Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Deksametazon 0,5mg №50
Deksametazon 0,5mg №50
Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    3 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari deksametazon 0,5mg №50
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    0,0005 g
  • Yaroqlilik muddati
    5 yil
  • Qadoqdagi soni
    50 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda deksametazon 0,5 mg; yordamchi moddalari laktosa monogidrat, makkajo‘xori kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, kremniy dioksid kolloid suvdan holi.
  • Qo'llanilishi
    • endokrin kasalliklar: buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining o‘tkir yetishmovchiligi, birlamchi yoki ikkilamchi buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligi, tug‘ma buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining gipertrofiyasi, subakut tireoidit; • shok (kuvish, travmatik, operatsion, toksik) – tomirlarni toraytiruvchi vositalar, plazma o‘rnini bosuvchi preparatlar va boshqa simptomatik terapiya samarasiz bo‘lsa; • miya shishi (miya o‘smalari, bosh miya jarohati, neyroxirurgik aralashuv, miya ichiga qon quyilishi, ensefalit, meningit, nurlanish zarari); • astmatik status; og‘ir bronxospazm (bronxial astmaning zo‘rayishi, surunkali obstruktiv bronxit); • og‘ir allergik reaksiyalar, anafilaktik shok; • revmatik kasalliklar; • biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari; • o‘tkir og‘ir dermatozlar; • yomon sifatli kasalliklar: kattalarda leykemiya va limfoma uchun palliativ davolash; bolalarda o‘tkir leykemiya; yomon sifatli o‘smalarga chalingan bemorlarda, og‘iz orqali davolash mumkin bo‘lmaganda, giperkaltsemiya; • qon kasalliklari: o‘tkir gemolitik anemiyalar, agranulositoz, kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura; • og‘ir infeksion kasalliklar (antibiotiklar bilan birga); • oftalmologik amaliyotda (subkon’yunktival, retrobulbar yoki parabulbar yuborish) allergik kon’yunktivit, keratit, keratokonyunktivit (epiteliy shikastlanmasdan), irit, iridotsiklit, blefarit, blefarokonyunktivit, sklerit, episklerit, ko‘z jarohatlari va operatsiyalardan keyingi yallig‘lanish jarayoni, simpatik oftalmiya, shuningdek, shox parda transplantatsiyasidan keyin immunosupressiv davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha qisqa muddatli qo'llash uchun yagona qarshi ko'rsatma bu deksametazonga yoki preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikdir. O'sish davridagi bolalarda GKSlardan faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha va davolovchi shifokorning alohida diqqatli nazorati ostida foydalanish kerak. Preparatni quyidagi kasalliklar va holatlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim: • Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari – me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o'tkir yoki yashirin peptik yara, yaqinda yaratilgan ichak anastomozlari, nospetsifik yarali kolit perforatsiya yoki abstsess xavfi bilan, divertikulit. • Parazitar va infeksion kasalliklar – virusli, zamburug'li yoki bakterial tabiatli (hozirda kechayotgan yoki yaqinda o'tkazilgan, shu jumladan, bemor bilan yaqinda bo'lgan kontakt) – oddiy gerpes, toshmali gerpes (viremiya fazasi), suvchechak, qizamiq; amebiaz, strongiloidoz; tizimli mikoz; faol va yashirin sil. Og'ir infeksion kasalliklarda faqat maxsus terapiya fonida qo'llash mumkin. • Vaksinatsiyadan oldin va keyingi davr (vaksinatsiyadan 8 hafta oldin va 2 hafta keyin), BCG vaksinasidan keyingi limfadenit. Immunodefitsit holatlari (shu jumladan, OITS yoki OIV infeksiyasi). • Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan, yaqinda o'tkazilgan miokard infarkti (o'tkir va subo'tkir miokard infarktida nekroz o'chog'ining tarqalishi, chandiq to'qima shakllanishining sekinlashuvi va natijada yurak mushagi yorilishi mumkin), og'ir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, giperlipidemiya. • Endokrin kasalliklar – qandli diabet (shu jumladan, uglevodlarga tolerantlik buzilishi), tireotoksikoz, gipotiroidizm, Itsenko-Kushing kasalligi, semizlik (III-IV daraja). • Og'ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiaz. Gipоalbuminemiya va uni yuzaga keltiruvchi holatlar (jigar sirrozi, nefrotik sindrom). • Tizimli osteoporoz, miasteniya gravis, o'tkir psixoz, poliomiyelit (bulbar ensefalit shaklidan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik.
