Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Enalapril 5 mg № 20
Enalapril 5 mg № 20
Ishlab chiqaruvchi: БОРИСОВСКИЙ ЗМП
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari enalapril 5 mg № 20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada faol modda - enalapril maleat 5 mg yoki 10 mg yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, povidon, kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati.
  • Qo'llanilishi
    Arterial gipertenziya turli shakl va og'irlik darajasida (shu jumladan, renovaskulyar gipertenziya) - yurak yetishmovchiligi I – III bosqichda kompleks davolash tarkibida, shu jumladan, chap qorincha disfunktsiyasining simptomsiz holatida - chap qorincha disfunktsiyasi bo'lgan bemorlarda koronar ishemiyani oldini olish.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Enalapril va boshqa APF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik, anamnezda angionevrotik shish mavjudligi, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan yosh (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan). Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: birlamchi giperal'dosteronizm, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozida, yagona buyrak arteriyasining stenozida, giperkaliemiya, buyrak ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi holat, aortal stenoz, mitral stenoz (gemodinamik buzilishlar bilan), idiopatik gipertrofik subaortal stenoz, biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari, yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, qandli diabet, buyrak yetishmovchiligi (proteinuriya 1 g/sutkadan ortiq), jigar yetishmovchiligi, tuz cheklangan dieta tutuvchi yoki gemodializda bo‘lgan bemorlarda, immunodepressantlar va saluretiklar bilan birga qabul qilganda, keksalarda (65 yoshdan katta).
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar. Arterial gipertenziya Yengil darajadagi AGda boshlang'ich doza 5 mg 1 marta sutkada. Boshqa darajadagi AGda boshlang'ich doza 10 mg 1 marta sutkada. Ta'sir bo'lmagan taqdirda, preparat dozasini 1 haftalik interval bilan 5 mg ga oshiriladi. Qo'llab-quvvatlovchi doza – 20 mg 1 marta sutkada. Doza sutkasiga 40 mg dan oshmasligi kerak. Renovaskulyar gipertenziya Davolash pastroq boshlang'ich doza – 2,5 mg bilan boshlanadi. Doza bemorning ehtiyojiga qarab tanlanadi. Maksimal sutkalik doza – har kuni qabul qilinganda 40 mg enalapril. Arterial gipertenziyada diuretiklar bilan birga davolash Enalaprilning birinchi qabulidan so'ng arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Diuretiklar bilan davolashni enalapril bilan davolashni boshlashdan 2 – 3 kun oldin to'xtatish kerak. Agar bu mumkin bo'lsa, enalaprilning boshlang'ich dozasini kamaytirish kerak (5 mg yoki undan kam), preparatning dastlabki ta'sirini aniqlash uchun.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kamroq 2% - arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, ba'zi hollarda hushdan ketish – miokard infarkti, insult, ko'krak sohasida og'riq, yurak urishining tezlashuvi, yurak ritmining buzilishi, stenokardiya, Reyno sindromi. Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan eng ko'p uchraydiganlari - bosh aylanishi, bosh og'rig'i 2 – 3% hollarda - charchoq, asteniya, ba'zi hollarda - depressiya, ongning chalkashishi, uyquchanlik, uyqusizlik, qo'zg'aluvchanlik, paresteziya, quloqda shovqin, ko'rishning noaniqligi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kamroq 2% - ko'ngil aynishi, diareya, ba'zi hollarda - ichak tutilishi, pankreatit, jigar yetishmovchiligi, gepatit (gepatotsellyulyar yoki xolestatik), sariqlik, qorin sohasida og'riq, qusish, dispepsiya, qabziyat, anoreksiya, stomatit, ta'm sezishning buzilishi, glossit, jigar transaminazalari faolligining va plazmadagi bilirubin kontsentratsiyasining oshishi (odatda qaytuvchan xarakterga ega). Nafas olish tizimi tomonidan kamroq 2% - yo'tal, ba'zi hollarda – o'pka infiltratlari, bronxospazm, bronxial astma, nafas qisishi, rinoreya, tomoqda og'riq, ovozning xirillashi. Siydik ajratish tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda – buyrak funksiyasining buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, siydikda mochevina, kreatin miqdorining oshishi (odatda qaytuvchan xarakterga ega). Allergik reaksiyalar kamroq 2% - teri toshmasi, kamdan-kam hollarda - yuz, qo'l-oyoq, lab, til, ovoz yorig'i va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi, ba'zi hollarda – ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eshakemi. Murakkab simptomokompleks rivojlanishi mumkin: isitma, serozit, vaskulit, miyalgiya/miozit, artralgiya/artrit, antinuklear antitellarga ijobiy test, SOE oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz. Qon yaratuvchi tizim tomonidan gemoglobin va gematokrit darajasining pasayishi mumkin, ba'zi hollarda – neyropeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz. Dermatologik reaksiyalar ba'zi hollarda – terlashning kuchayishi, pemfigus, qichishish, toshma, alopesiya, fotosensibilizatsiya, yuz terisining qizarishi. Laborator ko'rsatkichlar tomonidan giperqaliemiya va giponatriemiya rivojlanishi mumkin. Boshqalar kamroq 2% - mushaklarda tutqanoq, ba'zi hollarda – impotensiya. Umuman olganda, enalapril yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya ta'sirlar umumiy tez-tezligi platsebo buyurilgandagi ko'rsatkichdan oshmaydi. Ko'p hollarda nojo'ya ta'sirlar ahamiyatsiz, vaqtinchalik va davolashni to'xtatishni talab qilmaydi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    APF ingibitori - gipotenziya vositasi. Angiotenzin I dan angiotenzin II hosil bo‘lishini to‘xtatadi va uning tomir toraytiruvchi ta’sirini bartaraf etadi. Arterial bosimni asta-sekin pasaytiradi, yurak