Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari lacto-filtrum 500 mg planshetlar № 60
Ichak mikroflorasi buzilishi (ichak disbakteriozi), shu jumladan antibiotikoterapiya natijasida; irritabl ichak sindromi, gepatitlar va jigar sirrozi kompleks terapiyasida; allergik kasalliklar (atopik dermatit, toshma), bakterial vaginoz (qin disbiozi).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga individual toqatsizlik, ichak tutilishi, me'da-ichak qon ketishlari, galaktozemiya. Preparatni me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligining zo‘rayishi, ichak atoniyasi paytida qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Qo'llash usuli
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar og‘iz orqali qabul qilinadi, zaruriyat tug‘ilganda – oldindan maydalab, suv bilan ichiladi, ovqatdan va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin.
Turli yosh guruhlarida dozalash tartibi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 2-3 tabletka 3 marta/kun buyuriladi.
8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1-2 tabletka 3 marta/kun.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 tabletka 3 marta/kun.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1/2 tabletka 3 marta/kun.
Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi – 2-3 hafta. Preparatni uzoq muddat qo‘llash va davolash kursini takrorlash faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra amalga oshirilishi kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar mumkin, kamdan-kam hollarda - meteorizm, diareya.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!