  • Qo'llash usuli
    Dozalash tartibi individual bo‘lib, ko‘rsatmalar, bemorning holati va terapiyaga javobiga bog‘liq. Preparat og‘iz orqali ovqat paytida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Sutka davomida endogen glyukokortikosteroidlar sekretsiyasining sirkad ritmini hisobga olgan holda, ertalab soat 6 dan 8 gacha bo‘lgan oraliqda qo‘llash tavsiya etiladi. Maksimal sutkalik doza – 10–15 mg. Terapevtik ta’sirga erishilgach, doza asta-sekin kamaytiriladi (odatda har 3 kunda 0,5 mg ga) va qo‘llab-quvvatlovchi doza 2–4,5 mg/sutkaga yetkaziladi. Minimal samarali doza – 0,5–1 mg/sutka. Bolalarga Deksametazon faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha 0,08–0,3 mg/kg yoki 2,5–10 mg/m2 sutkada 3–4 marta yoshga qarab buyuriladi. Deksametazon bilan davolash davomiyligi patologik jarayon xususiyati va davolash samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, bir necha kundan bir necha oy va undan ko‘proq davom etadi. Davolashni asta-sekin to‘xtatish kerak. Preparatning yuqori dozalari uzoq muddat qo‘llanganda, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining o‘tkir yetishmovchiligi rivojlanishining oldini olish uchun dozani asta-sekin kamaytirish talab etiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Odatda Deksametazon yaxshi ko‘tariladi. U past mineralokortikoid faollikka ega, ya’ni uning suv-elektrolit almashinuvi ta’siri katta emas. Odatda, Deksametazonning past va o‘rtacha dozalari organizmda natriy va suvning ushlanib qolishi, kaliyning ko‘paygan chiqarilishi chaqirmaydi. Quyidagi nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan Endokrin tizimi tomonidan glyukozaga tolerantlikning pasayishi, steroid diabet yoki yashirin diabetning namoyon bo‘lishi, buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi (oy shaklidagi yuz, gipofizar tipdagi semirish, girsutizm, arterial bosimning oshishi, dismenoreya, amenoreya, mushak zaifligi, striyalar), bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, steroid oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, eroziyali ezofagit, me’da-ichak qon ketishi va perforatsiyasi, ishtahaning oshishi yoki pasayishi, ovqat hazm qilishning buzilishi, meteorizm, ikota. Kam hollarda - “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligining oshishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan aritmiyalar, bradikardiya (hatto yurak to‘xtashigacha); (moyil bemorlarda) yurak yetishmovchiligining rivojlanishi yoki kuchayishi, gipokaliemiyaga xos EKG o‘zgarishlari, arterial bosimning oshishi, gipergulyatsiya, trombozlar. O‘tkir va subo‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda - nekroz o‘chog‘ining kengayishi, chandiq to‘qimaning shakllanishi sekinlashuvi, bu yurak mushagi yorilishiga olib kelishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan deliry, dezorientatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, manik-depressiv psixoz, depressiya, paranoya, bosh ichki bosimining oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyada soxta o‘smalar, bosh og‘rig‘i, tutqanoq. Sezgi organlari tomonidan to‘satdan ko‘rishning yo‘qolishi (bosh, bo‘yin, burun chig‘anoqlari, bosh terisi sohasiga parenteral yuborilganda preparat kristallarining ko‘z tomirlarida cho‘kishi mumkin), orqa subkapsulyar katarakta, ko‘z ichki bosimining oshishi va natijada ko‘ruv nervi shikastlanishi mumkinligi, ko‘zning ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki virusli