Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Tunazol - tashqi qo'llash uchun mo'ljallangan kombinatsiyalangan preparat, yallig'lanishga qarshi va zamburug'larga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Izokonazol - keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita, imidazolning sintetik hosilasi. Zamburug'larga qarshi va antibakterial ta'sir ko'rsatadi. Zamburug' hujayra membranalarida ergosterol sintezini to'xtatadi, bu uning o'limiga olib keladi, bakteriyalarda oqsil sintezini bloklaydi. Dermatofitlar (Trichophyton spp., Microsporum spp., Epidermophyton spp.), mog'or, xamirturush va xamirturushga o'xshash zamburug'lar (Candida spp., Pityrosporum orbiculare/ovale) ga nisbatan faol. Bundan tashqari, ba'zi gram-musbat bakteriyalarga, masalan, Corynebacterium minutissium (eritrazma qo'zg'atuvchisi), Streptococcus spp., Staphylococcus spp. ga nisbatan antibakterial ta'sirga ega.
Diflukortolona valerat - tashqi qo'llash uchun GKС. Yallig'lanishga qarshi, antieksudativ, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Farmakokinetika
Izokonazol nitrat teri yuzasidan tez so'riladi va 1 soat ichida epidermisda maksimal konsentratsiyaga erishadi. Teri orqali tizimli so'rilishi ahamiyatsiz. Izokonazol nitrat jigar orqali tez metabolizatsiyalanadi va 1/3 qismi siydik bilan, 2/3 qismi - o‘t bilan chiqariladi.
Diflukortolona valerat teri orqali tez so'riladi va 1 soat ichida shoxsimon qatlamda maksimal (pik) konsentratsiyaga erishadi. Tizimli qon aylanishiga kirib borishi 2% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil etadi. Asosan siydik bilan, qolgan qismi o‘t bilan chiqariladi.