Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sulfatsil natriy 20% 5 ml
Sulfatsil natriy 20% 5 ml
Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
3 078 so'm 3 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sulfatsil natriy 20% 5 ml
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Ko'z tomchilari
  • Dozalash
    20%
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
     
    1 ml preparat tarkibi:

    faol modda: sulfacetamid natriy monogidrat - 0,2 g;

    yordamchi moddalari: natriy tiosulfat, pentogidrat - 0,001 g, xlorid kislotasi eritmasi 1 M - pH 7,5 dan 8,5 gacha, in'ektsiya uchun suv - q.s. 1,0 ml gacha. 
  • Qo'llanilishi
    Rog' corneasi yiringli yaralari, kon'yunktivitlar, blefaritlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kattalarda ko‘zning gonoreyali kasalliklari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreya profilaktikasi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Sulfatsetamid va boshqa sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Har bir ko‘zning pastki kon'yunktival xaltachasi ichiga 2-3 tomchidan 5-6 marta/kun tomiziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun ko‘zga eritmadan 2 tomchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tug‘ilgandan so‘ng va 2 soatdan keyin 2 tomchidan tomiziladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Mahalliy reaksiyalar: qichishish, qizarish, shish.
  • Farmakologik xususiyatlari
     Sulfatsil natriy - keng ta’sir doirasiga ega sulfanilamidli antimikrob preparat. Bakteriostatik ta’sirga ega. Grampozitiv va grammanfiy bakteriyalarga (shu jumladan streptokokklar, gonokokklar, ichak tayoqchasi), shuningdek xlamidiyalar, aktinomitsetlarga nisbatan faol. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Prokain, benzokain va tetrakain bilan birga qo‘llanilishi sulfacetamidning bakteriostatik ta’sirini kamaytiradi. Novokain va dikain bilan birga qo‘llanilishi preparatning bakteriostatik ta’sirini kamaytiradi. Kumush tuzlari bilan mos kelmaydi. Xloramfenikol bilan bir vaqtda qo‘llanilishi oxirgisining nojo‘ya ta’sir rivojlanish xavfini oshiradi. Sulfacetamid bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi. Difenin, aminosalitsil kislotasi, salitsilatlar uning toksikligini oshiradi. Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan yoki boshqa dori vositalarini (shu jumladan retseptsiz) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sulfatsil natriy - VIAL preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

    Novokain va dikain bilan birga qo‘llanilishi preparatning bakteriostatik ta’sirini kamaytiradi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Furosemidga, tiazid diuretiklariga, sulfonilmochevina hosilalariga yoki karboangidraza ingibitorlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda sulfacetamidga ham yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Sulfanilamidga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning, shuningdek, zamburug‘ florasining haddan tashqari ko‘payishi mumkin. Ko‘p miqdorda yiringli ajralma mavjud bo‘lsa, PABK yuqori konsentratsiyalari ishtirokida antibakterial faollikning pasayishi kuzatiladi. Allergiya simptomlari paydo bo‘lsa, shuningdek, og‘riqning kuchayishi va infeksion yallig‘lanish jarayonining boshqa belgilarida, yiringli ajralmaning ko‘payishida terapiyani to‘xtatish zarur.  

    Homiladorlik va laktatsiya davri
    Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi - homiladorlik va emizish davrida yetarli tajriba mavjud emas. Sulfanilamidlar platsenta orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin, agar ona uchun potentsial foyda homila va bolaga bo‘lgan mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa. Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishingiz mumkin deb hisoblasangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.


    Avtotransport boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishga ta’siri
    Tomizgandan so‘ng ko‘rish xiralashuvi rivojlangan taqdirda, ko‘rish aniqligi tiklangunga qadar transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish zarur. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Заказывал сульфацил натрия на Oxymed, всё пришло в целости и безопасности. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Сульфацил натрия прекрасно помог при глазных проблемах.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico