Farmakologik xususiyatlari
Polieksidoniy® tabletkalari 12 mg immunomodulyator ta'sirga ega. Preparat organizmning bakterial, zamburug‘li va virusli infeksiyalarga nisbatan rezistentligini oshiradi. Polieksidoniy®ning immunomodulyator ta'sir mexanizmining asosi leykotsitlarning mikroblarni fagotsitoz qilish qobiliyatini oshirish, boshlang‘ichda pasaygan ko‘rsatkichlarda immunitetni faollashtiruvchi sitokinlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, infeksion agentlarga qarshi antitana hosil bo‘lishini kuchaytirishdan iborat.
Polieksidoniy® periferik qon fagotsitlari va to‘qima makrofaglarini faollashtiradi, bu infeksiya o‘chog‘i mavjud bo‘lganda organizmdan qo‘zg‘atuvchini tezroq yo‘qotishga yordam beradi. Bundan tashqari, Polieksidoniy® mintaqaviy limfa tugunlarida joylashgan limfoid hujayralarni, xususan, sekretor IgA ishlab chiqaruvchi B-hujayralarni faollashtiradi.
Sublingval qo‘llanilganda Polieksidoniy® burun bo‘shlig‘i, evstaxiy naychalari, orofaring, bronxlarda joylashgan limfoid hujayralarni faollashtiradi. Bundan tashqari, Polieksidoniy® so‘lakning bakterisid xususiyatlarini faollashtiradi.
Peroral qo‘llanilganda Polieksidoniy® ichak limfa tugunlarida joylashgan limfoid hujayralarni ham faollashtiradi.
Buning natijasida nafas olish, me'da-ichak trakti va LOR a'zolarining infeksion agentlarga nisbatan barqarorligi oshadi.
Immunomodulyator ta'sir bilan bir qatorda, Polieksidoniy® aniq ifodalangan detoksikatsion va antioksidant faollikka ega, organizmdan toksinlar, og‘ir metall tuzlarini chiqarish, lipidlarning peroksid oksidlanishini inhibe qilish xususiyatiga ega. Ushbu xususiyatlar Polieksidoniy®ning tuzilishi va yuqori molekulyar tabiatiga bog‘liq.
Polieksidoniy®ni ikkilamchi immunodefitsit holatlarida qo‘llash davolash samaradorligini oshirish va davomiyligini qisqartirish, antibiotiklar, bronxolitiklar, glyukokortikosteroidlar qo‘llanilishini sezilarli darajada kamaytirish, remissiya muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka, antigen xususiyatlariga ega emas, allergizatsiyalovchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kanserogen ta'sir ko‘rsatmaydi.