Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Kasark 16 mg № 30
Kasark 16 mg № 30
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari kasark 16 mg № 30
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada faol modda kandesartan tsileksetil 100% modda hisobida 16 mg yoki 32 mg; Yordamchi moddalari laktosa, monogidrat; makkajo‘xori kraxmali; povidon; kalsiy karmeloza (kalsiy karboksimetilsellyuloza); magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    Essensial gipertenziya. Yurak yetishmovchiligi va chap qorinchaning sistolik funksiyasining buzilishi (chap qorinchaning chiqarish fraksiyasi  40% ga kamayishi) – angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan davolashga qo‘shimcha terapiya sifatida yoki AAF ingibitorlariga toqat qilinmasligi holatida.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Kandesartan tsileksetilga yoki yordamchi moddalarning istalgan biriga yuqori sezuvchanlik. Og‘ir jigar yetishmovchiligi va/yoki o‘t dimlanishi (xolestaz).
  • Qo'llash usuli
    arterial gipertenziyada. Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza va odatdagi qo‘llab-quvvatlovchi doza kuniga 1 marta 8 mg ni tashkil etadi. Dozani kuniga 1 marta 16 mg gacha oshirish mumkin. Agar arterial bosim (AB) yetarli darajada nazorat qilinmasa, 16 mg kuniga 1 marta 4 hafta davomida davolashdan so‘ng, dozani kuniga 1 marta 32 mg gacha oshirish mumkin. Agar ushbu doza bilan ham AB yetarli darajada nazorat qilinmasa, muqobil davolash usullarining maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak. Terapiya AB reaksiyasiga muvofiq tuzatilishi lozim. Maksimal antigipertenziv ta’sir davolash boshlanganidan keyin 4 hafta ichida erishiladi. Keksalar uchun qo‘llanilishi. Keksalar uchun boshlang‘ich doza tuzatishni talab qilmaydi. Intravaskulyar qon aylanish hajmi kamaygan bemorlarga qo‘llanilishi. Arterial gipotenziya xavfi bo‘lgan bemorlar, masalan, qon aylanish hajmi kamaygan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza sifatida 4 mg ni ko‘rib chiqish kerak. Buyrak yetishmovchiligida qo‘llanilishi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar, shu jumladan gemodializda bo‘lgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza 4 mg ni tashkil etadi. Doza AB hisobga olinib titrlanishi kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki terminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 15 ml/min) bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi. Yengil va o‘rta og‘irlikdagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatning boshlang‘ich dozasi sifatida kuniga 1 marta 2 mg tavsiya etiladi. Doza AB hisobga olinib tuzatilishi kerak. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Birga olib boriladigan terapiya. Gidroxlorotiazidni qo‘shimcha buyurish KASARK® bilan birga aditiv antigipertenziv ta’sirga ega ekani aniqlangan. Negr irqiga mansub bemorlarga qo‘llanilishi. Kandesartaning antigipertenziv ta’siri afrikalik-amerikalik bemorlarda, yevropoid irqiga mansub bemorlarga nisbatan kamroq ifodalangan. Shuning uchun, KASARK® dozasini oshirish va AB nazorati uchun birga olib boriladigan terapiya afrikalik-amerikalik bemorlarda yevropoid irqiga mansub bemorlarga nisbatan ko‘proq talab qilinadi. Yurak yetishmovchiligida dozalash. KASARK® uchun odatdagi tavsiya etilgan boshlang‘ich doza kuniga 1 marta 4 mg ni tashkil etadi. Maqsadli doza 32 mg kuniga 1 marta yoki maksimal toqat qilinadigan dozaga titrlash dozani kamida 2 haftalik oraliqlarda ikki baravar oshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Maxsus toifali bemorlar. Keksalar yoki qon aylanish hajmi kamaygan, yengil va o‘rta og‘irlikdagi buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza tuzatishni talab qilmaydi. Birga olib boriladigan terapiya. KASARK® yurak yetishmovchiligini