Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Plogrel tabletkalari 75 mg № 28
Plogrel tabletkalari 75 mg № 28
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari plogrel tabletkalari 75 mg № 28
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda: klopidogrel gidrosulfati klopidogrelga ekvivalent 75 mg. Yordamchi moddalari: povidon K 30, kroskarmelloza natriy, laktosa monogidrat, mikrokristallik sellyuloza, gidrogenizatsiyalangan kastor yog‘i. Qoplama plyonkasi: Insta Moist shield Brown bo‘yoq (titan dioksidi, temir oksidi qizil, gidroksipropilmetilsellyuloza, etilsellyuloza, talk).
  • Qo'llanilishi
    Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalar okluziyasi bo'lgan bemorlarda trombotik asoratlarning oldini olish. Asetilsalitsil kislotasi (ASK) bilan birga o'tkir koronar sindromda trombotik asoratlarning oldini olish uchun: ST segmentining ko'tarilishi bilan trombolitik terapiya o'tkazish imkoni bo'lsa; ST segmentining ko'tarilishisiz (barqaror bo'lmagan stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti), shu jumladan stentlash o'tkazilayotgan bemorlarda.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning faol yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlik. Laktosani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi. 18 yoshgacha bo‘lgan yosh (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan). Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir qon ketish (shu jumladan, peptik yara yoki bosh ichiga qon quyilishi). Homiladorlik va laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan O‘rtacha jigar yetishmovchiligi, surunkali jigar yetishmovchiligi (SJY), qon ketish xavfini oshiruvchi patologik holatlar (shu jumladan, jarohat, operatsiyalar), qon ketishga moyillik, bir vaqtda AASQ, varfarin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) (shu jumladan, TsOG-2 ingibitorlari), geparin, glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari, CYP2C19 izofermenti funksiyasining irsiy pasayishi.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar. Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalar okluziyasi bo'lgan bemorlarda trombotik asoratlarning oldini olish uchun - kuniga 1 marta 75 mg. Miokard infarkti bo'lgan bemorlarda davolash infarktning birinchi kunlaridan 35-kunigacha boshlanishi mumkin, ishemik insult bo'lgan bemorlarda esa ishemik insultdan 7 kun o'tgachdan 6 oygacha bo'lgan muddatda boshlanishi mumkin. O'tkir koronar sindromda ST segmentining ko'tarilishisiz trombotik asoratlarning oldini olish uchun (barqaror bo'lmagan stenokardiya, Q tishchasisiz miokard infarkti) - bir martalik yuklama dozasidan boshlanadi - 300 mg, so'ngra kuniga 75 mg (ASK bilan birga kuniga 75-325 mg dozada, tavsiya etiladigan doza - 100 mg/kun). Maksimal ijobiy ta'sir 3 oyda yuzaga chiqadi. Davolash kursi 1 yilgacha. O'tkir koronar sindromda ST segmentining ko'tarilishi bilan trombotik asoratlarning oldini olish uchun (ST segmentining ko'tarilishi bilan o'tkir miokard infarkti) - kuniga 75 mg, dastlab bir martalik yuklama dozasini ASK va trombolitiklar (yoki trombolitiksiz) bilan birga qabul qilish. Kombinatsiyalangan terapiya simptomlar paydo bo'lishi bilan imkon qadar erta boshlanadi va kamida 4 hafta davom ettiriladi. 75 yoshdan katta bemorlarda klopidogrel bilan davolash yuklama dozasini qabul qilmasdan boshlanishi kerak. Genetik jihatdan CYP2C19 izofermenti funksiyasi pasaygan bemorlarda klopidogrel ta'sirining kamayishi mumkin. Bunday bemorlarda optimal dozalash rejimi aniqlanmagan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki o'rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llash tajribasi cheklangan.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Qon ketishi - preparatni qabul qilishning birinchi oyida eng ko‘p uchraydigan reaksiya hisoblanadi. Kuchli qon ketish holatlari klopidogrelni bir vaqtda ASK yoki klopidogrelni ASK va geparin bilan birga qabul qilgan bemorlarda qayd etilgan (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»). Nojo‘ya ta’sirlar tez-tezligi quyidagi ta’riflarga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez - 1/10 dan ko‘p, tez-tez - 1/100 dan ko‘p va 1/10 dan kam, kamdan-kam - 1/1000 dan ko‘p va 1/100 dan kam, noyob - 1/10000 dan ko‘p va 1/1000 dan kam, juda noyob - 1/10000 dan kam, yakka holatlarni o‘z ichiga oladi. Har bir chastota sinfi doirasida nojo‘ya ta’sirlar og‘irlik darajasining kamayish tartibida keltirilgan. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan: kamdan-kam - trombotsitopeniya, leykopeiya, eozinofiliya; noyob - neytropeniya, shu jumladan og‘ir; juda noyob - trombotik trombotsitopenik purpura, anemiya, shu jumladan aplastik, panstsitopeniya, agranulotsitoz, og‘ir trombotsitopeniya, granulositopeniya. Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziya, bosh ichiga qon quyilishi, shu jumladan o‘lim bilan tugagan; juda noyob - ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ta’m buzilishi. Sezgi organlari tomonidan: kamdan-kam - kon’yunktiva, ko‘z, to‘r pardaga qon quyilishi; noyob - vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - gematoma; juda noyob - og‘ir qon ketishlar, operatsion yaradan qon ketishi, vaskulit, arterial bosimning pasayishi. Nafas olish tizimi tomonidan: juda tez-tez - burundan qon ketishi; juda noyob - bronxospazm, interstitsial pnevmonit, o‘pka qon ketishi, gemoptizis. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - diareya, qorin og‘rig‘i, dispepsiya, me’da-ichakdan qon ketishi; kamdan-kam - me’da va 12 barmoqli ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; noyob - orqa qorin bo‘shlig‘iga qon quyilishi; juda noyob - pankreatit, kolit, shu jumladan yarali yoki limfotsitar, stomatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar funksional testlarining buzilishi, me’da-ichakdan qon ketish o‘lim bilan tugagan. Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez - teri ostiga qon quyilishi; kamdan-kam - teri toshmasi, qichishish, purpura; juda noyob - angionevrotik shish, eshakemi, eritematoz toshma, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ekzema, qizil yassi temiratki. Tayanch-harakat apparati tomonidan: juda noyob - gemartroz, artrit, artralgiya, mialgiya. Siydik-tanlov tizimi tomonidan: kamdan-kam - gematuriya; juda noyob - glomerulonefrit, giperkreatininemiya. Allergik reaksiyalar: juda noyob - anafilaktik reaksiyalar, zardob kasalligi. Laborator ko‘rsatkichlar: kamdan-kam - qon ketish vaqtining uzayishi, jigar funksional testlarining buzilishi, qonda kreatinin miqdorining oshishi. Boshqa - juda noyob: tana haroratining oshishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Klopidogrel - antiagregant vosita. Adenozindifosfat (ADF) ning trombotsitlardagi retseptorlarga bog‘lanishini va ADF ta’sirida glikoprotein IIb/IIIa retseptorlarining faollashishini selektiv ravishda kamaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi. Boshqa agonistlar tomonidan chaqirilgan trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, ularning faollashishini ajralib chiqqan ADF orqali oldini oladi, fosfodiesteraza (FDE) faolligiga ta’sir qilmaydi. Trombotsitlarning ADF-retseptorlari bilan qaytmas bog‘lanadi, ular ADF stimulyatsiyasiga trombotsitlar hayot aylanishi davomida (taxminan 7 kun) sezgir bo‘lmaydi. Trombotsitlar agregatsiyasining tormozlanishi 400 mg boshlang‘ich doza qabul qilingandan 2 soat o‘tib (40% ingibitsiya) kuzatiladi. Maksimal effekt (agregatsiyaning 60% susayishi) 50-100 mg/kun dozasida 4-7 kun davomiy qabuldan so‘ng rivojlanadi. Antiagregant ta’sir trombotsitlar hayot aylanishi davomida (7-10 kun) saqlanib turadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Davolanish davrida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini (aktivlashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (AQTTV), trombotsitlar soni, trombotsitlarning funksional faolligi testlari) nazorat qilish zarur; jigar funksional faolligini muntazam tekshirish kerak. Klopidogrelni jarohat, jarrohlik aralashuvi xavfi yuqori bo‘lgan, qon ketishga moyil shikastlanishlari (ayniqsa, me’da-ichak va ko‘z ichidagi) bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, AASQ, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (shu jumladan, TsOG-2 ingibitorlari), geparin yoki glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bemorlarni qon ketishining har qanday belgilari, jumladan yashirin qon ketishni aniqlash uchun diqqat bilan kuzatish zarur, ayniqsa preparatni qo‘llashning birinchi haftalarida va/yoki yurakda invaziv muolajalar yoki jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng. Klopidogrel va varfarinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu qon ketishini kuchaytirishi mumkin. Agar jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lsa va antiagregant ta’sir istalmagan bo‘lsa, davolash kursini operatsiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak. Bemorlarni ogohlantirish lozimki, klopidogrel (AASQ bilan birga yoki alohida) qabul qilinayotganda yuzaga kelgan qon ketishni to‘xtatish ko‘proq vaqt talab qiladi, shuning uchun ular har bir qon ketish holati haqida shifokorga xabar berishlari kerak. Bemorlar, shuningdek, agar ularga operatsiya rejalashtirilgan bo‘lsa, preparatni qabul qilayotganliklari haqida shifokorga xabar berishlari kerak. Klopidogrel qabul qilingandan so‘ng trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) juda kam hollarda, ba’zan qisqa muddatli qo‘llashdan so‘ng aniqlangan. Bu holat trombotsitopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya, nevrologik belgilar, buyrak funksiyasi buzilishi yoki isitma bilan birga kechadi. TTP – darhol davolashni, shu jumladan plazmaferezni talab qiluvchi, potentsial o‘limga olib keluvchi holatdir. Ma’lumotlar yetishmasligi sababli klopidogrelni o‘tkir (7 kundan kam) ishemik insultlarda tavsiya etib bo‘lmaydi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda klopidogrelni qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bu bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar funksiyasi og‘ir buzilgan hollarda gemorragik diatez rivojlanish xavfi mavjudligini yodda tutish lozim, preparatni o‘rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bu bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Ma’lumotlar yetishmasligi sababli, homiladorlik va laktatsiya davrida klopidogrelni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatmaslik kerak. Transport vositalarini boshqarish qobiliyati Klopidogrel asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tizimli bosh aylanishi, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar) chaqirishi mumkin, bu esa transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Klopidogrel bilan dozani oshirib yuborish qon ketish vaqtining uzayishiga va keyingi gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketish aniqlanganda mos davolash qo'llanilishi kerak. Klopidogrelning farmatsevtik faolligiga qarshi antidotlar aniqlanmagan. Agar uzaygan qon ketish vaqtini tezda tuzatish zarur bo'lsa, trombotsitlar massasi quyilishi tavsiya etiladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Diyor
    ico ico ico ico ico
    Эффективные таблетки, улучшили мое здоровье за короткое время. Рекомендую всем!
    05 August 2024
    0
    0
  • Shahnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличное лекарство, помогает быстро справиться с проблемами сердца. Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico