Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Sinaflan malhami 0,025% 10 g
Sinaflan malhami 0,025% 10 g
Ishlab chiqaruvchi: Ziyo Nur Farm, ЧП
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    2 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sinaflan malhami 0,025% 10 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Ekzema, atopik dermatit, oddiy surunkali temiratki (chegaralangan neyrodermit), toksidermiya, oddiy allergik dermatit, seboreyali dermatit, teri qichishishi, eshakemi, pochesuxa, taglik toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, psoriaz (ekssudativ shakli); qizil yassi temiratki, diskoid qizil volchanka, kaftlarning disgidrozi, tashqi otit, I darajali kuyishlar, hasharot chaqishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; bakterial, virusli, zamburug‘li teri kasalliklari - piodermiya, suvchechak, gerpes, aktinomikoz, blastomikoz, sporotrixoz; sifilisning teri ko‘rinishlari, teri sil kasalligi, taglik toshmasi, pushti akne, keng tarqalgan psoriatik toshmalar (blyashkalar), anogenital qichishish; varikoz kengaygan venalar bilan bog‘liq boldir trofik yaralari, me’da-ichak yo‘llarining eroziya-yara shikastlanishlari, qo‘llash sohalaridagi yaralar; teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma; homiladorlik va laktatsiya davri, bolalar yoshi (2 yoshgacha). Qizlarda balog‘atga yetish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
  • Qo'llash usuli
    Tashqi. Oldindan antiseptik suyuqlikka namlangan tampon bilan artib tozalangan teriga preparatning oz miqdori kuniga 2-4 marta surtiladi va yengil ishqalab yuboriladi. Zarur bo‘lsa, o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yish mumkin, uni zararlangan yuzada 3-4 kungacha qoldirish mumkin. Bog‘lam ostiga kuniga 2 g dan ortiq preparat qo‘llash mumkin emas. Davolash davomiyligi kasallik xususiyatiga bog‘liq va odatda 5-10 kun, kasallik uzoq davom etsa 25 kungacha bo‘ladi. Mazni dermatitlarning quruq shakllarida ishlatish afzal.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Teri ikkilamchi infeksion shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishi mumkin (kuylash, teri qichishishi, terining qurishi, steroid akne, follikulit). Uzoq muddat qo‘llanganda – gipertixoz, alopesiya, ayniqsa ayollarda, ikkilamchi immunodefitsit (surunkali infeksion kasalliklarning kuchayishi, infeksion jarayonning umumlashuvi, opportunistik infeksiyalar rivojlanishi); teri atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangioektaziyalar, purpura, pigmentatsiya buzilishi. Keng yuzalarga surtilganda tizimli namoyonlar bo‘lishi mumkin (gastrit, "steroid" me’da yarasi, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, Itsenko-Kushing sindromi, "steroid" qandli diabet, reparativ jarayonlarning sekinlashuvi).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Tashqi qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ va qichishishga qarshi ta’sirga ega. Teri yallig‘lanish reaksiyasining namoyon bo‘lishini kamaytiradi va yo‘qotadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     GKSlarnining tashqi qo‘llanilishida o‘zaro ta’sir holatlari qayd etilmagan. GKS bilan davolash vaqtida chechakga qarshi emlash o‘tkazilmasligi kerak. Preparat immunosupressiv preparatlar ta’sirini kuchaytirishi va immunostimulyator preparatlar ta’sirini susaytirishi mumkin. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Psoriazda okklyuzion bog‘lam qo‘llaniladi, uni har kuni almashtirish kerak. Davolashni uzluksiz 2 haftadan ortiq davom ettirish tavsiya etilmaydi. Mahalliy qo‘llanganda buyrak usti bezlari – gipofiz tizimi faoliyatining susayishi natijasida AKGG ishlab chiqarilishi kamayishi, qonda kortizol darajasining pasayishi va Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin, bu davolash to‘xtatilgandan so‘ng o‘tib ketadi. Maz qo‘llanilgan joyda infeksiya rivojlangan taqdirda mos antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni qo‘llash kerak. Dori vositasini qovoq terisiga, ochiq yoki yopiq burchakli glaukoma, shuningdek, kataraktasi bo‘lgan shaxslarda kasallikning kuchayish xavfi tufayli qo‘llashdan saqlanish kerak. Subkutan yog‘ to‘qimalarining atrofik holatlarida, ayniqsa, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yuz terisida preparatni ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda qo‘llash kerak. 1 hafta davomida 1 tuba mazdan ortiq ishlatmaslik lozim. 2 yoshdan katta bolalarda preparatni kuniga 1 marta kichik teri yuzasiga surtiladi. Bolalarda yuz terisiga preparat qo‘llanilmaydi. Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     Simptomlar: Preparat uzoq muddat davomida katta miqdorda keng teri yuzalariga qo‘llanganda tizimli ta’sir simptomlari (QK oshishi, giperglikemiya, shishlar, immunosupressiv ta’sir) rivojlanishi, og‘ir hollarda esa Kushing kasalligi rivojlanishi mumkin. Davolash: Preparatni bosqichma-bosqich bekor qilish.
     
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Синафлан мазь помогла быстро избавиться от воспаления на коже. Очень эффективный препарат, рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Zarina
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство! Быстрая доставка и хорошее качество мази. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico