Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi va sezgi organlari tomonidan
charchoq, asteniya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziya, oyoq kramplari, gipereziya, nevralgiya, katarakta, kon’yunktivit.
Yurak-qon tomir tizimi va qon (qon hosil bo‘lishi, gemostaz) tomonidan
periferik shishlar, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, umumiy shishlar, sinkope, yurak urishi, trombotsitopeniya, anemiya (aplastik yoki gipoxrom), agranulositoz, leyopeniya, neyropeniya.
Koagulyatsion buzilishlar va qon ketishlar
purpura, ekstravazatlar, epistaksis, me’da-ichak qon ketishi, bo‘g‘imlarga qon quyilishi, siydik chiqarish yo‘llaridan qon ketishi, gemoptizis, bosh ichiga qon quyilishi, qorin orti sohasiga qon quyilishi, operatsion yaradan qon ketishi, ko‘z ichiga qon quyilishi, gemotoraks, o‘pka qon ketishi, allergik purpura, trombotsitopenik trombogemolitik purpura.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
qorin og‘rig‘i, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, ta’m buzilishi, me’da yarasining perforatsiyasi, gemorragik gastrit, yuqori ovqat hazm qilish yo‘llari yarasidan qon ketishi, jigar fermentlari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, jigar steatozi.
Harakat-tayanch tizimi tomonidan
artralgiya, bel og‘rig‘i, artrit, artroz.
Nafas olish tizimi tomonidan
yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, nafas qisishi, rinit, bronxit, yo‘tal, pnevmoniya, sinusit.
Siydik-jinsiy tizim tomonidan
siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, tsistit, menoragiya.
Teri qoplamlari tomonidan
to‘shma, qichishish, ekzema, teri yaralari, bullezli dermatit, eritematoz to‘shma, makulopapulyar to‘shma, toshma.
Boshqalar
ko‘krak og‘rig‘i, jarohatlar, grippga o‘xshash simptomlar, og‘riq. Gemolitik uremik sindrom, membranoz nefropatiya va gipersensitivlik reaksiyalari (angiootek, bronxospazm, anafilaktik reaksiyalar)ning ayrim hollari haqida xabar berilgan.