Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi: 29 g suv-spirtli ajralmalar quyidagilarni saqlaydi: marjon guli 0,6 g gajak o't ildizi 0,2 g navro'zgul gullari 0,6 g shovul o'ti 0,6 g tizimgul o'ti 0,6 g yordamchi moddalar: tozalangan suv 71,0 g etanol miqdori 19,0% (xajm nisbatida).
Qo'llanilishi
Yopishqoq sekret hosil bo'lishi, burunni bitishi bilan kechuvchi o'tkir va surunkali rinosinusitlarda qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Qo'llash usuli
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlar qabul qilishadi: 50 tomchidan kuniga 3 marta. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilishadi: 25 tomchidan kuniga 3 marta. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilishadi: 15 tomchidan kuniga 3 marta. Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi. Agar kasallikning simptomlari uzoqroq saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Nojo´ya ta´sirlar
Me'da–ichak yo'llari tomonidan buzilishlar (masalan, me'dada og'riq, ko'ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda terida toshma, qichishish, qizarish kabi teri allergik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham yuzaga kelishi mumkin. Nojo'ya samaralar, shu jumladan ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmagan nojo'ya samaralar paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
O'simliklardan olinadigan majmuaviy preparatdir. Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog'liqdir. Sinupret ® sekretolitik, sekretomotor va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Burunning yondosh bo'shliqlaridan va yuqori nafas yo'llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antiviral va antibakterial hususiyatlariga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada ishlatilishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri hozirgi paytgacha ma'lum emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan holatlarda yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlarning ko'rinishlari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq davom etsa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa va/yoki pasientda davomli isitma, kuchli og'riq yoki noaniq shikoyatlar paydo bo'lsa shifokorga murojaat etish kerak. Gastrit kuzatilganda, shuningdek me'dani sezgirligi mavjud bo'lgan pasientlarda ushbu dori vositasini qabul qilganda ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret ® ni bir stakan suv bilan ovqatdan keyin qabul qilgan afzal. Sinupret ® tomchilari 19,0% spirt (etanol) saqlaydi. Alkogol saqlaganligi tufayli preparatni alkogolizmi bo'lgan, shuningdek alkogolga qaramlikni muvaffaqiyatli davolagandan keyingi bemorlarda qo'llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilganda, bolalar va jigar kasalliklari va tutqanog'i bo'lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhidagilarda alkogol saqlashini e'tiborga olish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Sinupret ® tomchilarini homiladorlik davrida faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo'llash mumkin. Sinupret ® tomchilarini emizish davrida qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Qo'llaganda flakonni vertikal holatda tuting. Sinupret ® tomchilarini saqlash jarayonida xiralashishi yoki biroz cho'kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Sinupret ® tomchini qo'llashdan oldin chayqating!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!