Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Amlonon 10mg №30
Amlonon 10mg №30
Ishlab chiqaruvchi: Фармак
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari amlonon 10mg №30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada quyidagilar mavjud Faol modda: amlodipin besilati 13,90 mg yoki 6,95 mg (amlodipinga qayta hisoblaganda 10 mg yoki 5 mg); Yordamchi moddalari: Amlonon 10 mg tabletkasi – laktoza monogidrat, kartoshka kraxmal, krosprovidon, kopovidon, kremniy dioksid kolloid anhidrid, magniy stearat; Amlonon 5 mg tabletkasi – laktoza monogidrat, makkajo'xori kraxmal, natriy kroskarmeloza, povidon, kremniy dioksid kolloid anhidrid, magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    • – Arterial gipertenziya. • – Surunkali barqaror stenokardiya. • – Vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    • - Digidropiridinlarga, amlodipingа yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga ma'lum yuqori sezuvchanlik. • - Og'ir darajadagi arterial gipotenziya. • - Shok (shu jumladan, kardiogen shok). • - Chap qorincha chiqaruvchi yo'lining obstruksiyasi (masalan, og'ir darajadagi aorta stenoz). • - O'tkir miokard infarktusidan keyingi gemodinamik jihatdan beqaror yurak yetishmovchiligi. • - 6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
  • Qo'llash usuli
    Kattalar. Arterial gipertenziya va stenokardiyani davolash uchun AmloNon preparatining odatdagi boshlang‘ich dozasi 5 mg amlodipin kuniga 1 marta. Bemorning terapiyaga javobiga qarab, doza maksimal doza bo‘lgan 10 mg kuniga 1 marta gacha oshirilishi mumkin. Stenokardiyali bemorlarga preparatni monoterapiya sifatida yoki boshqa antianginal dori vositalari bilan, nitratlarga va/yoki adekvat dozalardagi beta-blokatorlarga rezistentlikda, birga qo‘llash mumkin. Preparatni arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarga tiazid diuretiklari, alfa-blokatorlar, beta-blokatorlar yoki angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan birga qo‘llash tajribasi mavjud. Tiazid diuretiklari, beta-blokatorlar va angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda doza tanlash zarurati yo‘q. 6 yoshdan boshlab arterial gipertenziyali bolalar. Ushbu toifadagi bemorlar uchun AmloNon preparatining tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 2,5 mg kuniga 1 marta. Agar kerakli arterial bosim darajasi 4 hafta davomida erishilmasa, doza 5 mg kuniga oshirilishi mumkin. Ushbu toifadagi bemorlarda 5 mg dan yuqori dozada preparat qo‘llanilishi o‘rganilmagan. Keksalar. Ushbu toifadagi bemorlar uchun doza tanlash zarurati yo‘q. Dozani oshirish ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlar. Preparatning odatdagi dozalarini qo‘llash tavsiya etiladi, chunki amlodipinning qon plazmasidagi konsentratsiyasi buyrak yetishmovchiligi og‘irlik darajasi bilan bog‘liq emas. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar. Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llash uchun dozalari aniqlanmagan, shuning uchun doza tanlash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi va eng kichik dozadan boshlanishi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qon va limfa tizimi tomonidan. Trombositopeniya, leykoitopeniya. Immun tizimi tomonidan. Allergik reaksiyalar. Metabolizm va ovqatlanish buzilishlari. Giperglikemiya. Psixika tomonidan. Uyqusizlik, kayfiyat o'zgarishi (shu jumladan tashvish), depressiya, ongning chalkashligi. Nerv tizimi tomonidan. Uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i (asosan davolash boshida), charchoq, asteniya, tutqanoq, terlashning kuchayishi, tremor, disgevziya, sinkope, gipesteziya, paresteziya, gipertonus, periferik neyropatiya. Ko'rish organlari tomonidan. Ko'rish buzilishi (shu jumladan diplopiya), ko'z yoshlanishi. Eshitish va labirint organlari tomonidan. Quloqda shovqin. Yurak tomonidan. Yurak urishining kuchayishi, nafas qisishi, ko'krakda og'riq. Boshqa kalsiy antagonistlarini qabul qilish davrida bo'lgani kabi, asosiy kasallikning tabiiy kechishining oqibatlaridan ajratib bo'lmaydigan, miokard infarkti, aritmiya (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo'lmachalar fibrillyatsiyasi), shuningdek, ko'krak orqasidagi og'riq kabi ayrim nojo'ya hodisalar tasvirlangan. Tomirlar tomonidan. Yuzning qizarishi, issiq bosilishlar, arterial gipotenziya, vaskulit, periferik shishlar. Nafas olish, ko'krak va mediastinal buzilishlar. Dispnoe, rinit, yo'tal. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan. Ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, dispepsiya, epigastral sohada noqulaylik, og'iz qurishi, ichak peristaltikasining buzilishi (shu jumladan qabziyat, diareya va meteorizm), pankreatit, gastrit, milk giperplaziyasi. Gepatobiliar tizimi tomonidan. Gepatitlar, sariqlik, jigar fermentlari darajasining oshishi (bu ko'pincha xolestaz bilan bog'liq bo'lgan). Teri va teri osti to'qimalari tomonidan. Angionevrotik shish (Kvinke shishi), toshma, qichishish, ko'p shaklli eritema, eshakemi, alopesiya, purpura, teri rangining o'zgarishi, issiqlik hissi, terlashning kuchayishi, fotosensitivlik, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi. Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan. Boldirlarning shishishi, artralgiya, mialgiya, mushaklarda tutqanoq, orqa og'rig'i. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan. Sutkalik diurezning biroz oshishi, nokturiya, siydik chiqarishning buzilishi, siydik chiqarish chastotasining oshishi. Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan. Ginekomastiya, jinsiy disfunktsiya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holatlar. Shish, charchoq, og'riq, holsizlik, tana vaznining oshishi yoki kamayishi. Preparat bekor qilingandan so'ng nojo'ya ta'sirlar odatda to'liq yo'qoladi. Ekstrapiramidal sindrom rivojlanishining alohida holatlari haqida xabar berilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Amlodipin – kalsiy antagonistlari (digidropiridin hosilasi) bo'lib, u kalsiy ionlarining miokard va silliq mushak hujayralariga kirishini bloklaydi. Amlodipinning gipotenziyalik ta'sir mexanizmi to'g'ridan-to'g'ri qon tomirlarning silliq mushaklariga bo'lgan bo'shashtiruvchi ta'siri bilan bog'liq. Amlodipinning antianginal ta'sirining aniq mexanizmi yetarlicha o'rganilmagan, biroq quyida ko'rsatilgan ta'sirlar muayyan rol o'ynaydi. Amlodipin periferik arteriolalarni kengaytiradi va shu tariqa periferik qarshilikni (postnagruzka) kamaytiradi. Yurak ritmi barqaror bo'lib qolganligi sababli, yurakka tushadigan yukning kamayishi energiya sarfi va miokardning kislorodga bo'lgan ehtiyojining kamayishiga olib keladi. Asosiy koronar arteriyalar va koronar arteriolalarning (normal va ishemiyalangan) kengayishi, ehtimol, amlodipinning ta'sir mexanizmida ham rol o'ynaydi. Bunday kengayish koronar arteriya spazmi bo'lgan bemorlarda (Prinsmetal stenokardiyasi yoki variant stenokardiya) miokardning kislorod bilan to'yinishini oshiradi. Arterial gipertenziyali bemorlarda preparatni kuniga 1 marta qo'llash yotgan va tik turgan holatda 24 soat davomida arterial bosimning klinik ahamiyatli pasayishini ta'minlaydi. Amlodipinning ta'siri sekin boshlanadiganligi sababli, odatda o'tkir arterial gipotenziya kuzatilmaydi. Stenokardiyali bemorlarda preparatning bir kunlik dozasi jismoniy yuklama umumiy vaqtini, stenokardiya boshlanishigacha bo'lgan vaqtni va ST segmentining 1 mm depressiyasigacha bo'lgan vaqtni oshiradi. Preparat stenokardiya xurujlari chastotasini kamaytiradi va nitroglitserin qo'llash zaruratini kamaytiradi. Amlodipin har qanday nojo'ya metabolik ta'sirlar yoki qon plazmasida lipidlar darajasining o'zgarishi bilan bog'liq emas va astma, qandli diabet va podagra bilan kasallangan bemorlarga qo'llanilishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Amloidipinni gipertonik krizda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

    Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar.

    Ushbu toifadagi bemorlarda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. NYHA tasnifi bo‘yicha III va IV sinf og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda uzoq muddatli platsebo-nazoratli tadqiqotda amlodipin qo‘llanganda o‘pka shishi rivojlanish holatlari platsebo bilan solishtirganda yuqori bo‘lgan. Zastoy yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kalsiy kanali blokatorlari, shu jumladan amlodipin, ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki ular kelajakda yurak-qon tomir hodisalari va o‘lim xavfini oshirishi mumkin.

    Jigar faoliyati buzilgan bemorlar.

    Jigar faoliyati buzilgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri va AUC ko‘rsatkichlari yuqori; preparat dozalari bo‘yicha tavsiyalar yo‘q. Shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarda preparatni eng past dozadan boshlash kerak. Preparatni boshlashda ham, dozani oshirishda ham ehtiyotkorlik zarur. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani sekin tanlash va bemor holatini diqqat bilan kuzatish talab qilinadi.

    Keksalar.

    Ushbu toifadagi bemorlarda preparat dozasini oshirishda ehtiyotkorlik zarur.

    Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar.

    Ushbu toifadagi bemorlarda preparatning odatdagi dozalarini qo‘llash mumkin. Qon plazmasida amlodipin konsentratsiyasi o‘zgarishi buyrak faoliyati buzilish darajasi bilan bog‘liq emas. Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.

    Amlodipin laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ta’sir qilmaydi.

    Amlodipinni greyfrut yoki greyfrut sharbati bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ayrim bemorlarda biokirishuvchanlik oshishi mumkin, bu esa preparatning gipotenziya ta’sirini kuchaytiradi.

    Ushbu dori vositasi 1 mmol natriydan kam (23 mg dan kam) natriy saqlaydi, ya’ni, asosan, natriydan xoli.


    Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
    Amlodipinni homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.

    Amlodipinni homiladorlik davrida faqat boshqa xavfsizroq muqobil yo‘q va kasallikning o‘zi bilan bog‘liq xavf davolashning ona va homila uchun mumkin bo‘lgan zarardan yuqori bo‘lsa, qo‘llash tavsiya etiladi.

    Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuqori dozalarda qo‘llanganda reproduktiv toksiklik kuzatilgan.

    Amlodipin emizish davrida amlodipin qabul qilgan onalarning chaqaloqlarida aniqlangan. Amlodipinning chaqaloqlarga ta’siri noma’lum. Emizishni davom ettirish yoki amlodipin qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilganda, bolaga emizish foydasi va onaga preparatni qo‘llash foydasini baholash zarur.

    Fertillik.

    Kalsiy kanali blokatorlari qo‘llanganda ayrim bemorlarda spermatozoid boshchasi biokimyoviy o‘zgarishlari qaytariluvchi bo‘lishi haqida xabar berilgan. Amlodipinning fertilitetga potentsial ta’siri bo‘yicha klinik ma’lumotlar yetarli emas.


    Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
    Amlonon® avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga biroz yoki o‘rtacha darajada ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, davolash boshida ehtiyotkorlik zarur.

    Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi yoki ko‘ngil aynishi kabi simptomlar mavjud bo‘lsa, reaksiya tezligi pasayishi mumkin. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Preparatning ataylab dozani oshirib yuborish tajribasi cheklangan.

    Dozani oshirib yuborish simptomlari: mavjud ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, AmloNon® preparatining sezilarli dozada qabul qilinishi haddan tashqari periferik vazodilatatsiyaga va ehtimol reflektor taxikardiyaga olib keladi. Katta va ehtimol uzoq davom etuvchi tizimli gipotenziya, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan shok holatlari haqida xabar berilgan.

    Davolash: amlodipin bilan dozani oshirib yuborish natijasida yuzaga kelgan klinik ahamiyatli gipotenziya yurak-qon tomir tizimi faoliyatini faol qo'llab-quvvatlashni talab qiladi, shu jumladan yurak va nafas olish funksiyalarini tez-tez monitoring qilish, oyoq-qo'llarni ko'tarish, aylanayotgan suyuqlik hajmi va siydik ajralishini monitoring qilish.

    Tomirlar tonusi va arterial bosimni tiklash uchun, agar ulardan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar bo'lmasa, tomirlarni toraytiruvchi preparatlar qo'llanilishi mumkin. Kalsiy glyukonatni vena ichiga yuborish kalsiy kanallarini bloklash effektlarini bartaraf etishda foydali bo'lishi mumkin.

    Ba'zi hollarda oshqozonni yuvish foydali bo'lishi mumkin. Sog'lom ko'ngillilarga 10 mg amlodipin yuborilganidan keyin 2 soat ichida faollashtirilgan ko'mir qo'llanilishi uning so'rilishini sezilarli darajada kamaytirgan.

    Amlodipin sezilarli darajada qon oqsillari bilan bog'lanadi, shuning uchun dializ effekti ahamiyatsiz. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Boshqa dori vositalarining amlodipingа ta'siri.

    Amlodipinni tiazidli diuretiklar, alfa-blokatorlar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, uzoq ta'sirli nitratlar, nitroglitserinning sublingval shakli, nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositalari, antibiotiklar, og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik dori vositalari bilan xavfsiz qo'llanilishi bo'yicha mavjud ma'lumotlar.

    In vitro tadqiqotlarda inson qon plazmasi bilan olingan ma'lumotlar amlodipinning tekshirilayotgan dori vositalari (digoksin, fenitoin, varfarin yoki indometasin) bilan qon oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmasligini ko'rsatadi.

    CYP3A4 ingibitorlari.