davolash uchun boshqa preparatlar, shu jumladan AAF ingibitorlari, β-blokatorlar, diuretiklar va digitalis preparatlari yoki ushbu dori vositalarining kombinatsiyasi bilan birga buyurilishi mumkin. Qo‘llanilishi. KASARK ovqat bilan yoki ovqatsiz kuniga 1 marta qabul qilinishi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Arterial gipertenziyani davolash. Kandesartan qabul qilinganda nojo‘ya reaksiyalar yengil, vaqtinchalik va platsebo bilan taqqoslanadi. Nojo‘ya reaksiyalar umumiy uchrash tezligi doza yoki yoshga bog‘liqligini ko‘rsatmaydi. Nojo‘ya reaksiyalar tufayli terapiyani to‘xtatish tezligi kandesartan tsileksetilida (3,1 %) va platsebo (3,2 %) da o‘xshash. Keng tarqalgan (1/100) nojo‘ya reaksiyalar, kandesartan tsileksetil qo‘llanganda kuzatilgan (kandesartan tsileksetil qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar tezligi platsebo qo‘llanganda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar tezligidan kamida 1 % yuqori bo‘lgan). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Bosh aylanishi/vertigo, bosh og‘rig‘i. Infeksiyalar va invaziyalar. Nafas yo‘llari infeksiyalari. Laboratoriya tadqiqotlari natijalari. Umuman olganda, Kasarka ning laborator ko‘rsatkichlarga klinik ahamiyatli ta’siri kuzatilmaydi. Qon zardobida kreatinin, mochevina va kaliy darajasining oshishi va natriy darajasining pasayishi kuzatilishi mumkin. Kandesartan qo‘llanganda ALТ oshishi, bu nojo‘ya hodisa sifatida baholanadi, platsebo bilan solishtirganda unchalik tez-tez kuzatilmagan (1,3 % ga nisbatan 0,5 %). Kasark qabul qilayotgan bemorlar uchun doimiy laborator monitoring odatda zarur emas. Biroq, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qon zardobida kaliy va kreatinin darajasini vaqti-vaqti bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Yurak yetishmovchiligini davolash. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kandesartanning nojo‘ya ta’sir profili ushbu preparatning farmakologik xususiyatlari va bemorlarning sog‘lig‘i holatiga mos keladi. Keng tarqalgan nojo‘ya reaksiyalar (1/100, <1/10). Tomir tizimi buzilishlari. Arterial gipotenziya. Modda almashinuvi va ovqatlanish buzilishlari. Giperkalemiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar. Buyrak yetishmovchiligi. Laboratoriya tadqiqotlari natijalari. Kreatinin, mochevina va kaliy darajasining oshishi. Qon zardobida kreatinin va kaliy darajalarini vaqti-vaqti bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Juda kam uchraydigan (<1/10000) nojo‘ya reaksiyalar. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar. Leykopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz. Modda almashinuvi va ovqatlanish buzilishlari. Giperkalemiya, giponatriemiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Nafas tizimi tomonidan buzilishlar. Yo‘tal. Ovqat hazm qilish tizimi buzilishlari. Ko‘ngil aynishi. Gepatobiliar tizimi buzilishlari. Jigar fermentlari darajasining oshishi, jigar funksiyasi buzilishi yoki gepatit. Terining va teri osti to‘qimalarining buzilishlari. Angionevrotik shish, toshma, eshakemi, qichishish. Skelet-mushak, biriktiruvchi to‘qima va suyak tizimi tomonidan buzilishlar. Bel og‘rig‘i, artralgiya, mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar. Buyrak funksiyasi buzilishi, shu jumladan bunga moyil bemorlarda buyrak yetishmovchiligi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Angiotenzin II renin-angiotenzin-aldosteron tizimining asosiy vazoaaktiv gormoni bo‘lib, u arterial gipertenziya (AG), yurak yetishmovchiligi va boshqa yurak-qon tomir buzilishlarining patofiziologiyasida rol o‘ynaydi. Angiotenzin II ning asosiy fiziologik ta’sirlari, masalan, qon tomirlarining torayishi, aldosteron sekretsiyasining stimulyatsiyasi, tuz va suv gomestazini tartibga solish va hujayra o‘sishini