissi, epigastral sohada bosim, ko'ngil aynishi, qabziyat yoki diareya kuzatilishi mumkin. Najasning to'q rangga bo'yalishi mumkin, bu so'rilmagan temir ajralishi bilan bog'liq (klinik ahamiyatga ega emas).
-
Farmakologik xususiyatlari
Fersinol – temirni polimaltoz kompleksi (III) gidroksidi shaklida saqlovchi anti-anemik preparat. Ushbu makromolekulyar kompleks barqaror va oshqozon-ichak traktida (OIT) temirni erkin ionlar ko‘rinishida ajratmaydi, prooksidant xususiyatlarga ega emas, bu esa past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) oksidlanishini kamayishiga olib keladi. Kompleks tuzilishi bo‘yicha tabiiy temir birikmasi – ferritin bilan o‘xshash, shu sababli temir (III) ichakdan faol so‘rilish yo‘li bilan qonga o‘tadi. Plazmada temir γ-globulin transferin yordamida, u jigar tomonidan sintezlanadi, tashiladi. Transferin bilan kompleksda bo‘lgan temir organizm hujayralariga yetkaziladi, u yerda gemoglobin, mioglobin va temir saqlovchi fermentlar sintezi uchun ishlatiladi. Uch valentli temir gem hosil bo‘lishida ishtirok etadi, bu esa gemoglobin darajasining oshishiga olib keladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va emizish davri
Dori vositasini homiladorlik davrida (shu jumladan I trimesterda) tayinlashda fetusga hech qanday salbiy ta'sirlar aniqlanmagan.
Kichik miqdorlarda polimaltoz kompleksidan o'zgarmagan temir emizik sutga o'tishi mumkin, ammo emizayotgan bolalarda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi ehtimoli past.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Fersinol avtotransportni boshqarish va yuqori tezlikdagi psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.