Qo'llash usuli
Kattalar (shu jumladan, keksalar) uchun APRIDA tavsiya etilgan doza 375-750 mg (1,5-3 o'lchov qoshiq, sultamitsillin 250mg/5ml tarkibiga asoslanib) og'iz orqali kuniga ikki marta qabul qilinadi.
Davolash odatda isitma va boshqa patologik simptomlar yo'qolganidan keyin yana 48 soat davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi 5-10 kunni tashkil etadi, infeksiya og'irligiga qarab davolash kursi uzaytirilishi mumkin.
Gemolitik streptokokk chaqirgan har qanday infeksiyada, o'tkir revmatik isitma yoki glomerulonefrit rivojlanishini oldini olish uchun, kamida 10 kun davomida davolash tavsiya etiladi.
Oddiy kechuvchi gonoreyada sultamitsillin 2,25 g (9 o'lchov qoshiq, sultamitsillin 250mg/5ml tarkibiga asoslanib) bir martalik doza buyuriladi.
Gonoreya va sifilis mavjudligiga shubha bo'lsa, sultamitsillin buyurilishidan oldin qorong'u maydonda tekshiruv va 4 oy davomida har oyda serologik testlar o'tkazish zarur.
Maksimal sutkalik doza – 2,25 mg (9 o'lchov qoshiq, sultamitsillin 250mg/5ml tarkibiga asoslanib).
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda qo'llanilishi
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi <30 ml/min) sulbaktam va ampisillin chiqarilishi bir xil darajada buziladi, shuning uchun ularning plazmadagi konsentratsiyasi nisbati o'zgarmaydi. Bunday bemorlarga APRIDA ampisillinni qo'llash amaliyotiga muvofiq kamroq tezlikda buyuriladi.
Bolalarda qo'llanilishi
1 yoshdan katta, tana vazni 30 kg dan kam bo'lgan bolalarda aksariyat infeksiyalarni davolashda APRIDA dozasi infeksiya og'irligi va shifokor tavsiyasiga qarab kuniga 25-50mg/kg ni ikki marta qabul qilish tarzida buyuriladi.
Tana vazni 30 kg va undan ortiq bo'lgan bolalarga preparat kattalar uchun odatdagi dozada – 375-750 mg (1,5-3 o'lchov qoshiq, sultamitsillin 250mg/5ml tarkibiga asoslanib) og'iz orqali kuniga ikki marta buyuriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Tez-tez
- qusish, ishtahani pasayishi, epigastral sohada og'riq, meteorizm, diareya
- uyquchanlik, sedativ ta'sir, charchoq/nodirlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi
- nafas yetishmovchiligi
- allergik reaktsiyalar, anafilaktik shok, anafilaxtoid reaktsiyalar, toshma, qichishish, urtikarija, terining giperemiyasi, dermatit, eritema, angionevrotik shish, rinitt, kon'yunktivit, isitma, artralgiyalar, eozinofiliya, anafilaktik shok
- disuriya, ishuriya
- glossit
- kandidoz
Kamdan-kam
- anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, limfotsitoz
- azotemiya, siydik kislota konsentratsiyasining oshishi, giperkreatinemiya
Juda kam
- psevdomembranoz enterokolit
Ampitsillin qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya ta'sirlar ham kutish mumkin:
- tutqanoqlar
- glossofitiya, glositis, stomatit
- anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombositlarning agregatsiyasining buzilishi
- jigar funksiyasining buzilishi, ALA va AST darajasining o'tkincha oshishi, biliribinemiya, saraton
- eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi
- interstitsial nefrit
Dorilarning o'zaro ta'siri
Probenetsid bilan birgalikda qo'llanilganda, organizmda ampisillin va sulbaktam konsentratsiyalarining uzoq muddatli oshishi, shuningdek, ampisillin va sulbaktamning buyraklar tomonidan chiqarilish darajasining pasayishi yuzaga kelishi mumkin.
Allopurinol bilan birgalikda qo'llanilganda, teri toshmalari paydo bo'lishi ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Dori vositasini aminoglikozidlar - antibiotiklar bilan bir vaqtda tayinlash tavsiya etilmaydi.
Ampsilinning siydikdagi yuqori konsentratsiyalari siydikdagi glyukoza darajasini aniqlashda noto'g'ri ijobiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, homilador ayollarda dori vositasini qo'llashda bog'langan estriol, estriol-glukuronid, bog'langan estron va estradiol darajalarining vaqtincha pasayishi holatlari tasvirlangan.