Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Penzital № 100
Penzital № 100
Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences Pvt. Ltd
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

Mavjud
70 875 so'm 87 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari penzital № 100
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tab. pankreatin 212,5 mg fermentativ faolligi bilan: amilaza 4500 ED FIP, lipaza 6000 ED FIP, proteaza 300 ED FIP. Yordamchi moddalari: laktоза, mikrokristallik sellyuloza, natriy kraxmal glikolat, povidon, talk, kremniy dioksid kolloid, metakril kislotasi sopolimeri, dietilftalat, titan dioksid. 1 tab. pankreatin 212,5 mg fermentativ faolligi bilan: amilaza 4500 ED FIP, lipaza 6000 ED FIP, proteaza 300 ED FIP. Yordamchi moddalari: laktоза, mikrokristallik sellyuloza, natriy kraxmal glikolat, povidon, talk, kremniy dioksid kolloid, metakril kislotasi sopolimeri, dietilftalat, titan dioksid. pankreatin 212,5 mg fermentativ faolligi bilan: amilaza 4500 ED FIP, lipaza 6000 ED FIP, proteaza 300 ED FIP. Yordamchi moddalari: laktоза, mikrokristallik sellyuloza, natriy kraxmal glikolat, povidon, talk, kremniy dioksid kolloid, metakril kislotasi sopolimeri, dietilftalat, titan dioksid.

  • Qo'llanilishi
    Tashqi sekretsiya yetishmovchiligi bo'lgan me'da osti bezining o‘rnini bosuvchi terapiya: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovissidoz. - Meteorizm, infeksion bo‘lmagan genezli diareya, Remxeld sindromi (gastrokardial sindrom). - Ovqat hazm bo‘lishining buzilishi (oshqozon va ingichka ichak rezektsiyasidan keyingi holat); ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun me’da-ichak trakti funksiyasi normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishda xatoliklar (yog‘li ovqat iste’mol qilish, ko‘p miqdorda ovqat iste’mol qilish, noturg‘un ovqatlanish) va chaynash funksiyasi buzilganda, kamharakat turmush tarzida, uzoq muddatli immobilizatsiyada. - Qorin bo‘shlig‘i organlarining rentgenologik va ultratovush tekshiruviga tayyorlash
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, o'tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Preparat tarkibida laktaza monogidrat mavjud, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bilan bog‘liq kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo‘lgan bemorlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan Mukoivisidozda preparat ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki doza iste'mol qilinayotgan ovqat miqdori va sifatiga mos bo‘lishi lozim, pankreatinni yuqori dozada qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki strikturalar (fibroz kolonopatiya) rivojlanish xavfi ortadi. Doza to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash mezonlari: tana vaznining oshishi, najasning normallashuvi (kuniga 3 martadan kam, konsistensiyaning normallashuvi), qorinda dam bo‘lishning kamayishi.
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali. Preparat ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynalmay va ishqoriy bo'lmagan suyuqlik (suv, mevali sharbatlar) bilan ichiladi. Doza ovqat hazm qilish darajasining buzilishiga qarab individual tarzda belgilanadi. Kattalar odatda - 2-4 tabletkadan 3-6 marta kuniga qabul qiladilar. Maksimal sutkalik doza - 16 tabletka. 6 yoshdan katta bolalarda preparat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llaniladi. Doza individual tarzda belgilanadi. Odatda 1 tabletkadan 3 marta kuniga buyuriladi. Davolash davomiyligi bir necha kun (ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi ovqatlanishdagi xatoliklar tufayli bo'lsa) dan bir necha oy yoki yillargacha (doimiy o'rnini bosuvchi terapiya zarur bo'lsa) o'zgarishi mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaktsiyalar. Kamdan-kam hollarda - diareya, qabul, oshqozon sohasida noqulaylik hissi, to'shnota (bu reaktsiyalarning rivojlanishi bilan pankreatin ta'siri o'rtasida sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan, chunki ko'rsatilgan hodisalar ichki sekretsiya yetishmovchiligi simptomlariga tegishli). Uzoq muddat davomida yuqori dozada qo'llanilganda giperyurikozuriya, giperyurikemiya rivojlanishi mumkin. Mukovissidozda zarur pankreatin dozasi oshirilganda, o'simlik ichakning yuqoriga ko'tarilgan qismida strikturning (fibroz kolonopatiyasi) rivojlanishi mumkin. Pankreatin yuqori dozada bolalarda qo'llanganda perianal irritatsiya va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining irritatsiyasi paydo bo'lishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ferment preparati. Oshqozon osti bezining tashqi sekretsiya funksiyasi yetishmovchiligini qoplaydi. Tarkibida pankreatin bo‘lgan fermentlar (lipaza, alfa-amilaza, proteazalar /tripsin, ximotripsin/) oqsillarni aminokislotalargacha, yog‘larni glitserin va yog‘ kislotalarigacha, kraxmalni dekstrinlar va monosaxaridlargacha parchalashga yordam beradi. Preparat me’da-ichak trakti funksional holatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi. Tripsin oshqozon osti bezining stimullangan sekretsiyasini ingibitsiya qiladi, analgezik ta’sir ko‘rsatadi. Pankreatik fermentlar dori shaklidan ingichka ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi (chunki tabletka ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan, bu preparat komponentlarini oshqozon shirasi ta’siridan himoya qiladi). Maksimal fermentativ faollik preparat ichga qabul qilingandan 30-45 daqiqa o‘tib kuzatiladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Mukovistsidozda preparatni yuqori dozalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki fibroz kolonopatiya rivojlanish xavfi mavjud. Preparat dozasini yog‘larning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga, iste'mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobga olgan holda moslashtirish kerak. Penzitalni uzoq muddat qo‘llashda bir vaqtda temir preparatlari buyurilishi lozim. Dozani oshirib yuborish Belgilari: giperurikozuriya, giperurikemiya, bolalarda – qabziyat. Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik terapiya buyurish kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     При одновременном применении панкреатина с препаратами железа возможно снижение всасывания последних. Одновременное применение антацидных средств, содержащих кальция карбонат и/или магния гидроксид, может привести к снижению эффективности панкреатина. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Симптомы: гиперурикозурия, гиперурикемия. У детей - запор.

    Лечение: отмена препарата, симптоматическая терапия. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohruh
    ico ico ico ico ico
    Я очень доволен покупкой. Этот препарат действительно помогает улучшить состояние здоровья.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт. Пензитал №100 помог мне справиться с головной болью.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico