Maxsus ko'rsatmalar
Kortikosteroidlarning epidural inyeksiyasidan so‘ng ba’zi hollarda o‘lim bilan yakunlangan jiddiy nevrologik buzilishlar haqida xabarlar bo‘lgan. Boshqa buzilishlar qatorida orqa miya infarkti, paraplegiya, kvadriplegiya, kortikal ko‘rlik va insult haqida xabarlar mavjud. Ushbu jiddiy nevrologik buzilishlar rentgenoskopiya bilan va usiz kuzatilgan. Epidural yuborishning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmaganligi sababli, kortikosteroidlar epidural qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi.
Betaspan® Depo suspenziyasi tomir ichiga yoki teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
Dorini qo‘llashda aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish shart.
Dorini har qanday yuborish usuli (yumshoq to‘qimalarga, shikastlanish o‘chog‘iga, bo‘g‘im ichiga va h.k.) bir vaqtning o‘zida aniq mahalliy ta’sir bilan tizimli ta’sirga olib kelishi mumkin.
Doimiy qo‘llashda (juda yuqori dozalarda, qisqa muddatli qo‘llashdan so‘ng) yoki kortikosteroidlarga ehtiyoj oshganda (stress: infeksiya, jarohat, jarrohlik aralashuvi) preparatni to‘satdan bekor qilish yoki dozasini kamaytirish buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligini kuchaytirishi mumkin. Bunday hollarda doza asta-sekin kamaytirilishi kerak. Stress holatida ba’zan kortikosteroidlarni qayta qabul qilish yoki dozasini oshirish zarur bo‘ladi. Dozani kamaytirish qat’iy tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak va ba’zan uzoq muddatli davolash yoki yuqori dozalardan so‘ng bemorning holatini bir yilgacha nazorat qilish talab etiladi.
Parenteral kortikosteroid yuborilgan bemorlarda juda kam hollarda anafilaktoid reaksiyalar kuzatilgan; shuning uchun dori vositasini yuborishdan oldin, ayniqsa bemorda preparat tarkibidagi biror komponentga allergiya bo‘lsa, mos ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.
Uzok muddatli kortikosteroid terapiyasida parenteral yuborishdan peroral yuborishga o‘tish mumkin bo‘lgan foyda va xavf baholanganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Mushak ichiga inyeksiyalarni glukokortikosteroidlarni to‘qimalar atrofiyasini oldini olish uchun chuqur mushakka yuborish zarur.
Bo‘g‘im ichiga inyeksiyalarni faqat tibbiy xodimlar amalga oshirishi kerak. Septik jarayonni istisno qilish uchun bo‘g‘im ichki suyuqligini tahlil qilish lozim. Bo‘g‘im ichki infeksiyada preparatni yuborish mumkin emas. Og‘riqning kuchayishi, shish, atrof to‘qimalar haroratining oshishi va bo‘g‘im harakatchanligining yanada cheklanishi septik artritdan dalolat beradi. Tashxis tasdiqlansa, antibakterial terapiya buyuriladi.
Glukokortikosteroidlarni beqaror bo‘g‘imga, infeksiyalangan sohalarga va orqa umurtqa oraliqlariga yuborish mumkin emas. Osteoartritda bo‘g‘imga takroriy inyeksiyalar bo‘g‘imning yemirilish xavfini oshirishi mumkin. Kortikosteroidlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri paylarga yuborishdan saqlanish kerak, chunki keyinchalik kichik yorilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bo‘g‘im ichki terapiyasi muvaffaqiyatli o‘tgach, bemor bo‘g‘imga ortiqcha yuklamaslik kerak.
Kortikosteroidni yumshoq to‘qimaga yoki shikastlanish o‘chog‘iga va bo‘g‘im atrofida yuborish tizimli va mahalliy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Maxsus bemor guruhlari
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga betametazon faqat qisqa muddat davomida va qat’iy tibbiy nazorat ostida, uning glukokortikoid xususiyatlarini (oqsillarni glyukozaga aylantirish) hisobga olgan holda qo‘llanilishi mumkin.
Gipotiroidizm yoki jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda glukokortikosteroidlarning ta’siri kuchayishi kuzatiladi. Betaspan® Depo preparatini ko‘zning gerpetik shikastlanishida (rog‘ovkaning teshilishi ehtimoli tufayli) qo‘llashdan saqlanish kerak.
Preparatni qo‘llash fonida ruhiy buzilishlar (ayniqsa emotsional beqarorlik yoki psixozga moyillik bo‘lgan bemorlarda) kuzatilishi mumkin.
Quyidagi hollarda ehtiyot choralarini ko‘rish zarur: noaniq yarali kolitda, teshilish xavfi bo‘lsa, abstsess yoki boshqa piojen infeksiyalarda; divertikulitda; ichak anastomozlarida; me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasida; buyrak yetishmovchiligida; arterial gipertenziyada; osteoporozda; og‘ir miasteniya; glaukoma; o‘tkir psixozlar; virusli va bakterial infeksiyalar; o‘sishning sekinlashuvi; sil; Kushing sindromi; diabet; yurak yetishmovchiligi; davolashga qiyin bo‘lgan epilepsiya; tromboemboliyaga yoki tromboflebitga moyillik; homiladorlik davrida.
Glukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan bemorlarga chechakka qarshi emlash o‘tkazilmasligi kerak. Kortikosteroidlar (ayniqsa yuqori dozalarda) qabul qilayotgan bemorlarga boshqa immunizatsiya o‘tkazilmasligi kerak, chunki nevrologik asoratlar rivojlanishi va immun javobning pastligi (antitanachalar hosil bo‘lmasligi) xavfi mavjud. O‘rnini bosuvchi terapiyada (masalan, Addisson kasalligida) immunizatsiya mumkin.
Betaspan® Depo immunitetni susaytiruvchi dozalarda qabul qilayotgan bemorlar, ayniqsa bolalar, suvchechak va qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqadan saqlanishi kerak.
Kortikosteroidlar ba’zi infeksion kasallik belgilarini yashirishi mumkin. Qo‘llash davrida rezistentlikning pasayishi tufayli yangi infeksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Faol silda preparatni buyurish faqat tez rivojlovchi yoki dissemine silda, yetarli antituberkulyoz terapiya bilan birga mumkin. Agar kortikosteroidlar latent sil bilan kasallangan yoki tuberkulinga reaksiya qiluvchi bemorlarga buyurilsa, kasallik qaytalanishi mumkinligi sababli maxsus nazorat zarur. Uzok muddatli kortikosteroid terapiyasida bemorlar kimyoviy profilaktika ham olishi kerak. Agar kimyoviy profilaktika dasturida rifampitsin qo‘llansa, rifampitsin preparatning metabolizmini kuchaytirishi mumkinligi sababli kortikosteroidlar dozasini tuzatish zarur bo‘lishi mumkin.
Glukokortikosteroidlarni uzoq muddat qo‘llash orqa subkapsulyar katarakta (ayniqsa bolalarda), ko‘ruv nervi shikastlanishi mumkin bo‘lgan glaukoma va ko‘zning ikkilamchi infeksiyasi (zamburug‘li yoki virusli) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Betaspan® Depo ni olti haftadan ortiq qabul qilayotgan bemorlar, ayniqsa, muntazam oftalmologik tekshiruvdan o‘tishi kerak.
O‘rtacha va yuqori dozalardagi kortikosteroidlar arterial bosimning oshishi, to‘qimalarda suyuqlik va natriyning ushlanishi va kaliy chiqarilishining oshishiga olib kelishi mumkin (bu shish, yurak faoliyati buzilishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin). Tuzni cheklash va kaliy saqlovchi preparatlarni qo‘shimcha qabul qilish tavsiya etiladi.
Gipoprotrombinemiyada preparat bilan birga atsetilsalitsil kislotani ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak, chunki qon ketish xavfi oshishi mumkin.
Shuningdek, terapiya tugaganidan keyin bir necha oy davomida buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining ikkilamchi yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Glukokortikosteroidlarni qo‘llashda spermatozoidlar harakatchanligi va soni o‘zgarishi mumkin.
Ushbu dori vositasi 1 mmol (23 mg) dan kam natriy/dosani o‘z ichiga oladi, ya’ni deyarli natriydan xoli.
Yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat allergik reaksiyalar (ehtimol, kechikkan) va ayrim hollarda bronxospazm chaqirishi mumkin.
Nomutanosiblik.
Preparatni bir shpritsda mahalliy anestetiklar bilan aralashtirish mumkin, mosligini har doim nazorat qilish zarur.
Pediatriyada qo‘llash
Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli klinik ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun uni ushbu yosh toifasidagi bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi (o‘sishda orqada qolish va buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining ikkilamchi yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
Homilador, emizikli ayollar va reproduktiv yoshdagi ayollarda preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha nazoratli tadqiqotlar yo‘qligi sababli, preparatni buyurishdan oldin ona uchun foyda va homila/bola uchun potentsial xavf nisbati sinchiklab baholanishi kerak.
Ba’zi hollarda homiladorlik davrida kortikosteroidlar bilan davolash kursini o‘tkazish yoki dozasini oshirish zarur bo‘lishi mumkin (masalan, o‘rnini bosuvchi terapiyada).
Betametazon mushak ichiga yuborilganda, agar preparat tug‘ruqdan 24 soatdan ko‘proq oldin (homiladorlikning 32-haftasigacha) yuborilsa, homilada dispnoe chastotasini sezilarli kamaytiradi.
Kortikosteroidlarni tug‘ilganidan keyin giialin membranalar kasalligini davolash uchun buyurish mumkin emas.
Giialin membranalar kasalligini oldini olish uchun muddatidan oldin tug‘ilganlarda profilaktik davolashda preeklampsiya va eklampsiya bo‘lgan yoki platsenta shikastlanishi bo‘lgan homilador ayollarga kortikosteroidlarni yuborish kerak emas.
Homiladorlik davrida katta dozalarda kortikosteroidlar yuborilgan onalardan tug‘ilgan bolalar tibbiy nazorat ostida bo‘lishi kerak (buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligi belgilarini erta aniqlash uchun).
Kortikosteroidlar platsentar to‘siqdan va ona suti orqali o‘tadi.
Kortikosteroidlar platsentadan o‘tganligi sababli, homiladorlikning ko‘p qismida yoki ma’lum bir qismida kortikosteroidlar olgan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilganlar va chaqaloqlar tug‘ma katarakta ehtimoli borligi uchun diqqat bilan tekshirilishi kerak.
Betaspan® Depo preparatini laktatsiya davrida buyurish zarur bo‘lsa, terapiyaning ona uchun ahamiyatini hisobga olgan holda, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak (bolalarda nojo‘ya ta’sirlar ehtimoli tufayli).
Homiladorlik davrida kortikosteroidlar olgan ayollar tug‘ruq vaqtida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligi aniqlanishi uchun kuzatuvda bo‘lishi kerak, chunki bola tug‘ilishi bilan bog‘liq stress sababli.
Dori vositasining transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari
Odatda Betaspan® Depo bemorning transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezligiga ta’sir qilmaydi.
Biroq, ayrim hollarda mushak zaifligi, tutqanoq, ko‘rish buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kayfiyat o‘zgarishi, depressiya (aniq psixotik reaksiyalar bilan), asabiylik oshishi mumkin, shuning uchun preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.