Maxsus ko'rsatmalar
Ferlatum preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Temir tanqisligi yoki anemiyaning sababini aniqlash lozim; temir preparati bilan davolashdan tashqari, bemor anemiya yoki temir tanqisligining sabablarini bartaraf etish uchun mos davolashdan o‘tishi kerak.
Preparat sut oqsiliga toqat qilmaydigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki ularda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin (preparat tarkibida sut oqsili mavjud).
Ferlatum preparatining har bir flakonida 1,4 g sorbitol mavjud. Sorbitol (yoki fruktoza) saqlovchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish va ovqat bilan har kuni sorbitol (yoki fruktoza) iste'mol qilinishining ta'siri hisobga olinishi kerak. Og‘iz orqali qo‘llaniladigan dori vositalaridagi sorbitol bir vaqtda qabul qilinadigan boshqa og‘iz orqali qo‘llaniladigan dori vositalarining biologik o‘zlashtirilishiga ta'sir qilishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Ferlatum preparati natriy metilparagidroksibenzoat, natriy propilparagidroksibenzoat saqlaydi, ular sekin rivojlanadigan allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Ferlatum preparatining har bir flakonida 61,1 mg propilenglikol mavjud ("jemshirin" aromatizatori propilenglikol (86,9%) saqlaydi). Preparatni alkogoldegidrogenaza substrati bo‘lgan har qanday modda, masalan, etanol bilan bir vaqtda qabul qilish yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda og‘ir nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bitta flakon preparat maksimal 46,7 mg (2 mmol) natriy saqlashi mumkin. Bu kattalar uchun tavsiya etilgan maksimal kunlik iste'molning 2,33%iga to‘g‘ri keladi.
Ferlatum preparati o‘rganib qolish va dori qaramligini chaqirmaydi.
Fruktozani o‘zlashtira olmaydigan bemorlar Ferlatum preparatini qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik:
Homiladorlik davrida qo‘llash uchun maxsus ko‘rsatmalar yo‘q. Ferlatum preparati homiladorlik davrida temir tanqisligida qo‘llaniladi.
Emizish davri:
Emizish davrida qo‘llash uchun maxsus ko‘rsatmalar yo‘q. Ferlatum preparati emizish davrida yuzaga keladigan temir tanqisligida qo‘llaniladi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumot yo‘q. Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri holatlari aniqlanmagan.