stimulyatsiya qilish, 1-tipli retseptor (AT1) orqali vositachilik qilinadi. Kandesartan angiotenzin II retseptorining antagonisti bo‘lib, AT1 retseptorlarga selektiv, retseptor bilan mustahkam bog‘lanadi va undan sekin dissotsiatsiyalanadi. U agonist faollikka ega emas. Kandesartan angiotenzin aylantiruvchi fermentni (AAF) inhibe qilmaydi, bu ferment angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiradi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta’sir va bradikinin yoki substansiya R ni potentsiyalash yo‘q. Kandesartan AAF ingibitorlari bilan solishtirilganda, kandesartan qabul qilgan bemorlarda yo‘tal rivojlanishi kamroq uchraydi. Kandesartan boshqa gormonlar retseptorlari bilan bog‘lanmaydi va yurak-qon tomir regulyatsiyasida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan ion kanallarini bloklamaydi. AT1 retseptorlarining antagonizmi plazmadagi renin darajasining, angiotenzin I va angiotenzin II darajalarining doza bog‘liq oshishiga, shuningdek, plazmadagi aldosteron konsentratsiyasining kamayishiga olib keladi. Arterial gipertenziya. Arterial gipertenziyada kandesartan doza bog‘liq, uzoq muddatli qon bosimini pasaytirishga olib keladi. Antigipertenziv faollik umumiy periferik qarshilikning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu yurak urish tezligining reflektor oshishi bilan birga kechmaydi. Birinchi doza qabul qilingandan so‘ng jiddiy yoki kuchaygan gipotenziya yoki davolash to‘xtatilgandan so‘ng reaktiv effekt yuzaga kelishiga hech narsa ishora qilmaydi. Kandesartan tsileksetilning bir martalik dozasi qabul qilingandan so‘ng antigipertenziv effekt odatda 2 soat ichida boshlanadi. Doimiy davolashda har qanday doza bilan maksimal qon bosimi pasayishi odatda 4 hafta ichida erishiladi va uzoq muddatli davolashda saqlanib turadi. Meta-tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, dozani 16 mg dan 32 mg gacha kuniga 1 marta oshirishning o‘rtacha qo‘shimcha effekti kichik bo‘lgan. Shaxslararo o‘zgaruvchanlikni hisobga olgan holda, ba’zi bemorlarda o‘rtachadan yuqori effekt kuzatilishi mumkin. Kuniga 1 marta qo‘llanganda kandesartan tsileksetil 24 soat davomida samarali va bir tekis qon bosimini pasaytirishni ta’minlaydi, dozalar oralig‘ida maksimal va minimal effekt o‘rtasidagi farq kichik bo‘ladi. Kandesartan buyrak qon oqimini oshiradi va/yoki glomerulyar filtrlatsiya tezligiga ta’sir qilmaydi yoki uni oshiradi, shu bilan birga tomir qarshiligi va filtrlatsiya funksiyasi kamayadi. Arterial gipertenziyali, 2-tipli qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda 8-16 mg dozadagi kandesartan tsileksetil bilan 12 haftalik davolash qon glyukozasi yoki lipid profiliga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmagan. Yurak yetishmovchiligi. Kandesartan tsileksetil bilan davolash o‘limni kamaytiradi, yurak yetishmovchiligi tufayli shifoxonaga yotqizilish darajasini kamaytiradi va chap qorincha sistolik funksiyasi buzilgan bemorlarda simptomlarni bartaraf etadi. Kandesartanning yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim yoki yurak yetishmovchiligi tufayli birinchi shifoxonaga yotqizilish chastotasini kamaytirishga ijobiy ta’siri yosh, jins va birga olib borilayotgan davolashdan qat’i nazar o‘zgarmas bo‘lgan. Kandesartan, shuningdek, bir vaqtning o‘zida -blokatorlar va AAF ingibitorlarini qabul qilgan bemorlarda ham samarali bo‘lgan, ijobiy effekt bemor AAF ingibitorlarini maqsadli dozada qabul qilgan yoki qilmaganidan qat’i nazar erishilgan. Yurak yetishmovchiligi va chap qorincha sistolik funksiyasi buzilgan (chap qorincha chiqarish fraksiyasi 40 %) bemorlarda kandesartan tizimli tomir qarshiligini va o‘pka kapillyar bosimini kamaytiradi, plazmada renin faolligi va angiotenzin II konsentratsiyasini oshiradi, shuningdek, aldosteron darajasini kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Buyrak yetishmovchiligi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ingibitsiyalovchi boshqa preparatlar kabi, Kасарк qabul qilayotgan, bunga moyil bo‘lgan bemorlarda buyrak funksiyasining o‘zgarishi kutilishi mumkin. Kасарк arterial gipertenziya (AG) va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilganda, qonda kaliy va kreatinin darajasini davriy monitoring qilish tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki terminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 15 ml/min) bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Ushbu bemorlarda Kасарк ni ehtiyotkorlik bilan titrlash va arterial bosimni diqqat bilan monitoring qilish kerak. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni baholashda, ayniqsa 75 yosh va undan katta bo‘lgan yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, buyrak funksiyasini davriy baholashni o‘z ichiga olishi kerak. Kасарк dozasini titrlash davrida qonda kreatinin va kaliy darajasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Yurak yetishmovchiligida APF ingibitorlari bilan birga davolash. Nojo‘ya ta’sirlar xavfi, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi va giperkaliemiya bo‘lsa, kandesartan APF ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda oshishi mumkin. Ushbu bemorlar muntazam va diqqatli kuzatuvni talab qiladi. Gemodializ. Gemodializ vaqtida, plazma hajmining kamayishi va renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faollashuvi natijasida arterial bosim AT1 retseptorlarining blokadasiga ayniqsa sezgir bo‘lishi mumkin. Gemodializda bo‘lgan bemorlarda Kасарк ni ehtiyotkorlik bilan titrlash va arterial bosimni diqqat bilan nazorat qilish kerak. Buyrak arteriyasi stenoz. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta’sir qiluvchi boshqa dori vositalari, masalan, APF ingibitorlari, ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozida yoki yagona buyrak arteriyasi stenozida qonda mochevina va kreatinin darajasini oshirishi mumkin. Shunga o‘xshash ta’sir angiotenzin II retseptor antagonistlari qo‘llanganda ham kutilishi mumkin. Buyrak transplantatsiyasi. Yaqinda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda Kасарк ni qo‘llash tajribasi yo‘q. Arterial gipotenziya. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda Kасарк qabul qilish vaqtida gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta’sir qiluvchi boshqa preparatlar uchun ta’riflanganidek, gipotenziya AG va aylanuvchi qon hajmi kamaygan bemorlarda, masalan, yuqori dozalarda diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Davolash boshida ehtiyotkorlik zarur, shuningdek, gipovolemiyani tuzatishga harakat qilish kerak. Anesteziya va jarrohlik aralashuvlari. Angiotenzin II retseptor antagonistlari bilan davolanayotgan bemorlarda, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi blokadasi natijasida, anesteziya va jarrohlik aralashuvlari vaqtida gipotenziya rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda gipotenziya shu qadar og‘ir bo‘lishi mumkinki, tomir ichiga suyuqliklar va/yoki vazopressorlar qo‘llash talab qilinadi. Aorta va mitral klapan stenozlari (obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya). Boshqa vazodilatator vositalar kabi, gemodinamik jihatdan ahamiyatli aorta yoki mitral klapan stenozlari, yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda ayniqsa ehtiyotkorlik zarur.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Azizbek
    ico ico ico ico ico
    Купила Касарк в интернет-магазине Oxymed. Очень довольна результатом, всем рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличные таблетки! Благодаря Касарк моя головная боль пропала быстро и эффективно.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico