Maxsus ko'rsatmalar
Normomed®, boshqa antivirus vositalari kabi, o'tkir virusli infeksiyalarda eng samarali bo'ladi, agar davolash kasallikning erta bosqichida (yaxshisi birinchi kunlardan) boshlangan bo'lsa.
Inozin organizmdan siydik kislotasi shaklida chiqarib yuborilgani sababli, preparat siydik kislotasi konsentratsiyasini oshiruvchi yoki buyrak funksiyasini buzuvchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda, qon zardobida siydik kislotasi konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Keksalarda o'rta yoshdagi bemorlarga nisbatan qon zardobida va siydikda siydik kislotasi konsentratsiyasi ko'proq oshadi.
Organizmida siydik kislotasi konsentratsiyasi ancha oshgan bemorlar bir vaqtda uning konsentratsiyasini pasaytiruvchi preparatlarni qabul qilishlari mumkin.
Normomed® preparatini o'tkir jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki preparat jigarda metabolizmga uchraydi.
Xantinkoksidaza ingibitorlari, diuretiklar, zidovudin bilan bir vaqtda buyurilganda, qandli diabetda va Normomed® preparatini uzoq muddat qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlaydi, ular allergik reaksiyalar (ehtimol, kechikkan) chaqirishi mumkin.
Normomed® 1 ml siropda 650 mg saxaroza saqlaydi, bu qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.
Yo'riqnomani saqlang. U yana kerak bo'lishi mumkin. Agar savollaringiz bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning psixomotor funksiyalarga va transport vositalari hamda harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan. Preparatni qo'llashda bosh aylanishi va uyquchanlik yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.