Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Enterofuril 100 mg № 30 kapsulalar
Enterofuril 100 mg № 30 kapsulalar
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

Mavjud
44 226 so'm 54 600 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari enterofuril 100 mg № 30 kapsulalar
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
     Umumiy holatning yomonlashuvi, tana haroratining ko'tarilishi, intoksikatsiyasiz kechadigan o'tkir bakterial diareya. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning komponentlariga yoki boshqa nitrofuran hosilalariga yuqori sezuvchanlik; fruktozani o‘zlashtira olmaslik; glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki saxaraza va izomaltaza yetishmovchiligi; homiladorlik; 1 oygacha bo‘lgan yosh, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar (og‘iz orqali qabul qilinadigan suspenziya); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (kapsulalar)
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar: 2 kapsuladan kuniga 4 marta (200 mg dan kuniga 4 marta). Sutkalik doza - 800 mg. 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 2 kapsuladan kuniga 3 marta (200 mg dan kuniga 3 marta). Sutkalik doza - 600 mg.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaktsiyalar: toshma, qichish, Kvin shishi, anafilaktik shok
  • Farmakologik xususiyatlari
     Farmakologik ta'siri
    Keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antimikrob preparat, 5-nitrofuran hosilasi. Degidrogenazlar faolligini bloklaydi va nafas olish zanjirlarini, trikarboksilat kislotasi siklini va mikroblar hujayrasidagi boshqa bir qator biokimyoviy jarayonlarni susaytiradi. Mikrob hujayra membranasini buzadi, mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Campylobacter jejuni, Escherichia coli, Salmonella spp., Clostridium perfringens, Vibrio cholerae, patogen Vibrionlar va Vibrio parahaemolyticus, Staphylococcus spp. ga nisbatan yuqori faollikka ega. Nifuroksazidga nisbatan zaif sezgir: Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Providencia indologenes. Nifuroksazidga nisbatan rezistent: Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Providencia spp., Pdeudomonas spp.
    Ichak mikroflorasi muvozanatini buzmaydi.
    O‘tkir bakterial diareya paytida ichak eubiozini tiklaydi. Enterotrop viruslar bilan infeksiyalanishda bakterial superinfeksiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 

  • Maxsus ko'rsatmalar
     Diareya davolashda Enterofuril® preparati bilan bir vaqtda rehidratatsion terapiya o‘tkazish zarur. Tizimli zararlanish belgilariga ega bakterial diareyada tizimli ta'sirga ega antibakterial preparatlarni qo‘llash masalasini hal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Gipersensitivlik simptomlari (nafas qisilishi, toshma, qichishish) paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Nifuroksazid bilan davolash vaqtida alkogol iste'mol qilish taqiqlanadi.
    Metilparagidroksibenzoat tarkibi tufayli preparat allergik reaksiyalar (kechikkan bo‘lishi mumkin) chaqirishi mumkin.
    Enterofuril® 100 mg preparatining bitta kapsulasi 36 mg saxaroza saqlaydi, bu 0.0030 XE ga teng. Preparatning bir martalik dozasida (2 kapsula) saxaroza miqdori 0.0060 XE ga teng. Kattalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Enterofuril® 100 mg preparatining 2 kapsulasini kuniga 4 marta qabul qilganda sutkalik saxaroza doza 0.024 XE ni, bolalar uchun 2 kapsulani kuniga 3 marta qabul qilganda 0.018 XE ni tashkil etadi.

    Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Preparat psixomotor faoliyatga va transport vositalarini boshqarish hamda mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. 

    Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

    Enterofuril preparatini homiladorlik davrida faqat terapiyaning kutilayotgan foydasi ona uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa qo‘llash mumkin.

    Enterofuril me'da-ichak traktidan so‘rilmaydi va tizimli qon aylanishiga tushmaydi, biroq preparatni laktatsiya davrida faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, bunda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. 

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Disulfiramga o‘xshash reaksiyalarni chaqiruvchi preparatlar, asab tizimi faoliyatini susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar Siz boshqa dori vositalarini (shu jumladan, retseptsiz) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Капсулы очень удобны в применении, результат заметен после первой упаковки. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilrabo
    ico ico ico ico ico
    Отличное лекарство, помогло быстро и эффективно. Спасибо магазину за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico