-
Qo'llanilishi
Nafas yo'llarining infektsion-yallig'lanish kasalliklarining kompleks davolashida, balg'am ajralishi va yo'tal bilan kechuvchi (o'tkir va surunkali bronxitlar, traxeobronxitlar, pnevmoniya, bronxoektatik kasalliklar).
Surunkali giperasid gastritda yordamchi vosita sifatida.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, qandli diabet, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi, arterial gipertenziya, gipokaliemiya, og'ir darajadagi semizlik.
-
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan keyin kuniga 3-4 marta 1 osh qoshiq (15 ml) sirop qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolash kursining davomiyligini shifokor har bir bemor uchun alohida, kasallikning og'irligi va xususiyatlarini, erishilgan terapevtik ta'sirning barqarorligini va preparatning o'zlashtirilishini hisobga olgan holda belgilaydi.
Bolalar. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat buyurilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Individual yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin, jumladan toshma, qichishish, teri giperemiyasi, shishlar.
Soliqka preparatlarini uzoq muddat haddan tashqari dozada qo‘llash suv-elektrolit muvozanatining buzilishiga va shishlar paydo bo‘lishiga, gipokaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin; ayrim hollarda arterial bosimning oshishi, gipokaliemik miopatiya va mioglobinuriya mumkin.
Har qanday nojo‘ya hodisalar yuzaga kelganda, bemor dori vositasini qo‘llashni to‘xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak!
-
Farmakologik xususiyatlari
Yalang'och shirinmiya ildizlari glitsirizin, glitsirizinat kislota kaliy va kaltsiy tuzlari, flavon glikozidlari (likviritin, likviritogenin, likviritozid)ni o'z ichiga oladi. Shirinmiya preparatlarining balg'am ko'chirish ta'siri glitsirizin tarkibiga bog'liq bo'lib, u traxeya va bronxlarning kiprikli epiteliy faoliyatini rag'batlantiradi, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatlarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi.
Dori vositasining nafas yo'llari silliq mushaklariga spazmolitik ta'siri flavon birikmalari mavjudligi bilan bog'liq, ular orasida eng faol likviritozid hisoblanadi, yallig'lanishga qarshi (kortikosteroid) effekt esa glitsirizin kislotasi mavjudligi bilan bog'liq, u glitsirizinning gidrolizi natijasida ajralib chiqadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Sirop tarkibida shakar mavjud, shuning uchun uni qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga qo'llash mumkin emas.
Ushbu dori vositasi kamida 5 hajm. % etanol (spirt)ni o'z ichiga oladi, ya'ni 600 mg/doza, bu dozada 15 ml pivo, 6 ml vino ekvivalentiga teng. Alkogolizm bilan kasallangan bemorlar uchun zararli. 12 yoshdan oshgan bolalar va epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga qo'llashda ehtiyotkorlik zarur.
Preparatni uzoq muddat davomida qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bu suv-tuz almashinuvi buzilishiga, shishlarga olib kelishi mumkin.
Diuretiklar, yurak glikozidlari, kortikosteroidlar, stimulyatsion ich ketkazuvchi vositalar yoki elektrolit muvozanatini buzishi mumkin bo'lgan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va boshqa o'zaro ta'sir turlari» bo'limi).
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Dori vositasi homiladorlik davrida kontrendikatsiyalangan, chunki yalang'och shirinmiya estrogenlar darajasini oshiradi, natijada gormonal muvozanat buziladi. Bachadon faoliyatini rag'batlantiradi. Katta dozalarda embriotoksik ta'sir ko'rsatadi. Preparat emizish davrida kontrendikatsiyalangan.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparatni qo'llash davrida avtotransport boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan tiyilish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari uzoq muddat (4 haftadan ortiq) va/yoki haddan tashqari ko'p miqdorda shirinmiya qabul qilinganda suyuqlik ushlanishi, gipokaliemiya, gipertoniya, yurak ritmi buzilishi, gipertonik ensefalopatiya kabi simptomlar bilan kuzatilgan. Dozani oshirib yuborishda nojo'ya ta'sirlar kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.