Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Acyclovir 0.2 No 20
Acyclovir 0.2 No 20
Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

Mavjud
5 544 so'm 5 600 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari acyclovir 0.2 no 20
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    0,2 g
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    20 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada: faol modda: atsiklovir - 0,2 g; yordamchi modda: kartoshka kraxmali, laktoza, magniy stearati.
  • Qo'llanilishi
    teri va shilliq qavatlarining Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarini, shu jumladan ikkilamchi, genital gerpesni davolash; normal immun holatga ega bemorlarda Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan qaytalanuvchi infeksiyalarning zo‘rayishini oldini olish; immunodefitsitli bemorlarda Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarning oldini olish; chuqur immunodefitsitli bemorlarda kompleks terapiya tarkibida: OIV-infeksiyada (OITS bosqichi, erta klinik namoyonlar va to‘liq klinik manzara) va suyak iligi transplantatsiyasidan o‘tgan bemorlarda; Varicella zoster virusi (suvchechak, shuningdek, opoyasyvayushchiy lishay - Herpes zoster) bilan chaqirilgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarni davolash.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Atsiklovir yoki valatsiklovirga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan - Degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi, nevrologik buzilishlar, sitotoksik preparatlar (ular tomir ichiga yuborilganda) reaksiyalari rivojlanish davrida va ularning anamnezda mavjud bo‘lishi, elektrolit buzilishlari, og‘ir gipoksiya, homiladorlik va laktatsiya davrida. - Preparatni buyrak faoliyatini buzadigan preparatlar (masalan, siklosporin, takrolimus) bilan birga qo‘llashda (buyrak faoliyatini nazorat qilish zarur) ehtiyotkorlik talab etiladi. - Atsiklovir va mikofenolat mofetil (immunodepressiv preparat), organ transplantatsiyasida qo‘llaniladigan, birga qo‘llanganda atskilovir va mikofenolat mofetilning nofaol metabolitining qon zardobidagi konsentratsiyasi oshadi. - Homiladorlik. Dori vositalari o‘zaro ta’siri Eritmalarni aralashtirishda tomir ichiga yuboriladigan atskilovirning ishqoriy reaksiyasini (pH 11) hisobga olish zarur. Immunostimulyatorlar bilan bir vaqtda buyurilganda ta’siri kuchayadi. Kanalchalar sekretsiyasi blokatorlari tomir ichiga yuboriladigan atskilovirning kanalchalar sekretsiyasini pasaytiradi, bu esa atskilovirning qon zardobida va orqa miya suyuqligida (OMS) konsentratsiyasining oshishiga, atskilovirning qon va OMSdan chiqarilishining sekinlashishiga (yarim chiqarilish davrining uzayishi), toksik ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Boshqa nefrotoksik dori vositalari atskilovirning nefrotoksik ta’siri xavfini oshiradi. Atsiklovir o‘zgarmagan holda buyraklar orqali faol kanalchalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Xuddi shu yo‘l bilan chiqariladigan barcha preparatlar atskilovirning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Masalan, probenetsid va tsimetidin atskilovirning AUC ni oshiradi va uning buyrak klirensini pasaytiradi. Biroq, atskilovirning keng terapevtik dozalari diapazoni tufayli doza tuzatish talab qilinmaydi. Atsiklovir qabul qilayotgan bemorlarda, chiqarilish yo‘li uchun raqobatlashadigan preparatlar bilan birga buyurilganda, plazmada bir yoki ikkala preparat yoki ularning metabolitlari konsentratsiyasining potensial oshishi sababli ehtiyotkorlik zarur. Atsiklovir va mikofenolat mofetil (immunodepressiv preparat), organ transplantatsiyasida qo‘llaniladigan, birga qo‘llanganda atskilovir va mikofenolat mofetilning nofaol metabolitining AUC ko‘rsatkichi oshadi.
  • Qo'llash usuli
    Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan teri va shilliq qavat infeksiyalarini davolashda, kattalar va 2 yoshdan katta bolalarga preparat 200 mg dan kuniga 5 marta 5 kun davomida, kunduz kuni 4 soatlik va tunda 8 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘irroq holatlarida davolash kursi shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Chuqur immunodefitsitda, shu jumladan OIV-infeksiyaning to‘liq klinik manzarasida (erta klinik namoyonlar va OITS bosqichini o‘z ichiga oladi), suyak iligi transplantatsiyasidan so‘ng kompleks terapiya tarkibida 400 mg dan kuniga 5 marta buyuriladi. Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarning qaytalanishini oldini olish uchun, normal immun holatga ega bemorlarga va kasallik qaytalanganda 200 mg dan kuniga 4 marta har 6 soatda buyuriladi. Herpes simplex virusi I va II tiplari bilan chaqirilgan infeksiyalarning oldini olish uchun, immunodefitsitli kattalar va 2 yoshdan katta bolalarga preparat 200 mg dan kuniga 4 marta har 6 soatda buyurish tavsiya etiladi, maksimal doza – infeksiya og‘irligiga qarab 400 mg atsiklovirga qadar kuniga 5 marta. Varicella zoster virusi bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolashda kattalarga 800 mg dan kuniga 5 marta har 4 soatda kunduz kuni va tunda 8 soatlik interval bilan buyuriladi. Davolash kursi davomiyligi 7-10 kun. 2 yoshdan katta bolalarga 20 mg/kg dan kuniga 4 marta 5 kun davomida buyuriladi, 40 kg dan ortiq vaznga ega bolalarga kattalarga mo‘ljallangan dozada buyuriladi. Herpes zoster virusi bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolashda kattalarga 800 mg dan kuniga 4 marta har 6 soatda 5 kun davomida buyuriladi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda Herpes zoster virusi bilan chaqirilgan infeksiyalarni davolash va oldini olishda, kreatinin klirensi (KK) 10 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarga preparat dozasini 800 mg dan kuniga 2 marta 12 soatlik interval bilan kamaytirish tavsiya etiladi; KK 25 ml/min gacha bo‘lsa, 800 mg dan kuniga 3 marta 8 soatlik interval bilan buyuriladi. Preparat ovqat paytida yoki darhol ovqatdan keyin qabul qilinadi va yetarli miqdorda suv bilan ichiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Quyida keltirilgan nojo‘ya hodisalar anatomik-fiziologik tasnif va uchrash tezligiga qarab sanab o‘tilgan. Uchrash tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), kamdan-kam (>1/1000 va <1/100), kam (>1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000, alohida hollarda ham). Nojo‘ya hodisalar uchrash tezligi Qon va limfa tizimi tomonidan kamdan-kam – shaklli elementlar miqdorining kamayishi (anemiya, leytsitoz, neytropeniya yoki neytrofiloz, trombotsitopeniya yoki trombotsitoz); kam – limfoadenopatiya, DVS-sindrom, gemoliz. Markaziy asab tizimi tomonidan kam – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, ajitatsiya, ongning chalkashishi; juda kam – ko‘rish buzilishi, ataksiya, dizartriya, psixik buzilishlar (jumladan, deliriy), tushkunlik yoki psixoz, ensefalopatiya belgilar (koma, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, tutqanoq, tremor). Yuqorida ko‘rsatilgan hodisalar odatda buyrak funksiyasi buzilgan va boshqa predispozitsiyalovchi omillarga ega bemorlarda kuzatilgan va, odatda, qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan. Nafas olish tizimi tomonidan juda kam – nafas qisishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; kamdan-kam – diareya, qorin og‘rig‘i. Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan tez-tez – “jigar” transaminazalarining faolligi qaytuvchan oshishi; juda kam – bilirubin konsentratsiyasining qaytuvchan oshishi, sariqlik, gepatit. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan tez-tez – qonda mochevina va kreatinin konsentratsiyasining oshishi; kam – gematuriya, giper-kreatininemiya (buyrak kanallari obstruksiyasi bilan bog‘liq), juda kam – buyrak funksiyasi buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak proyeksiyasida og‘riq. Ushbu asoratlar preparatning maksimal plazma konsentratsiyasi va bemorning suv-elektrolit muvozanati holatiga bog‘liq. Bunday hodisalarning oldini olish uchun 1 soat davomida yuborish kerak. Buyrak proyeksiyasida og‘riq buyrak funksiyasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bemorlarning suv-elektrolit muvozanatini saqlash kerak. Atsiklovir preparati bilan davolash davrida rivojlangan buyrak yetishmovchiligi odatda bemorlarni regidratatsiya qilish va/yoki preparat dozasini kamaytirish yoki bekor qilish natijasida tezda bartaraf etiladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligiga o‘tish juda kam hollarda kuzatiladi. Mahalliy reaksiyalar tez-tez – flebit yoki yuborish joyida yallig‘lanish, periferik shishlar, umumiy holsizlik; juda kam – isitma, mahalliy yallig‘lanish reaksiyalari. Anafilaktik reaksiyalar kam – teri allergik reaksiyalari (qichishish, toshma, eshakemi); juda kam – Layell sindromi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, jumladan, Stivens-Djonson sindromi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Virusga qarshi preparat, atsiklik purin nukleozidining sintetik analogi, gerpes viruslariga nisbatan yuqori selektiv ta’sirga ega. Virus bilan infeksiyalangan hujayralarda virusli timidinkinaza ta’sirida atskilovirning ketma-ket monofosfat, difosfat va trifosfat shakllariga aylanish reaksiyalari sodir bo‘ladi. Atsiklovir trifosfat virus DNK zanjiriga qo‘shiladi va uning sintezini virus DNK-polimerazasini raqobatli inhibitsiyalash orqali bloklaydi. In vitro atskilovir oddiy gerpes virusi - Herpes simplex I va II tiplariga, Varicella zoster virusiga nisbatan samarali; Epsteyn-Barr virusini inhibitsiyalash uchun esa yuqoriroq konsentratsiyalar talab qilinadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Atsiklovir platsentar to'siq orqali o'tadi va ko'krak sutida to'planadi. Preparatni homiladorlik davrida qo'llash faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo'lgan potentsial xavfdan ustun bo'lsa mumkin. Laktatsiya davrida atsiklovir qabul qilish zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish talab etiladi. Buyrak yetishmovchiligida Atsiklovir preparati dozalari uning darajasiga muvofiq tuzatilishi kerak, atsiklovirning organizmda to'planishini oldini olish uchun. Gerpetik ensefalitda yuqori dozalarda Atsiklovir preparatini qabul qilayotgan bemorlarda, ayniqsa, buyrak funksiyasi avvaldan buzilgan yoki degidratatsiya mavjud bo'lsa, buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur. Tayyorlangan Atsiklovir preparati eritmasi pH 11,0 ga ega, shuning uchun uni og'iz orqali qabul qilish mumkin emas. Ehtiyot choralari Avtomobil yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Atsiklovir preparati faqat statsionar sharoitda qo'llash uchun mo'ljallangan, shuning uchun preparatning avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas. Preparatni bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llamaslik kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Ацикловир 0,2 №20 оказался эффективным средством от герпеса. Рекомендую этот магазин!
    05 August 2024
    0
    0
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Помог мне быстро избавиться от проблем с кожей. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico