Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
18 yoshdan
Extiyotkorlik bilan
1 suppozitoriy quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol moddalari: metronidazol 225 mg, xloramfenikol 100 mg, nistatin 75 mg;
yordamchi modda: qattiq yog'.
Bakterial, trixomonadli, zamburug'li yoki aralash vaginal infeksiyalarni, sezgir mikroflora sababli, davolash.
Invaziv muolajalar va ginekologik operatsiyalardan oldin va keyin (abort, bachadon bo'yni diatermokoagulyatsiyasi, gistyerografiya, endometriy biopsiyasi, bachadon ichiga kontratseptiv o'rnatish) vaginal infeksiyalarni oldini olish; kortikosteroidlar, immunosupressorlar, sitostatiklar, antibiotiklar bilan davolashda.
Antibakterial preparatlarni to'g'ri qo'llash bo'yicha rasmiy tavsiyalarga rioya qilish zarur.
- Faol moddalarga, boshqa imidazol hosilalariga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
- Suyak ko‘migi funksiyasining susayishi;
- O‘tkir intermitent porfiriya;
- Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
- Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;
- Homiladorlik;
- Laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha bo‘lgan yosh.
Vaginal.
O'tkir vaginitda: 1 dona supozitoriydan kuniga 2 marta (ertalab va kechasi) 3–4 kun davomida, so'ngra kechasi 1 dona supozitoriydan. Davolash davomiyligi 7–10 kun.
Surunkali vaginitlarda: 1 dona supozitoriydan kuniga 1 marta, kechasi. Davolash kursi 14 kun.
Invaziv muolajalar va ginekologik operatsiyalardan oldin va keyin: kechasi 1 dona supozitoriydan.
Kortikosteroidlar, immunodepressantlar, sitostatiklar va antibiotiklar bilan davolashda profilaktika maqsadida: har 3–7 kunda kechasi 1 dona supozitoriydan.
Bolalar va o'smirlar
Bolalar va o'smirlarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yosh guruhida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Metronidazolning so‘rilishi natijasida ayrim dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta’sir reaksiyalari kuzatilishi mumkin:
- spirtli ichimliklar: spirtga toqat qilmaslik (disulfiramga o‘xshash reaksiyalar);
- amiodaron: kardiotoksiklik xavfining oshishi (Q–T intervalining uzayishi, qorinchalarning titrashi va fibrillyatsiyasi, yurak to‘xtashi);
- astemizol, terfenadin: metronidazol ushbu dori vositalarining metabolizmini susaytiradi va ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi;
- karbamazepin: qonda karbamazepin kontsentratsiyasi oshadi;
- tsimetidin: metronidazolning qon plazmasidagi darajasi va nevrologik nojo‘ya ta’sirlar xavfi oshadi;
- busulfan: metronidazol busulfaning qon plazmasidagi darajasini oshirishi mumkin, bu esa uning sezilarli toksik ta’siriga olib kelishi mumkin;
- peroral antikoagulyantlar: antikoagulyantlarning ta’siri kuchayadi (qon ketish xavfi oshadi);
- fenitoin: plazmada fenitoin darajasi oshadi, fenitoin toksikligi xavfi ortadi (ataksiya, giperefleksiya, nistagm, tremor), metronidazolning plazmadagi kontsentratsiyasi kamayadi;
- fenobarbital: qonda metronidazol darajasi kamayadi;
- disulfiram: markaziy asab tizimi tomonidan reaksiyalar (masalan, psixotik reaksiyalar) mumkin;
- siklosporin: siklosporin toksikligi xavfi oshadi (buyrak funksiyasi buzilishi, xolestaz, paresteziya);
- litiy preparatlari: litiy toksikligi oshadi;
- 5-fluorurasil: 5-fluorurasilning plazmadagi darajasi va toksikligi oshadi.
Laboratoriya tadqiqotlari natijalari: metronidazol treponemalarni immobilizatsiya qilish xususiyatiga ega, bu esa Nelson-Mayer testining soxta musbat natijasiga olib keladi.
Xloramfenikolni eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin bilan birga qo‘llash preparatlarning o‘zaro ta’sirini kamaytirishi mumkin. Penisillinlar va tsefalosporinlarning antibakterial ta’siri kamayadi.
Gematopoez ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda suyak ko‘migi faoliyatini susaytiruvchi ta’sir kuchayadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 ˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Preparatning tizimli so‘rilishi ahamiyatsizligini hisobga olib, vaginal qo‘llashda dozani oshirib yuborish ehtimoli past.
Tasodifiy ichga qabul qilinganda, dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq mumkin bo‘lgan simptomlar: qusish, ataksiya va yengil dezorientatsiya.
Davolash: simptomatik terapiya, ichga tasodifan qabul qilinganda – me’da yuvish yoki qusishni chaqirish.