infeksiyalariga moyillik, qovoq shilliq qavatining trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm. Modda almashinuvi tomonidan kalsiyning ko‘paygan chiqarilishi, gipokalsemiya, tana vaznining oshishi, manfiy azot balansi (oqsillarning ko‘paygan parchalanishi), terlashning kuchayishi. Mineralokortikoid faollik bilan bog‘liq – suyuqlik va natriyning ushlanib qolishi (periferik shishlar), gipernatriyemiya, gipokaliemik sindrom (gipokaliemiya, aritmiya, mialgiya yoki mushak spazmi, noodatiy zaiflik va charchoq). Tayoq-harakat tizimi tomonidan bolalarda o‘sish va suyaklanish jarayonlarining sekinlashuvi (epifiz o‘sish zonalarining erta yopilishi), osteoporoz (juda kam hollarda - suyaklarning patologik sinishi, yelka va son suyagi boshining aseptik nekrozi), mushak paylarining uzilishi, steroid miopatiya, mushak massasining kamayishi (atrofiya). Terining va shilliq qavatlarning sekin bitishi, petechiyalar, ekximozlar, terining yupqalashuvi, gipergipopiigmentatsiya, ugri, striyalar, piodermiya va kandidozlarga moyillik. Allergik reaksiyalar umumiy (terida toshma, qichishish, anafilaktik shok), mahalliy allergik reaksiyalar. Boshqa – infeksiyalarning rivojlanishi yoki kuchayishi (bu nojo‘ya ta’sirga immunodepressantlar va vaksinalar birga qo‘llanilganda yordam beradi), leykotsituriya, “bekor qilish” sindromi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Sintetik glyukokortikosteroid (GKS) – ftorprednizolonning metillangan hosilasi. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, desensibilizatsiyalovchi, immunodepressiv, shokka qarshi va antitoksik ta’sir ko‘rsatadi, beta-adrenoretseptorlarning endogen katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi. Sitoplazmatik retseptorlar (GKS uchun retseptorlar barcha to‘qimalarda mavjud, ayniqsa, ularning ko‘pi jigar to‘qimasida) bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, kompleks hosil qiladi, bu esa oqsillar (shu jumladan, hujayralarda hayotiy muhim jarayonlarni tartibga soluvchi fermentlar) hosil bo‘lishini induktsiyalaydi. Oqsil almashinuvi plazmadagi globulinlar miqdorini kamaytiradi, jigar va buyraklarda albuminlar sintezini oshiradi (albumin/globulin koeffitsientining oshishi bilan); mushak to‘qimasida oqsil sintezi pasayadi va katabolizmi kuchayadi. Lipid almashinuvi yuqori yog‘ kislotalari va triglitseridlar sintezini oshiradi, yog‘ni qayta taqsimlaydi (qo‘l-oyoq teri osti yog‘ qatlamidan mobilizatsiya va yog‘ning asosan yelka kamari, yuz, qorin sohasida to‘planishi), giperkolesterinemiyaning rivojlanishiga olib keladi. Uglevod almashinuvi me’da-ichak yo‘llaridan uglevodlarning so‘rilishini oshiradi; glyukoza-6-fosfataza faolligini oshiradi (jigardan qonga glyukozaning chiqishini oshiradi); fosfoenolpiruvatkarboksilaza faolligini va aminotransferazalar sintezini oshiradi (glyukoneogenezni faollashtiradi); giperglikemiyaning rivojlanishiga yordam beradi. Suv-elektrolit almashinuvi Na+ va suvni organizmda ushlab turadi, K+ chiqarilishini rag‘batlantiradi (mineralokortikoid faollik), me’da-ichak yo‘llaridan Ca2+ so‘rilishini kamaytiradi, suyaklardan kalsiyning “yuvilishi” va uning buyrak orqali chiqarilishini oshiradi, suyak to‘qimasining mineralizatsiyasini pasaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta’siri eozinofillar va tukli hujayralardan yallig‘lanish mediatorlarining ajralishini bostirishi bilan bog‘liq; lipokortinlar hosil bo‘lishini induktsiyalashi va tukli hujayralar sonini kamaytirishi (ular gialuron kislotasini ishlab chiqaradi); kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirishi; hujayra membranalarini (ayniqsa, lizosomal) va organoidlar membranalarini barqarorlashtirishi. Yallig‘lanish jarayonining barcha bosqichlariga ta’sir qiladi – prostaglandinlar (Pg) sintezini araxidon kislotasi darajasida ingibitsiyalaydi (lipokortin fosfolipaza A2 ni bostiradi, araxidon kislotasining ajralishini to‘xtatadi va endoperoksidlar, leyotrienlar biosintezini ingibitsiyalaydi, ular yallig‘lanish, allergiya va boshqalar jarayonlariga yordam beradi), “proyallig‘lanish sitokinlari” (interleykin 1, o‘sma nekrozi omili alfa va boshqalar) sintezini bostiradi; hujayra membranasining turli zararli omillarga nisbatan barqarorligini oshiradi. Immunodepressiv ta’siri limfoid to‘qimaning involyutsiyasi, limfotsitlar (ayniqsa, T-limfotsitlar) proliferatsiyasining bostirilishi, B-hujayralarning migratsiyasi va T- hamda B-limfotsitlarning o‘zaro ta’sirini bostirishi, limfotsitlar va makrofaglardan sitokinlar (interleykin-1, 2; gamma-interferon) ajralishini to‘xtatishi va antitanalar hosil bo‘lishini kamaytirishi bilan bog‘liq. Allergiyaga qarshi ta’siri allergiya mediatorlari sintezi va sekretsiyasining kamayishi, sensibilizatsiyalangan tukli hujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik faol moddalarning ajralishini to‘xtatishi, aylanib yuruvchi bazofillar sonining kamayishi, limfoid va biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishini bostirishi, T- va B-limfotsitlar, tukli hujayralar sonining kamayishi, effektor hujayralarning allergiya mediatorlariga sezuvchanligini pasaytirishi, antitana hosil bo‘lishini bostirishi, organizmning immun javobini o‘zgartirishi natijasida rivojlanadi. Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida ta’siri asosan yallig‘lanish jarayonlarini bostirish, shilliq qavatlarning shishishini oldini olish yoki kamaytirish, bronxlar epiteliyining shilliq osti qatlamida eozinofillar infiltratsiyasini kamaytirish va bronxlar shilliq qavatida aylanib yuruvchi immun komplekslar to‘planishini kamaytirish, shuningdek, shilliq qavatning eroziyalanishi va deskvamasiyasini to‘xtatish bilan bog‘liq. Kichik va o‘rta kalibrli bronxlarning beta-adrenoretseptorlarining endogen katexolaminlar va ekzogen simpatomimetiklarga sezuvchanligini oshiradi, shilliq ishlab chiqarilishini kamaytirish hisobiga uning quyuqligini pasaytiradi. Yallig‘lanish jarayonida biriktiruvchi to‘qima reaksiyalarini to‘xtatadi va chandiq to‘qima hosil bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. AKTG sintezi va sekretsiyasini, ikkilamchi tarzda esa endogen GKS sintezini bostiradi. Ta’sirining o‘ziga xosligi – gipofiz funksiyasining sezilarli darajada ingibitsiyalanishi va deyarli mineralokortikosteroid faollikning yo‘qligi. 1–1,5 mg/kun dozalar buyrak usti bezi po‘stlog‘i funksiyasini bostiradi; biologik yarim chiqarilish davri – 32–72 soat (gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi po‘stlog‘i tizimining bostirilish davomiyligi). Glyukokortikoid faolligi bo‘yicha 0,5 mg deksametazon taxminan 3,5 mg prednizon (yoki prednizolon), 15 mg gidrokortizon yoki 17,5 mg kortizonga mos keladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Дексаметазон 0,0005 №50 работает отлично. Рекомендую этот магазин.
    05 August 2024
    0
    0
  • Saida
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Быстрая доставка от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico