Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sinupret ekstrakti № 20 tabletkalari
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 160,00 mg gajak o't ildizi (Gentianae radix) quruq ekstrakti (3-6:1), navro'zgul gullari (Primulae flos), shovul o'ti (Rumicis herba), marjon guli (Sambuci flos) va tizimgul o'ti (Verbenae herba) (1:3:3:3:3). Ekstragent etanol 51% (v/v); yordamchi moddalar: purkash yo'li bilan quritilgan akasiya, kaltsiy karbonati (E 170), tsellyuloza, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, maltodekstrin, karnaub mumi, gidrofob kremniy dioksidi, xlorofill kukuni 25% (E141), dekstrin, glyukoza siropi, gipromelloza, indigokarmin alyumin laki (E 132), riboflavin (E 101), stearin kislotasi, saxaroza, talk, titan dioksidi (E 171).
Qo'llanilishi
Tumov, burun bitishi, bosh og'rig'i, yuzda bosim yoki og'riq hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi burunning yondosh bo'shliqlarining o'tkir asoratlanmagan yallig'lanishlari (o'tkir asoratlanmagan rinosinusitlar) da qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik. Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligida qo'llash mumkin emas.
Qo'llash usuli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar chaynamasdan, etarli miqdordagi, masalan bir stakan suv bilan ichga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Qabul qilishning tavsiya etilgan davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi. Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparatni qabul qilganda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: Tez-tez: me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar, masalan ko'ngil aynishi, meteorizm, diareya, og'izni qurishi, qorinda og'riq. Kam hollarda: mahalliy allergik reaktsiyalar, masalan toshma, terini qizarishi, teri yoki ko'zni qichishishi, tizimli allergik reaktsiyalar, masalan angionevrotik shish, hansirash, yuzni shishi, shuningdek bosh aylanishi. Yuqorida sanab o'tilgan simptomlar yoki boshqa noxush reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
O'simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir. Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog'liqdir. Sinupret ® ekstrakt sekretolitik, sekretomotor va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Burunning yondosh bo'shliqlaridan va yuqori nafas yo'llaridan ekssudatni chiqarilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Sinupret ® ekstrakt viruslarga qarshi va antibakterial ta'sir ko'rsatib, infektsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar pasientda burundan qon ketishi, isitma, kuchli og'riq, burundan yiringli ajralma, ko'rishni buzilishi, yuzning o'rta qismi yoki ko'z asimmetriyasi yoki yuzni uvishishi kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki bu simptomlar odatda shifokor ko'rigi va darhol davolanishni talab etuvchi rinosinusitlarning barcha shakllari uchun jiddiy ogohlantirish sifatida ko'riladi. Agar simptomlar 7-14 kundan ko'proq saqlansa, vaqti-vaqti bilan yomonlashsa yoki takrorlansa, pasient shifokorga murojaat etishi kerak. Gastrit yoki me'da sezgirligi bo'lgan pasientlarda ushbu dori vositasi qabul qilinganda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret ® ekstraktni ovqatdan keyin, bir stakan suv bilan qabul qilgan afzal. Sinupret ® ekstrakt glyukoza va saxaroza saqlaydi. Qandlarni o'zlashtiraolmasligi bo'lgan pasientlarda ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: qandli diabeti bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin. Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 0,3 gramm o'zlashtiriladigan uglevodlar (0,02 "non birligi") saqlaydi. Bolalar Etarli ma'lumotlarni yo'qligi tufayli, Sinupret ® ekstraktni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va laktasiya davri Xavfsizlik nuqtai nazaridan Sinupret ® ekstraktni homiladorlik vaqtida qo'llashdan saqlanish kerak. Sinupret ® ekstraktning ta'sir etuvchi moddasini odam ko'krak sutiga singishi haqida ma'lumotlar yo'q. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun xavfni inkor etib bo'lmaydi. Sinupret ® ekstraktni emizish davrida qo'llash mumkin emas. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Ammo, kam hollarda preparatni qabul qilganda kuzatilishi mumkin bo'lgan noxush reaktsiya "bosh aylanishi" kuzatilgan pasientlarda Sinupret ® ekstrakt transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri haqidagi ma'lumot hozirgi vaqtgacha noma'lum. Boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun Sinupret ® ekstrakt bilan bir vaqtda qo'llanilganda boshqa preparatlarning ta'sirini kuchayishi yoki susayishini inkor etib bo'lmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!