Farmakologik xususiyatlari
Filtrum® - tabiiy enterosorbent, yog'och komponentlarining gidroliz mahsulotlaridan iborat bo'lib, uning polimeri lignin bo'lib, tuzilma elementlari fenilpropan va gidrotsellyuloza hosilalaridir.
Yuqori sorbsion faollikka va noaniq detoksikatsion ta'sirga ega.
Patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori vositalari, zaharlar, og'ir metallarning tuzlari, spirtli ichimliklar, allergenlar, shuningdek, ayrim almashinuv mahsulotlarining ortiqcha miqdorini, jumladan, bilirubin, xolesterin, mochevina, endogen toksikoz rivojlanishiga javobgar bo'lgan metabolitlarni bog'laydi va organizmdan chiqaradi.
Toksik emas, so'rilmaydi, ichakdan to'liq 24 soat ichida chiqariladi.