Qo'llash usuli
Peroral qo'llash uchun.
5 ml suspenziya 100 mg ibuprofen saqlaydi.
Iste'mol qilishdan oldin bir hil suspenziya hosil bo'lguncha chayqatilsin.
Dori vositasi ovqatdan keyin, ko'p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Suspenziya aniq dozalash uchun flakonga 1,25 ml, 2,5 ml, 5 ml o'lchov qoshiq yoki 5 ml o'lchov shprits biriktirilgan.
Doza bolaning yoshi va tana vazniga qarab belgilanadi.
Ibufen® D preparatining bir martalik doza 5-10 mg/kg bola tana vazniga 3-4 marta kuniga. Suspenziyaning maksimal sutkalik doza 20-30 mg/kg tana vazniga. Preparat quyidagi sxema bo'yicha bir martalik dozada buyuriladi:
- 3 dan 6 oygacha bo'lgan go'daklar (5-7,6 kg): kuniga 3 marta 2,5 ml (bu 150 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
- 6 dan 12 oygacha bo'lgan go'daklar (7,7-9 kg): kuniga 3-4 marta 2,5 ml (bu 150-200 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
- 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (10-15 kg): kuniga 3 marta 5 ml (bu 300 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
- 4 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (16-20 kg): kuniga 3 marta 7,5 ml (bu 450 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
- 7 dan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar (21-29 kg): kuniga 3 marta 10 ml (bu 600 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
- 10 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (30-40 kg): kuniga 3 marta 15 ml (bu 900 mg ibuprofen/sutkaga to'g'ri keladi).
Dozani har 6-8 soatda takrorlash mumkin, navbatdagi dozalar orasida kamida 4 soatlik oraliqni saqlash kerak.
6 oylikkacha bo'lgan bolalarga dori vositasini shifokor bilan maslahatlashgan holda va uning tavsiyalariga muvofiq qo'llash mumkin. Tavsiya etilgan dozani oshirmaslik kerak.
Agar isitma 3 kundan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Shprits ko'rinishidagi dozatorni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
- Flakon qopqog'ini burab oching (pastga bosib, soat strelkasiga teskari burang).
- Dozatorni flakon og'zining teshigiga mahkam kiriting.
- Flakon tarkibini kuchli chayqatib aralashtiring.
- Dozatorni to'ldirish uchun flakonni teskari aylantiring, so'ng dozator porshenini ehtiyotkorlik bilan pastga harakatlantirib, kerakli belgigacha suyuqlikni to'kib oling.
- Flakonni asl holatiga qaytaring va dozatorni ehtiyotkorlik bilan burab chiqarib oling.
- Dozator uchini bolaning og'iz bo'shlig'iga joylashtiring va porshenni sekin bosib, dozator tarkibini yuboring.
- Qo'llashdan so'ng flakonni qopqog'ini burab yoping, dozatorni suvda yuvib, quriting.