Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetika
Montelukast natriy og'iz orqali qabul qilingandan so'ng tez so'riladi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyaga preparat qabul qilingandan so'ng 2-4 soat o'tgach erishiladi. Montelukastning og'iz orqali qabul qilingandagi biologik mavjudligi 64 % ni tashkil etadi.
Montelukast natriyning 99% dan ortig'i plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Sog'lom kattalarda plazmadan yarim chiqarilish davri 3 dan 5,5 soatgacha. Montelukast farmakokinetikasi og'iz orqali 50 mg dan yuqori dozalarda qabul qilinganda ham chiziqli xarakterga ega. Montelukastni ertalab va kechqurun qabul qilishda farmakokinetikada farq kuzatilmaydi.
Montelukast natriy jigar orqali sitoxrom P450 tizimi izofermentlari CYP3A4, CYP2A6 va CYP2C9 yordamida faol metabolizmga uchraydi. Montelukast natriyning terapevtik plazma konsentratsiyalari izofermentlar 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 yoki 2D6 ni ingibitsiya qilmaydi.
Montelukastning plazmadan klirensi sog'lom kattalarda taxminan 45 ml/min ni tashkil etadi. Montelukast natriy najas va o't bilan chiqariladi.
Bolalar, keksalar va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarning farmakokinetik ko'rsatkichlari sog'lom kattalarnikiga o'xshash.
O'rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi va jigar sirrozi klinik belgilari bo'lgan bemorlarda montelukast metabolizmi sekinlashadi va yarim chiqarilish davri uzayadi: AUC (plazma konsentratsiyasi egri chizig'i ostidagi maydon) 10 mg doza qabul qilingandan so'ng 41% ga oshadi.
6 oydan 11 oygacha bo'lgan bolalarda montelukastni uzoq muddat qo'llash va plazmadagi konsentratsiyaning o'zgaruvchanligi kattalarnikiga nisbatan yuqoriroq bo'lgan. 6 oydan 23 oygacha bo'lgan bolalarda farmakokinetika o'rganilganda, montelukast natriyning xavfsizligi va bir martalik dozaning qabul qilinishi 2 yosh va undan katta bemorlar bilan solishtirganda o'xshash bo'lgan.
Farmakodinamika
Montiget – leyotrien D4 (tsistenil leyotrien CysLT1) retseptorlarining selektiv antagonisti – bronxial astmada bronxlarning gipereaktivligini saqlab turuvchi surunkali davomli yallig'lanishning eng kuchli mediatoridir. Tsistenil leyotrienlar (LTC4, LTD4, LTE4) – araxidon kislotasi metabolizmi mahsulotlari – to'qima hujayralari va eozinofillardan ajralib chiqadi. Ushbu eikozanoidlar tsistenil leyotrien retseptorlari bilan bog'lanadi. Bronxodilatatsion ta'sir leyotrien D4 retseptorlarini nafas yo'llarida bloklash va leyotrienlarning ta'sirini kamaytirish bilan bog'liq bo'lib, ular bronx reaktivligini tartibga solish, bronxokonstriksiya rivojlanishi, bronx shilliq qavati shishining rivojlanishi, bronxial gipersekresiya jarayonlarida muhim rol o'ynaydi. Preparat leyotrien LTD4 ning CysLT1 retseptorlari darajasida ta'sirini bloklaydi, agonistik ta'sir ko'rsatmaydi.
Montigetning terapevtik effekti preparatni qabul qilishning birinchi kunidayoq namoyon bo'lishni boshlaydi.