Farmakologik xususiyatlari
So‘rilishi Kattalarda aqliklovirning maksimal muvozanat konsentrasiyalari (Cssmax) bir soatlik infuziyadan so‘ng 2,5 mg/kg, 5 mg/kg, 10 mg/kg va 15 mg/kg dozalarida mos ravishda 22,7 mkmol/l (5,1 mkg/ml); 43,6 mkmol/l (9,8 mkg/ml); 92 mkmol/l (20,7 mkg/ml) va 105 mkmol/l (23,6 mkg/ml) ni tashkil qilgan. Infuziyadan 7 soat o‘tib plazmadagi aqliklovirning minimal muvozanat konsentrasiyalari (Cssmin) mos ravishda 2,2 mkmol/l (0,5 mkg/ml); 3,1 mkmol/l (0,7 mkg/ml); 10,2 mkmol/l (2,3 mkg/ml) va 8,8 mkmol/l (2,0 mkg/ml) ni tashkil qilgan. 1 yoshdan katta bolalarda 250 mg/m2 (kattalar uchun 5 mg/kg ga ekvivalent) va 500 mg/m2 (kattalar uchun 10 mg/kg ga ekvivalent) dozada kiritilganda o‘xshash Cssmax va Cssmin kuzatilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (0 dan 3 oygacha), aqliklovir 10 mg/kg dozada har 8 soatda bir soatdan ko‘proq davomida infuziya qilinganida, Cssmax 61,2 mkmol/l (13,8 mkg/ml), Cssmin esa 10,1 mkmol/l (2,3 mkg/ml) ni tashkil qilgan. Taqqoslanishi Aqliklovirning orqa miya suyuqligidagi konsentratsiyasi plazmadagi konsentratsiyasining taxminan 50 % ini tashkil qiladi. Aqliklovir plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada (9 - 33 %) bog‘lanadi, shuning uchun plazma oqsillari bilan bog‘lanish joylaridan siqib chiqarilish natijasida dori vositalari o‘zaro ta’siri ehtimoli kam. Chiqarilishi Kattalarda aqliklovir tomir ichiga yuborilgandan so‘ng plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 2,9 soatni tashkil qiladi. Aqliklovirning asosiy qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Aqliklovirning buyrak klirensi kreatinin klirensidan ancha yuqori, bu aqliklovirning nafaqat glomerulyar filtrlatsiya, balki kanalchalar sekretsiyasi orqali ham chiqarilishini ko‘rsatadi. Aqliklovirning asosiy metaboliti 9-karboksimetoksimetilguanindir, siydikda uning ulushi preparatning yuborilgan dozasining taxminan 10 – 15 % ini tashkil qiladi. Aqliklovir 1 g probenetsid qabul qilingandan 1 soat o‘tib buyurilganda, aqliklovirning yarim chiqarilish davri va AUC ("konsentratsiya - vaqt" egri chizig‘i ostidagi maydon) mos ravishda 18 va 40 % ga oshgan. Maxsus bemor guruhlari Qariyalarda aqliklovir klirensi yosh o‘tishi bilan kreatinin klirensining kamayishi bilan parallel ravishda kamayadi, biroq aqliklovirning yarim chiqarilish davri sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda aqliklovirning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 19,5 soatni tashkil qilgan, gemodializ o‘tkazilganda aqliklovirning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 5,7 soatni tashkil qilgan va plazmadagi aqliklovir konsentratsiyasi taxminan 60 % ga kamaygan. Ta’sir mexanizmi Aqliklovir - bu purin nukleozidining sintetik analogi bo‘lib, in vitro va in vivo sharoitda inson gerpes viruslarini, jumladan oddiy gerpes virusi (OGV) 1- va 2-tiplari, suvchechak va toshmali gerpes virusi (VZV), Epshteyn-Barr virusi (EBV) va sitomegalovirus (CMV) ni ingibitsiyalash qobiliyatiga ega. Hujayra madaniyatida aqliklovir eng yuqori antiviral faollikka OGV-1 ga nisbatan ega, undan keyin faollik kamayish tartibida OGV-2, VZV (varicella-zoster virus), EBV va CMV keladi. Aqliklovirning gerpes viruslariga (OGV-1, OGV-2, VZV, EBV, CMV) ta’siri yuqori selektivlikka ega. Aqliklovir infeksiyalanmagan hujayralarning timidinkinazasi uchun substrat emas, shuning uchun aqliklovir sutemizuvchilar hujayralari uchun kam toksik hisoblanadi. OGV, VZV, EBV va CMV viruslari bilan infeksiyalangan hujayralarning timidinkinazasi aqliklovirni aqliklovirmonofosfatga – nukleozid analogiga aylantiradi, u keyinchalik hujayra fermentlari ta’sirida ketma-ket difosfat va trifosfatga aylanadi. Aqliklovirtrifosfatning virus DNK zanjiriga qo‘shilishi va keyingi zanjirning uzilishi virus DNK sintezining keyingi replikatsiyasini bloklaydi. Kuchli immunodefitsitli bemorlarda aqliklovir bilan uzoq yoki takroriy davolash kurslari rezistent shtammlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun aqliklovir bilan keyingi davolash samarasiz bo‘lishi mumkin. Aqliklovirga sezuvchanligi pasaygan ajratilgan shtammlarning aksariyatida virus timidinkinazasi nisbatan past miqdorda, virus timidinkinazasi yoki DNK-polimerazasi tuzilishining buzilishi aniqlangan.