Dorilarning o'zaro ta'siri
Panktoprazol tomonidan xlorid kislota sekretsiyasining to‘liq va uzoq muddatli ingibitsiyasi natijasida, oshqozon shirasi pHiga bog‘liq bo‘lgan boshqa dori vositalarining (masalan, ba’zi zamburug‘larga qarshi preparatlar, masalan, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol yoki boshqa dori vositalari, masalan, erlotinib) so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
OIV proteaza ingibitorlari
Pantoprazolni oshqozon ichidagi pHga bog‘liq so‘riladigan OIV proteaza ingibitorlari (atazanavir) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ularning biologik mavjudligi sezilarli darajada kamayadi (qarang Maxsus ko‘rsatmalar).
Agar OIV proteaza ingibitorlarini IPP bilan birga qo‘llashdan qochib bo‘lmasa, klinik monitoring (masalan, virus yuklamasi)ni diqqat bilan olib borish tavsiya etiladi. Pantoprazolning kunlik dozasini 20 mg dan oshirmaslik kerak. OIV proteaza ingibitorlari dozasini tuzatish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Kumarin antimikrob preparatlari (fenprokumon yoki varfarin)
Pantoprazolni varfarin yoki fenprokumon bilan birga qo‘llash varfarin, fenprokumon yoki xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Biroq, IPP va varfarin yoki fenprokumonni birga qabul qilgan bemorlarda XNN oshishi va protrombin vaqti uzayishi haqida xabar berilgan. XNN oshishi va protrombin vaqti uzayishi patologik qon ketish va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Bunday birga qo‘llashda XNN va protrombin vaqtini monitoring qilish zarur.
Metotreksat
Yuqori dozalarda metotreksat (masalan, 300 mg) va IPP birga qo‘llanganda, ba’zi bemorlarda metotreksat darajasi oshishi haqida xabar berilgan. Yuqori dozalarda metotreksat qabul qilayotgan bemorlarga, masalan, saraton yoki psoriaz bilan kasallanganlarga, pantoprazol bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Boshqa dori vositalari o‘zaro ta’siri tadqiqotlari
Pantoprazol jigar orqali sitoxrom P450 tizimi yordamida sezilarli darajada metabolizatsiyalanadi. Asosiy metabolizm yo‘li — CYP2C19 yordamida demetillanish va boshqa metabolik yo‘llar, jumladan, CYP3A4 fermenti bilan oksidlanish. Ushbu yo‘llar orqali metabolizatsiyalanadigan dori vositalari, masalan, karbamazepin, diazepam, glibenklamid, nifedipin va levonorgestrel va etinilestradiol saqlovchi og‘iz kontratseptivlari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.
Pantoprazol ushbu ferment tizimi orqali metabolizatsiyalanadigan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi.
Ko‘plab o‘zaro ta’sirlarni o‘rganish natijalari pantoprazol CYP1A2 (masalan, kofein, teofillin), CYP2C9 (masalan, piroksikam, diklofenak, naproksen), CYP2D6 (masalan, metoprolol), CYP2E1 (masalan, etanol) yordamida metabolizatsiyalanadigan faol moddalarning metabolizmiga ta’sir qilmasligini, shuningdek, digoksin so‘rilishini ta’minlovchi p-glikoproteinga ta’sir qilmasligini ko‘rsatadi.
Birga buyurilgan antatsidlar bilan o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.
Pantoprazolni birga buyurilgan ayrim antibiotiklar (klaritromitsin, metronidazol, amoksitsillin) bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilgan. Ushbu preparatlar o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.
CYP2C19 ni ingibit qiluvchi yoki induktsiya qiluvchi dori vositalari.
CYP2C19 ingibitorlari, masalan, fluvoksamin, pantoprazolning tizimli ta’sirini oshirishi mumkin. Pantoprazolni yuqori dozalarda va uzoq muddat qabul qilayotgan bemorlar va jigar funksiyasi buzilgan bemorlar uchun preparat dozasini kamaytirish zarurati ko‘rib chiqilishi kerak. CYP2C19 va CYP3A4 ga ta’sir qiluvchi ferment induktorlari, masalan, rifampitsin va zveroboy (Hypericum perforatum), ushbu ferment tizimlari orqali metabolizatsiyalanadigan IPP plazma konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.