    Amlodipin va kuchli yoki o'rtacha ta'sirli CYP3A4 ingibitorlarini (proteaza ingibitorlari, azol antifungal vositalar, makrolidlar, masalan, eritromitsin yoki klaritromitsin, verapamil yoki diltiazem) bir vaqtda qo'llash amlodipin ekspozitsiyasining sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Bunday o'zgarishlarning klinik ahamiyati keksa yoshdagi bemorlarda yanada yaqqol bo'lishi mumkin. Bemorning holatini klinik kuzatish va doza tanlash zarur bo'lishi mumkin.

    Amlodipin va greyfrut yoki greyfrut sharbati bir vaqtda qo'llanilishi tavsiya etilmaydi, chunki ayrim bemorlarda amlodipin biofoydalanishi oshishi mumkin, bu esa o'z navbatida, gipotenziya ta'sirini kuchaytiradi.

    CYP3A4 induktorlari.

    Amlodipinning qon plazmasidagi konsentratsiyasi ma'lum CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda qo'llanganda o'zgarishi mumkin. Shuning uchun arterial bosim monitoringi va ushbu dori vositalari bilan birga va hamda birga davolashdan so'ng doza tuzatish zarur, ayniqsa kuchli CYP3A4 induktorlari (masalan, rifampitsin, oddiy zveroboy) uchun.

    Dantrolen (infuziyalar).

    Hayvonlarda verapamil va dantrolenni vena ichiga yuborgandan so'ng letal yakun bilan tugagan qorinchalar fibrillyatsiyasi va yurak-qon tomir kollapsi, giperkaliemiya bilan bog'liq holda kuzatilgan. Giperkaliemiya rivojlanish xavfi tufayli, amlodipin kabi kalsiy kanali blokatorlarini, yovuz issiqlik sindromiga moyil bemorlarga va yovuz issiqlik sindromini davolashda qo'llashdan saqlanish tavsiya etiladi.

    Amlodipinning boshqa dori vositalariga ta'siri. Amlodipinning gipotenziya effekti boshqa antihipertenziv vositalarning gipotenziya effektini kuchaytiradi.

    Takrolimus.

    Amlodipin bilan bir vaqtda qo'llanganda takrolimus darajalarining oshish xavfi mavjud, biroq bunday o'zaro ta'sirning farmakokinetik mexanizmi to'liq aniqlanmagan. Takrolimus toksikligini oldini olish uchun, amlodipin bilan birga takrolimus qabul qilayotgan bemorlarda qon zardobida takrolimus darajasini muntazam monitoring qilish va zarur bo'lsa, takrolimus dozasini tuzatish kerak.

    mTOR ingibitorlari (mammalian target of rapamycin - sutemizuvchilarda rapamitsin nishonlari). Bunday mTOR ingibitorlari, masalan, sirolimus, temsirolimus va everolimus CYP3A substratlari hisoblanadi. Amlodipin CYP3A ning kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Amlodipin mTOR ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanganda, ularning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

    Siklosporin.

    Sog'lom ko'ngillilar yoki boshqa guruhlarda siklosporin va amlodipin o'zaro ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan, faqat buyragi ko'chirilgan bemorlarda qo'llanilganda siklosporinning qoldiq konsentratsiyasining o'zgaruvchan oshishi (o'rtacha 0-40%) kuzatilgan. Buyragi ko'chirilgan va amlodipin qabul qilayotgan bemorlarda siklosporin konsentratsiyasini monitoring qilish va zarur bo'lsa, siklosporin dozasini kamaytirish ko'rib chiqilishi kerak.

    Simvastatin.

    Amlodipinning 10 mg ko'p martalik dozasi va simvastatinning 80 mg dozasi bir vaqtda qo'llanganda, faqat simvastatin qabul qilinganga nisbatan simvastatin ekspozitsiyasi 77% ga oshgan. Amlodipin qabul qilayotgan bemorlarda simvastatin dozasini kuniga 20 mg bilan cheklash kerak.

    Sildenafil.

    100 mg sildenafilni bir martalik qabul qilish essensial gipertenziyali bemorlarda amlodipin farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan. Amlodipin va sildenafilni bir martalik birga qo'llashda har bir preparat mustaqil ravishda gipotenziya effektini ko'rsatgan.

    Boshqa dori vositalari.

    Dorining o'zaro ta'siri bo'yicha klinik tadqiqotlar amlodipin atorvastatin, digoksin yoki varfarin farmakokinetikasiga ta'sir qilmasligini ko'rsatdi.

    Etanol (alkogol)

    Amlodipinning 10 mg bir martalik va ko'p martalik qabul qilinishi etanol farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan.

    Amlodipin va simetidin birga qo'llanganda amlodipin farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan.

    Alyuminiy/magniy (antatsidlar) preparatlari va amlodipinning bir martalik dozasini birga qo'llash amlodipin farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmagan.

    Laborator testlar.

    Laborator testlar ko'rsatkichlariga ta'siri noma'lum. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, упаковано хорошо. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
  • Komil
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество лекарства, быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico