Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Yopishqoq sekret hosil bo'lishi va burun bitishi bilan kechuvchi o'tkir va surunkali rinosinusitlarda qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Tegishli ma'lumotlarni yo'qligi sababli, preparatni 12 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.
Qo'llash usuli
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlar: 1 tabletkadan bir kunda uch marta. Tabletkani butunligicha, chaynamasdan, etarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan yutish kerak. Sinupret ® Forte tabletkasini qabul qilish 7-14 kundan oshmasligi kerak. Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan qaytalansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Me'da–ichak yo'llari tomonidan buzilishlar (masalan, me'dada og'riq, ko'ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham yuzaga kelishi mumkin. Har qanday allergik reaktsiyalar paydo bo'lganida Sinupret ® forteni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Nojo'ya samaralar, shu jumladan ilova-varaqada ko'rsatilmagan nojo'ya samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
O'simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir. Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibidagi biologik faol moddalarga bog'liqdir. Sinupret ® Forte sekretolitik, sekretomotor, shuningdek yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, preparat burunning yondosh bo'shliqlaridan va yuqori nafas yo'llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antivirus va antibakterial hususiyatlariga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri hozirgi paytgacha ma'lum emas.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki pasientda davomli isitma, kuchli og'riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo'lsa shifokorga murojaat etish kerak. Me'dani sezgirligi yoki me'daning ma'lum kasalliklari mavjud bo'lgan pasientlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret ® forteni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal. Glyukoza, laktoza, saxaroza yoki sorbitolni o'zlashtiraolmaslikda Sinupret ® Forte dori vositasini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo'llash mumkin. Homiladorlik va laktasiya davri Sinupret ® Forte dori vositasini homiladorlik va laktasiya davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo'llash mumkin. Laktasiya davrida qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'qligi tufayli, Sinupret ® Forte qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ushbu davrda qabul qilish mumkin emas. Preparat tavsiya qilingan dozalarda avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: preparatning bir martalik dozasi o'rtacha 0,2 birlik uglevodlar saqlaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar siz preparatni katta dozada qabul qilgan bo'lsangiz, kerakli choralarni ko'rish uchun shifokoringizga murojaat qiling. Nojo'ya ta'sirlar kuchli namoyon bo'lishi mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!