Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari sekrazol bolalar siropi 100 ml
bromgeksinga yoki uning metaboliti ambroksolga yuqori sezuvchanlik tarixi; - me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi; - turli etiologiyali tutqanoq sindromlari.
Qo'llash usuli
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: Kuniga ikki marta ½ choy qoshiqdan buyuriladi (2,5 ml = 7,5 mg sekrazol). 2-5 yoshli bolalarga: Kuniga 3 marta ½-1 choy qoshiqdan (2,5 ml-5 ml = 7,5–15 mg sekrazol). 5–12 yoshli bolalarga: Kuniga 2 marta 1-2 choy qoshiqdan (5 ml - 10 ml = 15–30 mg sekrazol). Davolash kursi 8–10 kun. Sirop ovqatdan keyin, yetarli miqdorda iliq suyuqlik (suv) bilan ichiladi.
Buborniy yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Ekspektorantni chiqarishni qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ambroksol siropi tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi sorbitol mavjudligi sababli, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga buyurilishi mumkin. Homiladorlikning II va III trimestrlarida qo‘llash zarur bo‘lsa, terapiyaning onaga bo‘lgan potentsial foydasi va homila uchun mumkin bo‘lgan xavfini baholash kerak. Laktatsiya davrida ambroksolni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Preparat buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi. Davolash: simptomatik terapiya, ipakaquana siropi yordamida qusishni chaqirish orqali oshqozonni yuvish; tutqanoq, komatoz holat yoki qusish refleksi yo‘qligida nazogastral zond yordamida lavaj ko‘rsatiladi. Maxsus antidoti yo‘q.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda yo'talga qarshi dori-darmonlar bilan qo'llanilishi yo'talning kamayishi fonida balg'amning chiqishini qiyinlashtiradi. Ambroksol bronxial sekretda amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin, doksitsiklinning kirishini oshiradi. Preparat tug'ruq faoliyatini to'xtatuvchi dorilar bilan mos keladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!