Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Enterosgel 225 g
Enterosgel 225 g
Ishlab chiqaruvchi: ТНК Силма /3
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
276 534 so'm 341 400 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari enterosgel 225 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    100 g preparat tarkibida:
    Faol modda: Polimetilsiloksan polihidrat 70 g.
    Yordamchi modda: Tozalangan suv 30 g. 
  • Qo'llanilishi
     
    Kattalar va bolalar uchun detoksikatsiya vositasi sifatida:
    • ·turli kelib chiqishdagi o'tkir va surunkali intoksikatsiyalar;
    • ·kuchli ta'sir ko'rsatadigan va zaharli moddalar, jumladan dori vositalari va alkogol, alkaloidlar, og'ir metall tuzlari bilan o'tkir zaharlanishlar;
    • ·har qanday genezdagi o'tkir ichak infeksiyalari kompleks terapiya tarkibida (toksoinfektsiyalar, salmonellyoz, dizenteriya, infeksion bo'lmagan kelib chiqishdagi diareya sindromi, disbakterioz);
    • ·aniq intoksikatsiya bilan kechadigan g'oyno-septik kasalliklar kompleks terapiya tarkibida;
    • ·ovqat va dori allergiyasi;
    • ·giperbilirubinemiya (virusli gepatitlar) va giperazotemiya (surunkali buyrak yetishmovchiligi);
    • ·zararli ishlab chiqarishlarda ishlovchilarda surunkali intoksikatsiyalarni oldini olish maqsadida (professional intoksikatsiyalar kimyoviy agentlar, poliproporsional ta'sir ko'rsatadigan ksenobiotiklar, inkorporatsiyalangan radionuklidlar, qo'rg'oshin, simob, arsenik, neft mahsulotlari, organik erituvchilar, azot, uglerod oksidlari, floridlar, og'ir metall tuzlari bilan).
     
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     
    Dori vositasiga individual tolaroqsizlik, ichak atoniyasi.
    Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
    Enterosgel® homiladorlik va emizish davrida kontrendikatsiya qilinmaydi. 
  • Qo'llash usuli
     
    Enterosgel® pastasini ichga 1-2 soat oldin yoki ovqatdan keyin yoki boshqa dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin, suv bilan ichish kerak.
    Qabul qilish uchun zarur bo'lgan dori miqdorini xona haroratidagi uch barobar suvda aralashtirish tavsiya etiladi yoki ichga suv bilan ichish kerak.
    • Kattalar uchun dozasi: 15 g – 22,5 g (1 – 1,5 osh qoshiq) kuniga 3 marta. Kunlik dozasi 45 g – 67,5 g.
    • 5 dan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun – 15 g (1 osh qoshiq) kuniga 3 marta. Kunlik dozasi 45 g.
    • 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun – 7,5 g (0,5 osh qoshiq) kuniga 3 marta. Kunlik dozasi 22,5 g.
    • Yosh bolalarga 2,5 g (0,5 choy qoshiq) dori mahsulotini uch barobar ona suti yoki suvda aralashtirib, har bir ovqatdan oldin berish tavsiya etiladi (kuniga 6 marta).
    • Surunkali toksikatsiyalarni oldini olish uchun – kuniga 2 marta 22,5 g, 7-10 kun davomida har oy. Og'ir toksikatsiyalar holatida dastlabki uch kun davomida dori dozasi ikki baravar oshirilishi mumkin.
    O'tkir zaharlanishlar uchun davolash davomiyligi 3-5 kun, surunkali toksikatsiyalar va allergik holatlar uchun 2-3 hafta. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko'ra. 
  • Nojo´ya ta´sirlar
     Mumkin bo'lgan qayt qilish, ich qotishi. Og'ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi holatida preparatga nisbatan nafrat hissi paydo bo'lishi mumkin. 
  • Farmakologik xususiyatlari
     Enterosgel® poroz tuzilishga ega kremniy organik matritsasi (molekulyar gubka) gidrofob tabiati bilan, faqat o‘rta molekulyar toksik metabolitlar (m.m. 70 dan 1000 gacha) bo‘yicha sorbsion ta'sirini xarakterlaydi. Enterosgel® aniq sorbsion va detoksikatsion xususiyatlarga ega. Oshqozon-ichak yo‘lagida preparat endogen va ekzogen turli tabi'atdagi toksik moddalarni, shu jumladan bakteriyalar va bakterial toksinlar, antigеnlar, oziq-ovqat allergenlari, dori-darmonlar va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, spirtni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi. Preparat shuningdek, organizmning ba'zi almashinuvi mahsulotlarini, jumladan, bilirubin, urea, xolesterin va lipid komplekslarining ortiqchaligini, shuningdek, endogen toksikozni rivojlantirishga javobgar metabolitlarni sorbirovchi. Enterosgel® vitaminlar va mikroelementlarning so‘rilishini kamaytirmaydi, buzilgan ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi va uning harakat funksiyasiga ta'sir qilmaydi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Dori boshqa dori vositalari bilan birgalikda kompleks terapiyada qo'llanilishi mumkin, boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin qabul qilish qoidalariga rioya qilgan holda.

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sardor
    ico ico ico ico ico
    Энтеросгель 225 г оказался очень эффективным. Быстрая доставка от Oxymed. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilbar
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, помог при проблемах с желудком. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico