Maxsus ko'rsatmalar
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (GFR 45 - 60 ml / min / 1,73 m2) metformin qo‘llashni yod saqlovchi rentgenokontrast moddalari yuborilishidan 48 soat oldin to‘xtatish va tadqiqot o‘tkazilgandan keyin buyrak funksiyasi qayta baholanib, buyrak holatining yanada yomonlashuvi yo‘qligi tasdiqlangandan so‘ng, 48 soatdan oldin qayta boshlamaslik kerak.
Extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak bo‘lgan kombinatsiyalar.
Giperglikemiyaga olib keluvchi dori vositalari (tizimli va mahalliy ta’sirli GKS, simpatomimetiklar, xlorpromazin). Qon glyukozasi darajasini tez-tez nazorat qilish zarur, ayniqsa davolash boshida. Bunday birgalikdagi davolash vaqtida va undan keyin Diaformin® SR dozasini glikemiya darajasi nazorati ostida tuzatish kerak.
APF ingibitorlari qon glyukozasi darajasini pasaytirishi mumkin. Zarur bo‘lsa, birgalikda davolash vaqtida preparat dozasini tuzatish kerak.
Diuretiklar, ayniqsa ilgak diuretiklari, buyrak funksiyasining pasayishi mumkinligi sababli laktatsidoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Homiladorlik
Homiladorlik davrida (gestatsion yoki doimiy) nazorat qilinmaydigan diabet tug‘ma anomaliyalar va perinatal o‘lim xavfini oshiradi. Homilador ayollarda metformin qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma’lumotlar mavjud, ular tug‘ma anomaliyalar xavfining oshishini ko‘rsatmaydi.
Doklinik tadqiqotlar homiladorlik, embrion yoki homila rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Homiladorlikni rejalashtirishda, shuningdek homiladorlik yuzaga kelganda, glikemik nazorat buzilishi yoki diabetni davolash uchun metformin qo‘llash tavsiya etilmaydi. Diabetni davolash uchun homila nuqsonlari rivojlanish xavfini kamaytirish maqsadida qon glyukozasi darajasini normalga maksimal yaqin saqlash uchun insulin qo‘llash tavsiya etiladi.
Emizish davri
Metformin ona sutiga ajraladi, biroq emizilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. Biroq, preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘qligi sababli, metformin bilan davolash davomida emizish tavsiya etilmaydi. Emizishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda emizishning foydalari va bolaga nojo‘ya ta’sirlar xavfi hisobga olinishi kerak.
Fertillik
Metformin hayvonlarda 600 mg/kg/kunga dozada qo‘llanganda, bu inson uchun tana yuzasi maydoniga hisoblangan maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozadan deyarli 3 baravar ko‘p bo‘lsa-da, fertillikka ta’sir ko‘rsatmagan.
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Diaformin SR dori vositasi transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilmaydi, chunki preparatning monoterapiyasi gipoglikemiyani chaqirmaydi.
Biroq, metformin boshqa gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin, meglitinidlar) bilan birga qo‘llanganda, gipoglikemiya rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.