Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sirik siropi 200 ml
Sirik siropi 200 ml
Ishlab chiqaruvchi: Corona Remedies Ltd
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    1 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sirik siropi 200 ml
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi. Ca2+ va fosfatlar almashinuvini tartibga soladi, rezorbsiyani kamaytiradi va suyak to‘qimasining zichligini oshiradi, organizmdagi Ca2+ va D3 vitamini yetishmasligini to‘ldiradi, ichakda Ca2+ so‘rilishini va buyraklarda fosfatlarning reabsorbtsiyasini kuchaytiradi, suyaklarning mineralizatsiyasiga yordam beradi.
  • Qo'llanilishi
     organizmdagi kalsiy, vitamin D3, magniy va sink yetishmovchiligi holatlarida, to‘g‘ri ovqatlanmaslik bilan bog‘liq bo‘lsa, oziq-ovqat bilan ushbu moddalar yetarli miqdorda qabul qilinmaganda;
     -osteoporozning oldini olish uchun (menopauza, senil, steroid, idiopatik va boshqalar) va uning asoratlari (suyak sinishlari), osteoporozning har qanday maxsus terapiyasiga qo‘shimcha sifatida;
    -respirator-virusli infeksiyalarning oldini olish va kompleks terapiya tarkibida, immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
     Har qanday ingredientga yuqori sezuvchanlik, qabziyat, o‘tkir appenditsit simptomlari, metabolik alkaloz, jigar sirrozi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, homiladorlik davrida toksikoz, yarali kolit, divertikulyoz, kolostomiya yoki ileostomiya, surunkali diareya, gemorroy, magniy, sink va vitamin D3 ga toqat qilmaslik. 
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, oshqozonda og‘riq, diareya.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Kombinatsiyalangan preparat, organizmda kalsiy, fosfor, magniy va sink almashinuvini tartibga soladi. Kalsiy suyak to'qimasining shakllanishi, tishlarning mineralizatsiyasi, qonni ivishi, nerv o'tkazuvchanligi va mushak qisqarishlari jarayonlarini tartibga solishda, yurak faoliyatining barqarorligini saqlashda ishtirok etadi, kalsiy yetishmovchiligini to'ldirib, suyak to'qimasining rezorbsiyasini (so'rilishini) kamaytiradi va zichligini oshiradi. Xolekalsiferol (vitamin D3) organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi, kalsiyning o'zlashtirilishini yaxshilaydi, tishlarning mineralizatsiyasi uchun zarur.

    Magniy kalsiy almashinuvini tartibga solishda, suyaklarning o'sishi va mineralizatsiyasida ishtirok etadi; vitamin D3 bilan birga suyak gomestazini qo'llab-quvvatlaydi. Sink inson organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo'lib, eritrotsitlar va boshqa qon elementlarini hosil bo'lishi uchun zarur. Ko'rish jarayonining fotokimyoviy reaksiyalarida, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi.

  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Xolekalsiferol faolligi uni fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda kamayishi mumkin.

    Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolashda EKG va klinik holatni nazorat qilish zarur, chunki kalsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

    Kalsiy va xolekalsiferol preparatlari me’da-ichak traktidan tetratsiklinlarning so‘rilishini oshirishi mumkin. Shuning uchun preparatlarni qabul qilish orasidagi vaqt kamida 3 soat bo‘lishi kerak. Bifosfonat yoki natriy ftorid preparatlarining so‘rilishini kamaytirishni oldini olish uchun Sirikalni ularni qabul qilgandan kamida ikki soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. GKSlari so‘rilishni kamaytiradi, shuning uchun GKS bilan davolashda preparat dozasini oshirish talab qilinishi mumkin.

    Kolestiramin preparatlari yoki mineral yoki o‘simlik yog‘i asosidagi ich ketkazuvchi vositalar bilan bir vaqtda davolashda xolekalsiferolning so‘rilishi kamayishi mumkin.

    Tiazid diuretiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkalsemiya rivojlanish xavfi oshadi, chunki ular kalsiyning kanalchalar orqali reabsorbtsiyasini oshiradi. Furosemid va boshqa “halqali” diuretiklar esa, aksincha, kalsiyning buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.

    Sirikalni temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Foliy kislotasi bir vaqtda qo‘llanganda ichakda sinkning so‘rilishini biroz kamaytiradi, bundan tashqari, sinkning so‘rilishi xelatlovchi vositalar, jumladan temir preparatlari va penitsillamin bilan qo‘llanganda kamayadi. 

  • Maxsus ko'rsatmalar
     Uzoq muddatli davolashda qonda kalsiy va kreatinin miqdorini nazorat qilish kerak. Giperkalsemiya yoki buyrak funksiyasi buzilishi belgilari bo‘lsa, doza kamaytirilishi yoki davolash to‘xtatilishi kerak.

    D3 vitamini buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak. Bunday hollarda qonda kalsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilish zarur.

    Kalsiy va D3 vitamini osteoporozli immobilizatsiyalangan bemorlarda giperkalsemiya rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak.

    D3 vitamini sarkoidozli bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilinishi kerak, chunki ularda D3 vitamini metabolizmi patologiyasi mavjud va giperkalsemiya, buyrak toshlari va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarda qonda va siydikda kalsiy miqdori muntazam tekshirilishi kerak.

    Homilador ayollarda ushbu kombinatsiyani qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu guruh bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
     Anoreksiya, chanqoqlik, poliuriya, mushak zaifligi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, charchoqlik, suyaklarda og‘riq, psixik buzilishlar, nefrokaltsinoz, siydik-tosh kasalligi va og‘ir hollarda yurak aritmiyalari. Doimiy ravishda ortiqcha dozalarda (2500 mg kalsiydan ortiq) qo‘llanilganda – buyrak shikastlanishi, yumshoq to‘qimalarda kaltsinoz.

    Doza oshib ketish belgilari aniqlanganda preparat, shuningdek, tiazid diuretiklari va yurak glikozidlarini qabul qilishni to‘xtatish zarur. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shahnoza
    ico ico ico ico ico
    Сироп имеет приятный вкус и эффективно справляется с простудой. Довольна своей покупкой.
    05 August 2024
    0
    0
  • Feruza
    ico ico ico ico ico
    Очень хороший сироп, помог мне избавиться от кашля за короткое время. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico