Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Bisoprol 5 mg № 30
Bisoprol 5 mg № 30
Ishlab chiqaruvchi: Фармак
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
33 291 so'm 41 100 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari bisoprol 5 mg № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    5 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada faol modda bisoprolol fumarati 100% modda hisobida 2,5 mg, 5 mg, 10 mg; yordamchi moddalari 2,5 mg tabletkada mikrokristallik tsellyuloza (102), kalsiy gidrofosfat suvdan holi, krosprovidon, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, magniy stearat; 5 mg va 10 mg tabletkalarda laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza (102), kalsiy gidrofosfat suvdan holi, krosprovidon, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, sariq zakat FCF (E 110) LAKE, magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    - Arterial gipertenziya; - ishemik yurak kasalligi (stenokardiya); - surunkali yurak yetishmovchiligi. Qo‘llash usuli Preparat ertalab, chaynalmay, ovqat qabul qilishdan qat’i nazar, oz miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Arterial gipertenziya va barqaror stenokardiyani davolash. Arterial gipertenziya va barqaror stenokardiyada boshlang‘ich doza sutkada 2,5-5 mg, o‘rtacha sutkalik doza – 5-10 mg, maksimal sutkalik doza – 20 mg. Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash. Surunkali yurak yetishmovchiligida preparat o‘rtacha va og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan, sistolik funksiyasi pasaygan (ejeksion fraksiya ≤ 35 % ekokardiografiya ma’lumotlariga ko‘ra) bemorlarga, so‘nggi olti hafta davomida kasallik zo‘rayishisiz barqaror holatda bo‘lganlarga buyuriladi. Boshlang‘ich doza birinchi hafta davomida kuniga bir marta 1,25 mg (bunday dozalash imkonini beruvchi bisoprolol preparatlari qo‘llaniladi). Qabul qilishning 2-haftasida 2,5 mg kuniga buyuriladi. 3-haftada davolash doza 3,75 mg kuniga (bunday dozalash imkonini beruvchi bisoprolol preparatlari qo‘llaniladi). 4-haftadan 8-haftagacha 5 mg buyuriladi. So‘ng doza 7,5 mg gacha oshiriladi (8-haftadan 12-haftagacha). 12-haftadan keyin maksimal sutkalik doza – 10 mg buyuriladi. Preparat dozasini oshirish yurak urish tezligi, arterial bosim, bemorning umumiy holati ko‘rsatkichlariga qarab tartibga solinadi. Maksimal doza – 10 mg sutkada. Bisoprol surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitori, diuretik va yurak glikozidi bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Davolashni 1,25 mg doza bilan boshlagan bemor surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lsa, 4 soat davomida kuzatuvda bo‘lishi kerak (arterial bosim, yurak urish tezligi, o‘tkazuvchanlik buzilishi, yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi); zarur bo‘lsa, preparat bekor qilinadi. Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar. Jigar yoki buyrak funksiyasi yengil yoki o‘rta darajada buzilgan bemorlarda doza tanlash odatda talab qilinmaydi. Buyrak funksiyasi ancha pasaygan (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam) va jigar funksiyasi og‘ir darajada buzilgan bemorlarda doza 10 mg dan oshmasligi kerak. Doza individual tanlanadi. Davolash kursi uzoq muddatli va kasallikning xususiyati va kechishiga bog‘liq. Kursni sekin-asta, dozani bosqichma-bosqich kamaytirib tugatish kerak. Davolashni to‘satdan to‘xtatib bo‘lmaydi!
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - Yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya bosqichi; - kardiogen shok; - atrioventrikulyar blokada II va III daraja; - sinus tugunining zaiflik sindromi; - yaqqol sinoatriyal blokada; - simptomatik bradikardiya (yurak urish tezligi daqiqasiga 50 martadan kam); - simptomatik arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 90 mm simob ustunidan past); - bronxial astmaning og'ir kechishi va nafas yo'llarining boshqa obstruktiv kasalliklari; - periferik qon aylanishining kech bosqichdagi buzilishi, Reyno kasalligi; - davolanmagan feoxromotsitoma; - metabolik atsidoz; - MAO ingibitorlarini (MAO B tipidan tashqari) bir vaqtda qabul qilish; - psoriaz (shu jumladan oilaviy anamnezda); - homiladorlik, emizish davri; - bolalar yoshi; - preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dori vositalari o'zaro ta'siri Kalsiy kanallari blokatorlari (digidropiridin hosilalari) Bisoprolning gipotenziya ta'sirini kuchaytiradi. β-retseptor blokatorlari bilan birga qo'llanganda gipoglikemiya simptomlari yashirin bo'lishi mumkin. Verapamil, diltiazem, klonidin, metildopa, moksinidin, rezerpin bilan birga qo'llanganda bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki kuchayishi, arterial bosimning pasayishi mumkin. Bisoprolni antiaritmik vositalar (fenitoin, dizopiramid, lidokain, flekainid, amiodaron) bilan birga qo'llashda o'tkazuvchanlik buzilishi va salbiy inotrop ta'sir yuzaga kelishi mumkin. Parasimpatomimetik preparatlar bilan birga qo'llanganda atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik vaqti oshishi va bradikardiya rivojlanish xavfi ortadi. Bisoprol va β-blokatorlar (glaukoma davolash uchun ko'z tomchilarida mavjud bo'lganlar) birga qo'llanganda bisoprolol ta'siri kuchayadi. Insulin va og'iz orqali qabul qilinadigan antidiyabetik preparatlar bilan birga qo'llanganda gipoglikemiya rivojlanish xavfi ortadi. Anesteziya vositalari bilan birga qo'llanganda aritmiya va miokard ishemiyasi rivojlanish xavfi ortadi. Yurak glikozidlari (naparstyan preparatlari) bilan birga qo'llanganda yurak urish tezligi pasayishi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik buzilishi mumkin. Bisoprololning gipotenziya effekti nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan birga qo'llanganda susayadi. β-simpatomimetiklar (dobutamin, ortsiprenalin) bilan birga qo'llanganda har ikkala vosita ta'siri pasayadi. α- va β-adrenoretseptorlarni faollashtiruvchi simpatomimetiklar (adrenalin, noradrenalin) arterial bosimni oshiradi va intermitent klaudikatsiya belgilarini kuchaytiradi. Trisiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar gipotenziya ta'sirini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari bilan birga qo'llanganda (MAO B tipidan tashqari) preparatning gipotenziya ta'siri kuchayadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo'ya ta'sirlar uchrashish tezligiga ko'ra quyidagi toifalarga ajratiladi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), ba'zan (>1/1000 va <1/100), kamdan-kam (>1/10000 va <1/1000), juda kamdan-kam (<1/10000). Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh aylanishi, bosh og'rig'i (asosan davolash boshida, odatda yengil ifodalangan va 1-2 hafta davomida o'tib ketadi); ba'zan – uyqu buzilishi, depressiya; kamdan-kam – gallyutsinatsiyalar, paresteziya. Ko'z organi tomonidan kamdan-kam – ko'rish buzilishi, ko'z yoshlanishining kamayishi (kontakt linzalar taqishda hisobga olish kerak); juda kamdan-kam – kon'yunktivit. Eshitish organi tomonidan kamdan-kam – eshitish buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda tez-tez – bradikardiya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda); tez-tez – qo'llar va oyoqlarda sovuqlik yoki uvishish hissi, yurak yetishmovchiligi kechishining yomonlashuvi belgilari davolash boshida (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda); ba'zan – atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik buzilishi (arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarda), ortostatik gipotenziya. Nafas olish tizimi tomonidan ba'zan – bronxospazm bronxial astma anamnezida va surunkali obstruktiv nafas yo'llari kasalliklari bo'lgan bemorlarda; kamdan-kam – allergik rinit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat. Gepatobiliar tizimi tomonidan – jigar fermentlari faolligining oshishi (AST, ALT) qon plazmasida, gepatit. Terining va suyak-mushak tizimi tomonidan ba'zan – mushak zaifligi, tutqanoq; kamdan-kam – gipersensitivlik reaksiyalari (qichishish, terlashning kuchayishi, toshma); juda kamdan-kam – soch to'kilishi, β-retseptor blokatorlari bilan davolashda psoriaz bilan kasallangan bemorlarda psoriatik toshma ko'rinishida kasallikning yomonlashuvi kuzatilishi mumkin. Endokrin tizimi tomonidan kamdan-kam – metabolizm buzilishi (qonda triglitseridlar darajasining oshishi). Siydik-jinsiy tizimi tomonidan kamdan-kam – potensiya buzilishi. Umumiy buzilishlar tez-tez – astenya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda), charchoqlikning oshishi (asosan davolash boshida, odatda yengil ifodalangan va 1-2 hafta davomida o'tib ketadi); ba'zan – astenya (arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarda).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Selektiv β1-adrenoblokator. Terapevtik dozalarda qo‘llanganda ichki simpatomimetik faollikka va klinik jihatdan ifodalangan membranostabilizatsion xususiyatlarga ega emas. Antianginal ta’sir ko‘rsatadi – yurak mushaklarining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini yurak urish tezligi va yurak chiqishi kamayishi hamda arterial bosim pasayishi hisobiga kamaytiradi, diastolik bosimning kamayishi va diastolaning uzayishi hisobiga miokardni kislorod bilan ta’minlanishini oshiradi. Gipotenziya ta’siri yurak chiqishi kamayishi, buyraklarda renin sekretsiyasining tormozlanishi, shuningdek, aorta yoyining va karotid sinusi baroretseptorlariga ta’siri bilan bog‘liq. Bisoprololni uzoq muddat qo‘llashda, birinchi navbatda, oshgan periferik tomir qarshiligi kamayadi. Surunkali yurak yetishmovchiligida vosita faollashgan simpatoadrenal va renin-angiotenzin-aldosteron tizimini bostiradi. Bisoprolol bronx va tomirlarning silliq mushaklaridagi, shuningdek, endokrin tizimdagi β2-retseptorlarga juda past affinitetga ega. Preparat faqat ayrim hollarda bronx va periferik arteriyalarning silliq mushaklariga, shuningdek, glyukoza almashinuviga ta’sir qilishi mumkin. Bir martalik qo‘llashda bisoprolol ta’siri 24 soat davom etadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Davolashni to‘satdan to‘xtatib bo‘lmaydi, kursni sekin, dozaning bosqichma-bosqich kamaytirilishi bilan yakunlash kerak. Preparatni quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim: - qandli diabetda qonda glyukoza darajasining keskin o‘zgarishi bilan, chunki gipoglikemiya simptomlari yashirin bo‘lishi mumkin (masalan, taxikardiya, yurak urishini sezish, terlashning ortishi); - qat’iy dieta; - desensibilizatsiya terapiyasi; - atrioventrikulyar blokada I daraja; - Printzmetal stenokardiyasi; - periferik qon aylanishining buzilishi (davolash boshida, ayniqsa, shikoyatlarning kuchayishi mumkin). Davolashni boshlashdan oldin bronxial astma anamnezida bo‘lgan bemorlarda tashqi nafas olish funksiyalarini tekshirish tavsiya etiladi. Agar umumiy anesteziya bilan operatsiya rejalashtirilgan bo‘lsa, β-adrenoretseptorlar blokatorlarini qabul qilayotganlik haqida shifokor-anesteziologga albatta xabar berish zarur. β-adrenoretseptorlar blokatorlarini jarrohlik aralashuvlari vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi, bu aritmiyalar va miokard ishemiyasi xavfini oshirishi mumkin. Dozani bosqichma-bosqich kamaytirish va preparatni umumiy anesteziyadan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Preparatni feoxromotsitomali bemorlarga, agar oldindan samarali α-adrenoblokada erishilmagan bo‘lsa, qo‘llash mumkin emas. Tireotoksikoz simptomlari preparat qabul qilinayotganda niqoblanishi mumkin. Davolash davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas. Preparat tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun galaktozani kam uchraydigan irsiy intoleransiyasi, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlar preparatni qo‘llamasliklari kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar Preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanilmaydi, chunki preparatning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Ayrim hollarda davolash boshida va preparatni almashtirishda avtomobil yoki murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlari: bradikardiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, bronxospazm, gipoglikemiya. Davolash: preparatni bekor qilish, oshqozonni yuvish va faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Zarur bo‘lsa – simptomatik davolash. Bradikardiyada atropinni vena ichiga yuborish. Arterial gipotenziyada tomirlarni toraytiruvchi preparatlar qabul qilish, glyukagon vena ichiga yuborish. II va III darajali atrioventrikulyar blokadada orciprenalinni infuzion yuborish; zarur bo‘lsa – kardiostimulyatsiya. Yurak yetishmovchiligi holatining yomonlashuvida diuretik vositalarni vena ichiga yuborish. Bronxospazmda bronxolitik preparatlar (masalan, orciprenalin), β2-adrenomimetiklar va/yoki eufillin. Gipoglikemiyada glyukozani vena ichiga yuborish.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Kalsiy kanali blokatorlari (digidropiridin hosilalari) Bisoprolning gipotenziya ta’sirini kuchaytiradi. β-retseptorlar blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipoglikemiya simptomlari yashirin bo‘lishi mumkin. Verapamil, diltiazem, klonidin, metildopa, moksinidin, rezerpin bilan bir vaqtda qo‘llanganda bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki kuchayishi, arterial bosimning pasayishi mumkin. Bisoprol antiaritmik vositalar (fenitoin, dizopiramid, lidokain, flekainid, amiodaron) bilan qo‘llanganda o‘tkazuvchanlik buzilishi va salbiy inotrop ta’sir yuzaga kelishi mumkin. Parasimpatomimetik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqti oshishi va bradikardiya rivojlanish xavfi ortadi. Bisoprol va β-blokatorlar (glaukoma davolash uchun ko‘z tomchilarida mavjud bo‘lganlar) birga qo‘llanganda bisoprolol ta’siri kuchayishi mumkin. Insulin va peroral qabul qilinadigan antidiyabetik preparatlar bilan birga qo‘llanganda gipoglikemiya rivojlanish xavfi ortadi. Anesteziya vositalari bilan birga qo‘llanganda aritmiya va miokard ishemiyasi rivojlanish xavfi ortadi. Yurak glikozidlari (naparstyan preparatlari) bilan birga qo‘llanganda yurak urish tezligi pasayishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik buzilishi mumkin. Bisoprololning gipotenziya effekti nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llanganda susayadi. β-simpatomimetiklar (dobutamin, ortsiprenalin) bilan birga qo‘llanganda har ikkala vositaning ta’siri pasayadi. α- va β-adrenoretseptorlarni faollashtiruvchi simpatomimetiklar (adrenalin, noradrenalin) arterial bosimni oshiradi va oraliq xromota belgilarini kuchaytiradi. Trisiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar gipotenziya effektini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda (MAO B tipidan tashqari) preparatning gipotenziya effekti kuchayadi (qarang bo‘lim «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar»). 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Anvar
    ico ico ico ico ico
    Быстрая доставка и качественный товар. Спасибо за хорошее обслуживание.
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnora
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка. Рекомендую магазин Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico