-
Tarkibi
Faol modda: dimetindena maleyat.
1 ml tomchilar ichga qabul qilish uchun 1 mg dimetindena maleyatni o'z ichiga oladi
Qo'shimcha moddalar:
Natriy gidrofosfati dodekahidrat, limon kislotasi monohidrat, benzoik kislotasi, dinatriy edetat, natriy sakarinat, propilenglikol, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
- allergik kasalliklar (qichitqi, o'tli allergiya, yil davomida allergik rinit, oziq-ovqat va dori allergiyasi, angionevrotik shish);
- turli kelib chiqishdagi teri qichishi (ekzema, boshqa qichiydigan dermatozlar /shu jumladan atopik dermatit/, qizamiq, qizilo'ngach, qizilcha, toshma, hasharotlar chaqishi);
- gipersensibilizatsiya terapiyasi davomida allergik reaktsiyalarni oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Dimetindena va dori tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga nisbatan oshkora sezgirlik, yopiq burchakli glaukoma, bronxial astma, prostata bezining gipertrofiyasi, 1 oydan kichik bolalar, homiladorlik I trimesteri, emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Surunkali obstruktiv o'pka kasalliklarida, epilepsiyada. 1 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda, chunki sedativ ta'sir kechki apnoe epizodlari bilan birga bo'lishi mumkin.
Homiladorlik va emizish:
Fenistil® dori vositasini homiladorlik davrida (II-III trimester) shifokor nazorati ostida qo'llash mumkin, faqat agar onaga kutilayotgan foyda bolaning potentsial xavfidan oshsa. Fenistil® dori vositasini emizish davrida qo'llash taqiqlangan.
-
Qo'llash usuli
Ichga.
1 oydan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: tavsiya etilgan kunlik doz 0,1 mg/kg tana vazniga asoslangan, bu 1 kg tana vazniga 2 tomchiga teng. Kunlik dozani 3 qismga bo'lish kerak.
1 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar dori vositasini faqat shifokor tayinlaganida va H1-gistamin retseptorlarining blokatorlarini qo'llash ko'rsatmalari mavjud bo'lganda qabul qilishlari kerak.
12 yoshdan katta bolalar va kattalar: tavsiya etilgan kunlik doz 3-6 mg dimetindena (60 - 120 tomchi), 3 qismga bo'lingan, ya'ni kuniga 3 marta 20-40 tomchidan. 20 tomchi = 1 ml = 1 mg dimetindena.
Qari bemorlar (65 yoshdan katta) uchun dozani tuzatish talab qilinmaydi. Uyquchanlikka moyil bemorlarga kechasi 40 tomchi va ertalab 20 tomchi qabul qilish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar yuzaga chiqish tezligi tasnifi: juda tez-tez (1/10 yoki ko'proq), tez-tez (1/100 yoki ko'proq, lekin
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kamdan-kam: anafilaktoid reaksiyalar, jumladan yuz shishi, halqum shishi, toshma, mushak spazmlari va nafas qisilishi.
Psixika tomonidan buzilishlar:
Kamdan-kam: bezovtalik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda tez-tez: charchoq.
Tez-tez: uyquchanlik, asabiylik.
Kamdan-kam: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
Kamdan-kam: ovqat hazm qilish buzilishlari, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi, halqum qurishi.
Agar ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Sizda yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antigistamin, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi vosita. H1-gistamin retseptorlarining blokatori, gistaminning raqobatdosh antagonistidir.
Dori allergik reaktsiyalar bilan bog'liq kapillyarlarning oshgan o'tkazuvchanligini kamaytiradi.
Shuningdek, antibradikinin va zaif m-xolinoblokirovka ta'sirini ko'rsatadi. Dori kun davomida qabul qilinganda, ahamiyatsiz sedativ ta'sir ko'rsatishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Anksiolitiklar, uyqu dori vositalari va boshqa markaziy asab tizimini susaytiruvchi preparatlarning (opioid analgetiklar, tutqanoqka qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, antigistamin vositalar, qusishga qarshi vositalar, neyroleptiklar, skopolamin, etanol) ta'sirini kuchaytiradi. Trisiklik antidepressantlar va m-xolinoblokatorlar (bronxodilatatorlar, me'da-ichak spazmolitiklari va boshqalar) ko'z ichki bosimini oshishi yoki siydik tutilishi xavfini oshiradi. Shuningdek, antigistamin vositalar va prokarbazin birga qo'llanilishidan saqlanish kerak.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Yosh bolalarda, xususan 6 yoshgacha bo'lganlarda, antigistamin preparatlar qo'zg'aluvchanlikni oshirishi mumkin.
Fenistil® tomchilari yuqori harorat ta'siriga uchramasligi kerak; emizikli bolalarga buyurilganda, ularni to'g'ridan-to'g'ri emizishdan oldin iliq bolalar ovqatiga qo'shish kerak. Agar bola allaqachon qoshiq bilan ovqatlanayotgan bo'lsa, tomchilarni suyultirmasdan berish mumkin. Tomchilar yoqimli ta'mga ega. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Xolestaz bilan bog'liq qichishishda samarali emas.
Preparatning transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Boshqa antigistamin vositalar kabi Fenistil® preparati diqqatni susaytirishi mumkin, shuning uchun uni avtomobil boshqarishda, mexanizmlar bilan ishlashda yoki yuqori diqqat talab qilinadigan boshqa ish turlarida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: markaziy asab tizimi susayishi va uyquchanlik (asosan kattalarda), markaziy asab tizimi stimulyatsiyasi va m-xolinobloklovchi effektlar (ayniqsa bolalarda), jumladan qo'zg'alish, ataksiya, taxikardiya, gallyutsinatsiyalar, tonik yoki klonik tutqanoqlar, midriaz, og'iz qurishi, yuzga qon quyilishi, siydik tutilishi, isitma, arterial bosimning pasayishi, kollaps.
Davolash: faollashtirilgan ko'mir, tuzli ich ketkazuvchi buyurish kerak; yurak-qon tomir va nafas olish tizimi funksiyasini qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish kerak (analeptiklar qo'llanilmaydi).