Farmakologik xususiyatlari
Polisorb MP (tibbiy peroral) - noorganik, neselektiv, polifunksional enterosorbent bo‘lib, yuqori dispersli kremniy dioksidi asosida tayyorlangan, zarracha o‘lchamlari 0,09 mm gacha, kimyoviy formulasi SiO2. Preparatning ichki qo‘llanilganda sorbsiya sig‘imi 300 m²/g ga teng.
Farmakodinamikasi.
Polisorb MP kuchli sorbsiya va detoksikatsiya xususiyatlariga ega. Oshqozon-ichak yo‘li lümenida preparat turli tabiatdagi endogen va ekzogen toksik moddalarni, shu jumladan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlarni, antigenlarni, oziq-ovqat alergenlarini, dori vositalari va zaharlarni, og‘ir metallarning tuzlarini, radionuklidlarni, spirtli ichimliklarni bog‘lab, organizmdan chiqarib yuboradi.
Polisorb MP shuningdek, organizmning ayrim almashinuv mahsulotlarini, jumladan ortiqcha bilirubin, mochevina, xolesterin va lipid komplekslarini, shuningdek endogen toksikoz rivojlanishiga javobgar bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiya qiladi.
Farmakokinetikasi.
Polisorb MP oshqozon-ichak yo‘lida parchalanmaydi va so‘rilmaydi hamda o‘zgarmagan holda chiqariladi.