urish tezligi va minut hajmini o‘zgartirmaydi. Umumiy periferik yurak qarshiligini kamaytiradi, postnagruzkani kamaytiradi. Shuningdek, prednagruzkani kamaytiradi, o‘ng bo‘lmachada va kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi, chap qorincha gipertrofiyasini kamaytiradi, buyrak glomerulalarining chiqaruvchi arteriolalari tonusini pasaytiradi, shu bilan glomerulalar ichidagi gemodinamikani yaxshilaydi va diabetik nefropatiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Peroral qabul qilinganda gipotenziya effekti boshlanish vaqti - 1 soat, maksimal darajaga 4 - 6 soatda yetadi va 24 soatgacha saqlanadi. Surunkali yurak yetishmovchiligida sezilarli klinik effekt uzoq muddatli davolashda - 6 oy va undan ko‘proq kuzatiladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Enalapril chap qorincha yurakdan qon chiqishi qiyin bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Enalapril bilan davolash vaqtida yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda AB va buyrak funksiyasini tizimli nazorat qilish zarur. Diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda, imkon qadar, enalapril bilan davolashni boshlashdan oldin diuretiklar dozasini kamaytirish kerak. Enalaprilning birinchi dozasini qabul qilgandan keyin arterial gipotenziya rivojlanishi preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarurligini anglatmaydi. Davolash davrida qon zardobida kaliy miqdorini ham nazorat qilish kerak. Arterial gipotenziya ko‘proq gipovolemiya fonida rivojlanadi, masalan, diuretiklar bilan davolash, tuz iste'molini cheklash, gemodializda bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, diareya yoki qusish natijasida. Xuddi shunday, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan, shuningdek, miya tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ham kuzatish zarur, chunki arterial bosimning keskin pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin. Agar gipotenziya barqaror tus olsa, diuretik va/yoki enalapril dozasini kamaytirish va/yoki davolashni to‘xtatish kerak. Ba'zi bemorlarda enalapril bilan davolash boshlanganidan keyin rivojlangan arterial gipotenziya buyrak funksiyasining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Ba'zi bemorlarda ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozida yoki yagona buyrak arteriyasi stenozida qonda mochevina va zardobda kreatinin miqdori oshgan. O‘zgarishlar qaytar bo‘lib, davolash to‘xtatilgandan so‘ng ko‘rsatkichlar normaga qaytgan. Bunday o‘zgarishlar, asosan, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtimol. APF ingibitorlari, jumladan enalapril buyurilganda, yuz, qo‘l-oyoq, lab, til, ovoz yoriqlari va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi kamdan-kam hollarda, davolashning turli davrlarida kuzatilgan. Bunday hollarda enalapril bilan davolashni darhol to‘xtatish va bemorni simptomlar to‘liq yo‘qolguncha doimiy kuzatish kerak. Agar shish faqat yuz va lab sohasida bo‘lsa, odatda maxsus davolash talab qilinmaydi, antigistamin preparatlar bemor holatini yaxshilaydi. Agar shish til, ovoz yorig‘i yoki hiqildoq sohasida bo‘lsa va nafas yo‘llarining obstruksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, tezda davolashni boshlash kerak, bu p/k epinefrin (adrenalin) eritmasi 0,1% (0,3 – 0,5 ml) in'ektsiyasi va/yoki nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash choralarini o‘z ichiga oladi. Negroid irqiga mansub bemorlarda APF ingibitorlari qabul qilinganda angionevrotik shish boshqa irqlarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan. Kamdan-kam hollarda APF ingibitorlari qabul qilayotgan bemorlarda membranali qanotli hasharotlar zaharidan allergen bilan giposensibilizatsiya o‘tkazishda hayot uchun xavfli og‘ir anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega membranalar (masalan, AN69) yordamida dializ qilinayotgan va bir vaqtning o‘zida APF ingibitorini qabul qilayotgan bemorlarda ba'zi hollarda anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Shuning uchun bunday bemorlarga boshqa turdagi dializ membranalarini yoki boshqa sinfdagi antigipertenziv preparatlarni qo‘llash tavsiya etiladi. APF ingibitorlari bilan davolashda yo‘tal paydo bo‘lishi haqida xabarlar bor. Odatda yo‘tal no‘xosil, doimiy bo‘lib, preparat bekor qilingandan so‘ng to‘xtaydi. Katta jarrohlik amaliyotlari yoki arterial gipotenziya chaqiruvchi birikmalar bilan anesteziya vaqtida enalapril kuchli arterial gipotenziya chaqirishi mumkin, buni yuborilayotgan suyuqlik hajmini oshirish orqali tuzatish kerak. Arterial gipertenziyali bemorlarda, enalapril 48 hafta davomida qabul qilinganda, zardobda kaliy konsentratsiyasi 0,02 mEkV/l ga oshgan. Enalapril bilan davolashda qon zardobida kaliy miqdorini nazorat qilish kerak. 

    Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
    Alkogol preparatning gipotenziya ta'sirini kuchaytiradi. Davolash boshida, doza tanlash davri tugamaguncha, avtotransport boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish kerak, chunki ayniqsa diuretik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda APF ingibitorining boshlang‘ich dozasidan so‘ng bosh aylanishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi (stomatologiyani ham o‘z ichiga oladi) oldidan jarroh/anesteziologni APF ingibitorlari qabul qilinayotgani haqida ogohlantirish zarur. Faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilsin.



Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nodira
    ico ico ico ico ico
    Заказала Эналаприл 5 мг №20 в интернет-магазине Oxymed. Препарат оправдал ожидания, эффективен и недорогой.
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Этот препарат помог стабилизировать давление. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico