Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Espumisan 40 mg № 25
Espumisan 40 mg № 25
Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG/Германия
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
30 942 so'm 38 200 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari espumisan 40 mg № 25
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kapsulalar
  • ATX kodi
    A02DA
  • Dozalash
    40 mg
  • Yaroqlilik muddati
    5 yil
  • Qadoqdagi soni
    25 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda: simetikon - 40,0 mg; Yordamchi modda: jelatin – 22,47 mg, glitserol 85 % - 9,67 mg, metilparagidroksibenzoat – 0,28 mg, xinolinniy sariq bo'yoq, E 104 – 0,10 mg, quyosh botishi sariq bo'yoq, E 110 – 0,0024 mg.
  • Qo'llanilishi
    Me'da-ichak traktida ortiqcha gaz hosil bo'lishi va to'planishi (meteorizm, Remxeld sindromi, aerofagiya, operatsiyadan keyingi davrda ortiqcha gaz hosil bo'lishi); - qorin bo'shlig'i va kichik chanoq a'zolarining diagnostik tadqiqotlariga tayyorgarlik (ultratovush, rentgenologik tadqiqotlar va boshqalar); - funksional dispepsiya bilan bog'liq ortiqcha gaz hosil bo'lishi simptomlari; - ko'pik hosil qiluvchi moddalarni o'z ichiga olgan yuvish vositalari bilan o'tkir zaharlanishlar (ko'pikni yo'qotuvchi sifatida).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - ichak tutilishi; - 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 2 kapsuladan kuniga 3-5 marta, oz miqdorda suyuqlik bilan, har bir ovqatdan keyin va zarurat tug‘ilganda uxlashdan oldin qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligi ortiqcha gaz hosil bo‘lishi simptomlarining mavjudligiga bog‘liq. Zarurat tug‘ilganda EspumizanÒ preparatini uzoq muddat davomida qo‘llash mumkin. Diagnostik tekshiruvlarga tayyorgarlik: tekshiruvdan bir kun oldin 2 kapsuladan kuniga 3 marta va tekshiruv kuni ertalab 2 kapsula, suv ichmasdan. Yuvish vositalari bilan zaharlanishda, ko‘pik hosil qiluvchi moddalarni o‘z ichiga olgan hollarda ko‘pikni yo‘qotuvchi sifatida: kattalar uchun bir martalik doza 10-20 kapsula, 6 yoshdan oshgan bolalar uchun: bir martalik 3-10 kapsula; dozalash intoksikatsiya og‘irligiga bog‘liq.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Espumizan preparatini qabul qilishda nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan. Preparatning yordamchi komponentlariga nisbatan allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Gaz to'planishini kamaytiruvchi vosita. Simetikon - kimyoviy jihatdan inert metilsiloksan polimeri bo'lib, taxminan 5% kremniy dioksidini o'z ichiga oladi. Yuqori yuzali faol xususiyatlarga ega va suyuqlik/gaz o'rtasidagi interfeysda yuzaning kuchlanishini kamaytirish qobiliyatiga ega, bu esa gaz pufakchalarining hosil bo'lishini qiyinlashtiradi, shuningdek, ularning birlashishi va ichakdagi ko'pikni buzilishiga yordam beradi, natijada ozod bo'lgan gaz ichak peristaltikasi ta'sirida so'riladi yoki tabiiy ravishda chiqariladi.

    Simetikonni qorin bo'shlig'i organlarini diagnostik tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishda qo'llash gaz pufakchalari tomonidan keltirilgan tasvir nuqsonlarining paydo bo'lishini oldini oladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Agar ortiqcha gaz hosil bo'lishi va/yoki ichak kolikasi simptomlari uzoq vaqt davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. 

    Homiladorlik va emizish davri
    Espumizan® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin.


    Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Espumizan® preparati psixomotor reaksiyalar tezligiga va vaziyatni qabul qilish yoki baholash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Эспумизан помог моему ребенку. Очень доволен покупкой на Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество. Быстрая доставка от Oxymed. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico