Maxsus ko'rsatmalar
Jigar funksiyasining yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan bemorlarda fulminant gepatit va og‘ir jigar yetishmovchiligi rivojlanish ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Jigar funksiyasi buzilishi simptomlari, masalan, tez kuchayuvchi asteniya, sariqlik, siydikning qorayishi, qon ketishga moyillik, jigar ensefalopatiyasi mavjud bo‘lsa, azitromitsin bilan davolashni to‘xtatish va jigar funksional holatini tekshirish lozim.
Bubuncha va o‘rtacha buzulgan buyrak funksiyasi (KK >40 ml/min) bo‘lgan bemorlarda azitromitsin bilan davolash ehtiyotkorlik bilan, buyrak funksiyasi holatini nazorat qilgan holda o‘tkazilishi lozim.
Azitromitsin uzoq muddat qo‘llanganda Clostridium difficile sababli soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkin, bu yengil diareyadan og‘ir kolitgacha bo‘lishi mumkin. Azitromitsin qabul qilish fonida yoki davolash tugaganidan 2 oy o‘tgach antibiotik bilan bog‘liq diareya rivojlanganida Clostridium difficile sababli soxta membranoz kolitni istisno qilish lozim.
Makrolidlar, jumladan azitromitsin bilan davolashda yurak repolyarizatsiyasi va QT intervalining uzayishi, bu esa yurak aritmiyalari, jumladan "piruet" tipidagi aritmiya rivojlanish xavfini oshirishi kuzatilgan.
Homiladorlik va emizish davrida
Azitromitsin platsentar to‘siqdan o‘tadi. Homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Emizish davrida azitromitsin qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim.
Pediatriyada qo‘llanilishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda azitromitsinning v/v infuziyalar uchun samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Bolalarda ichga qabul qilish uchun azitromitsin qo‘llanganda dori shaklining bemor yoshiga mosligini qat’iy rioya qilish lozim.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Nerv tizimi va ko‘rish organi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanganda, bemorlar yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan harakatlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Azitromitsin ovqat yoki antatsidlarni qabul qilishdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soat o‘tgach qabul qilinishi lozim.